Hazrati xizr masjidi


Download 305.19 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi305.19 Kb.
#1509881
Bog'liq
HAZRATI XIZR MASJIDI


HAZRATI XIZR MASJIDI

Hazrati Xizr masjidi VIII asr boshida, O‘rta Osiyo arab istilosi ostida bo‘lgan davrda qurilgan. U qadimiy Afrosiyob qoldiqlarining janubida kichkina tepalikda joylashgan.


Inshootni Xizr payg‘ambar nomi bilan atashgan. U sayyohlar homiysi bo‘lgan va “jonli suv”ga ega edi. Rivoyatlarga ko‘ra arablar shahar qal’asini suvga g‘arq qilmoqchi bo‘ladilar va Arzis anhorini to‘g‘on bilan to‘sadilar. Ammo kutilmaganda katta oq qush uchib kelib to‘g‘onni buzib yuboradi.
Mo‘jizaviy najot sharafiga Samarqand aholisi masjidni barpo etdilar. Avvalroq uning o‘rnida Zardushtiylar ibodatxonasi turar edi. Hazrati Xizr masjidini mo‘g‘ullar 1220 yilda vayron qiladilar. Odatda harbiy yurishlari davomida ular ahamiyatga ega bo‘lgan inshootlarni yer bilan yakson qilar edi.
Me’morchilik
Zamonaviy masjidni 1854 yilda qadimiy poydevor ustida barpo etdilar. Inshootni sezilarli darajada qayta qurishgani sababli uning dastlabki ko‘rinishi butunlay yo‘qotilgan edi. Unga taqab kvadrat shaklidagi inshoot — Gumbazli darvozaxonani bunyod qilishdi. Yana ikki chetida guldasta minoralarga ega kirish peshtoqi va sharqona nafis minora ham barpo etildi. Binonig orqa tarafida ham guldasta minora bor. Binoga qaraganingizda minorani yakka o‘zini ko‘rmaysiz va unga qaraganingizda simmetriya hissi uyg‘onadi. Hazrati Xizr masjidi faqatgina 1919 yilga kelibgina hozirgi ko‘rinishga ega bo’ldi.

Masjidning tashqi pardozi boshqa shunday inshootlarning pardozidan farqlanadi. Unda odatiy bo‘lgan ko‘k va yashil ranglarning ustunligini ko‘rmaysiz. Aksincha sarg‘ish va qizg‘ish-jigar rangli bezaklarni ko‘rish mumkin. Ayvonning yorqin shiftini jimjimador naqshlar bezatishgan. XIX asrga tegishli bo‘lgan va nafis o‘yma naqshlar bilan bezatilgan yog‘och eshik alohida qimmatga ega.


Hazrati Xizr masjididan Bibixonim maqbarasi va uning qarshisida Amir Temur tomonidan unga bag‘ishlab qurilgan ulkan ansambl ko‘rinib turadi. Xalq orasida uni “Bibixonim” deb atashadi.
Download 305.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling