Hazorasp-2022 78. 342 K 96


Ko‘chmas kutubxona xizmati


Download 0.98 Mb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1195275
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qo\'llanma 2022

Ko‘chmas kutubxona xizmati – kutubxonaning har qanday xizmat turini foydalanuvchilarga kutubxona hududidan tark etmagan holatda ko‘rsatiladi. Bunga: foydalanuvchilarga abonement orqali xizmat ko‘rsatish va o‘qish zallari va boshq.
Foydalanuvchilarga kitobxonlik formulyari, kutobxona ID karta va boshqalar orqali xizmat ko‘rsatadi.
Ko‘chma kutubxona – statsionar kutubxonadan uzoqda joylashgan aholi guruhiga xizmat ko‘rsatish maqsadida joyini o‘zgartiruvchi va maxsus jihozlangan hamda moslangan transport vositasi (bibliobus va h.k.)da joylashgan kutubxona.

Masofaviy axborot ko‘rsatish– kutubxona muassasalarining foydalanuvchilarga aloqa kanallari orqali ko‘rsatadigan xizmati.
Kutubxona xizmatlari
Kutubxonaning asosiy xizmat turlari – foydalanuvchilarga kitoblar va bosma ko‘rinishdagi boshqa hujjatlar, audiovizual va elektron shakldagi resurslar hamda masofadan xizmat ko‘rsatish turlari orqali ularga kerakli axborot bilan ta’minlashdan iborat.
Kutubxonadagi xizmatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin, bular: hujjat, dalil (fakt), kitob o‘qish madaniyati qoidalarini o‘rgatuvchi, matnlar tarjimasi, hujjatlar kseronusxasi, yangi kelgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berish va boshq.
Foydalanuvchi kutubxona xizmatlari va resurslaridan foydalanishida kutubxona xodimi vositachilik sifatida namoyon bo‘ladi. Kutubxona xizmatlarining asosiy jihati shundaki–foydalanuvchiga kerakli hujjatlar va xizmat turlari bilan ta’minlashdan iboratdir.
Xizmat turi – kutubxona sharoitida ko‘rsatiladigan turli xil xizmat turlari orqali foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va aqliy rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Kutubxonaning eng asosiy va doimiy xizmat turlari quyidagilar: kitob to‘g‘risida qisqa suhbat yoki hikoya qilib berish, maslahat, ko‘rgazma, plakat va kerakli xujjatlarni berib va qabul qilib olish.
Shu bilan birga kutubxonalar qo‘shimcha pullik xizmat turlarini ham foydalanuvchilarga taklif etishlari mumkin. Bunda aholining talabi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu qo‘shimcha xizmatlar kutubxonachining asosiy ish tartibiga zarar etkazmagan taqdirdagina amalga oshirish o‘rinli hisoblanadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling