Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqy holati


Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va tartibi


Download 66.5 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1336286
1   2   3
Bog'liq
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish

2. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va tartibi
Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi deb fauna huquqida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarning hayvonot olami obyektlaridan foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarni ta'minlaydigan me'yorlar yig`indisiga aytiladi.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqi tushunchasini to`liq tushunish uchun hayvonot olamidan foydalanish turlari xaqida to`xtalib o`tish lozim. Hayvonot olami obyektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilinishini amalga oshirish uchun bu muhim ahamiyatga ega. Shu o`rinda "Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 17- moddasi diqqatga sazovordir. Shundan kelib chiqib, hayvonot olamidan foydalanishni quyidagicha turlarga bo`lish mumkin:
- ov qilish;
- baliq ovlash;
- hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
- hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
- hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib yoki ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, alohida hollarda chet el fuqarolari hayvonot olamidan foydalanish huquqi subyektlari bo`lishi mumkinligi ta'kidlangan.
Silliq stvolli va qirqma miltiqlarni, ularga o`q-dorilarni fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xarid qilish, shuningdek, ularni saqlash va olib yurish Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan o`q otish qurollarini va ularga o`q-dorilarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish, olib yurish va foydalanish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hayvonot olamidan foydalanish huquqiga ovchilar va baliq ovlash jamiyatlaridan birining a'zosi bo`lgan, 18 yosh-ga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a'zolik ba-dallarini va davlat bojini to`lagan barcha fuqarolari o`q otish va boshqa ovchilik qurollari, ruxsat etilgan boshqa ov-chilik qurol-yarog`lari bilan ov qilish huquqiga egadir.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, ular birinchidan tegishli huquq va majburiyatlari davlat mulk huquqining obyekti bo`lgan hayvonot olami fondiga nisbatan amalga oshiriladi; ikkinchidan, bu yerdagi ayrim foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida ham boshqaruv organi, ham foydalanuvchi yoki egalik qiluvchi organ bo`lib hisoblanadilar; uchinchidan, foydalanuvchilar maxsus foydalanuvchilar, ya'ni maxsus boshqaruv organlariga bo`ysinadigan organlarga hamda xo`jalik yuritish mastaqilligiga ega bo`lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari-ga bo`linadi. Shu o`rinda ta'kidlash lozimki, tadbirkorlik faoliyati subyekti hayvonot olami fondiga nisbatan to`liq hukmronlikni amalga oshira olmaydilar.
O`zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va ro`yxatdan o`tkazilgan xorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir.
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining ruxsatnomasi asosida beriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish ekologiya huquqining prinsiplaridan kelib chiqqan holda bepul amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishda jismoniy yoki yuridik shaxslar ushbu obyektlarga qonunda belgilangan tartibda ta'sir etib bepul foydalansa unda umumiy ahamiyatga ega. Masalan, barcha suv havzalarida fuqarolarga sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste'mol uchun belgilangan qoidalarga amal qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat etiladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish letsenziya asosida amalga oshirilib, pullik tizim amalda bo`lgan holda hukumat tomonidan amalga oshiriladi. A'zolik badallarini va davlat bojini to`laganlik to`g`risida belgi qo`yilgan ovchilik bileti, belgilangan tartibda belgilangan litsenziya, ruxsatnoma yoki yo`llanma sport-havaskorlik maq-sadida ov qilish huquqini beruvchi guvohnoma hisoblanadi.
Istisno hollarda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga yo`llanmalar, belgilangan ruxsatnomalar bo`yicha ov qilish huquqi berilishi mumkin.
Qonunning 16-moddasiga binoan hayvonot dunyosidan foydalanuvchilariga quyida keltirilgan huquqlar beriladi va majburiyatlar yuklatiladi:
Huquqlar:
- hayvonot dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanish;
- tutib olingan hayvonot dunyosi obyektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik bo`lish;
- yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berish va shartnomalar tuzush;
- ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvo-not dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarish;
- hayvonot dunyosi obyektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotish-ga;
- sun'iy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvon turlaridan foydalanish.
Majburiyatlar:
- hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan normalari va muddatlariga rioya etishlari;
- hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta'minlashlari;
- hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo`l qo`ymaydigan va foydalanishga berib qo`yilmagan hayvonlarning saqlab qolinishini ta'minlaydigan usullar bilan foydalanishlari;
- hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo`l qo`ymasliklari;
- hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishlari;
- hayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari kabilar.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo`lishlari mumkin.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning alohida majburiyatlaridan birinchisi bu-hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta'minlashlari chora-tadbirlarini amalga oshirish, ikkinchisi, hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo`l qo`ymasliklari va aksincha uni yaxshilashlari, uchinchisi, hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishlari shart.
Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish turlari va usullarini huquqiy holati hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta yordam beradi.
Hayvonot dunyosidan quyidagi maqsadlarda belgilangan huquqiy normalar asosida foydalaniladi:
1) Hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib va ajratib olmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
2) Hayvonlarning foydali xususiyatlaridan - tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning tabiiy sanitarlaridan, o`simliklarni changlatuvchilardan, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlarining boshqa xususiyatlaridan foydalanish ularni yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularga yoki ular yashaydigan muhitga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi.
3) Hayvonlardan ularning mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga hayvonot dunyosi obyektlarini yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularni nobud qilmasdan, shuningdek ular yashaydigan muhitni buzmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi.
Hayvonot olami obyekti turlaridan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish uchun yo`l qo`yiladi va hayvonot dunyosi obyektlarini yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularni nobud qilmasdan foydalanishda biz avvalo fauna obyekti turi bo`lgan ilonlarning foydali xususiyatlaridan foydalanib, ulardan zahar olish maqsadida (bu esa tibbiyotda muhim ahamiyatli) ular yashaydigan tabiiy muhitni buzmasdan uning foydali xususiyatlarini o`zlashtirish mumkin bo`lib hisoblanadi. Hayvonot olamining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbayi ekanligi bizga ma'lum. Qolaversa mo`yna tayyorlashda va boshqa ko`pgina sohalarda ham muhim rol o`ynaydi. Shunday ekan bu albatta foydalanuvchilarning e'tiboridan hech qachon chetdan qolmaydi.
Shuningdek, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 24-moddasiga asosan: hayvonot dunyosi obyektlarining miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga oshiriladi. Kvotalar O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan hisobga olinadi va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda o`rnatiladi.



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling