Hba 84 guruh topshirig’i


Download 39.51 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi39.51 Kb.
#1474217
Bog'liq
Topshiriq (2)


HBA 84 guruh topshirig’i

  1. Tahliliy amallardan mohiyatan qay tartibda foydalanish mavjud?

Masala. Quyidagi ma’lumotlarning yakunini quyida keltirilgan jadval ko’rinishida rasmiylashtiring.
1. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilishda sifat nazoratini o’tkazish kerak bo’ladi. Chunki, xulosani sub’ektiv berish uchun etarli auditorlik dalil hujjatlarini yig’ish lozim bo’ladi.

  • Ishchi hujjatlarni tahlil qilishda auditor ishonch hosil qilish kerakki, audit dasturi talablariga amal qilinishini; (bajarilgan ishlar xarakteri va hajmi qayd etilishi);

  • Ishchi hujjatlar aniq shaklda, sodda va izohsiz taqdim qilinishi;

  • Ishchi hujjatlardagi ma’lumotlar hisob va hisobotning mazmunini tashkil qilishi va auditorlik xulosaning analitik qismiga xulosa berishga muvofiqligi;

2. Auditorlik xulosasini tuzing.
3. Auditorlik xulosaning kirish qismini tuzish uchun ilovadagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
4. Auditorlik xulosaning analitik qismi ishchi hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiq ilovadagi holatlarda tanlab olingan variantlarga asosan tuziladi.
5. Auditorlik xulosaning turi mashg’ulotlardagi tanlab olingan variantlarning ma’lumotlarini umumlashtirish asosida aniqlanadi.



ABDIAHATOV AKOBIR

  1. Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 1350000 so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 1180000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 1200000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 37500 so‘m ish haqi hisoblangan, 40000 so‘m metalalom hamda 95000 so‘mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 306500 so‘m deb baholab, uni 95900 schotga hisobdan chiqargan.
Talab qilinadi:

  1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?




ABDUXOKIMOV JAVOXIRBEK

  1. Tahliliy sharh jarayoni va uning bosqichlari deganda nimalarni tushunasiz?

Masala. «Coor » firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik dalillarini to‘pladi:

  1. « Coor » firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili;

  2. « Coor » firmasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi aksionerlar reystridan ko‘chirma;

  3. Auditorning o‘zi ishtirok etgan tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi;

Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang.



AMINOVA GULIMAY

  1. Mohiyatan tanlab tekshirish va tanlash ko’lami qanday ta’riflanadi?

Masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so‘m, amortizatsiyasi 300000 so‘mlik obyekt yetishmasligi aniqlandi.
Hisobot yilining dekabr oyida bu obyekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 156000 so‘m inventarizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo‘jalik muomalalari hisobot yilining 31 - dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?



A’ZAMOV BOTIRBEK

  1. Tanlash bilan bog’liq risklar nimalarda iborat?

Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 2 yil muddatga xorijiy valutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va subyekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”schoti-1460000 so‘m;
Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valuta” schoti-1460000 so‘m;
(Shu jumladan, 1340000 so‘m-kredit uchun foiz, 340000 so‘m – bank xizmati uchun).
Talab qilinadi:
1. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
2.Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

BOBOQULOVA FARANGIZ

  1. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini ahamiyati nimalardan iborat?

Masala. Korxona uskuna sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasida uskunaning narxi AQSH dollarida ko‘rsatilgan - 15000$. Shartnomaga ko‘ra to‘lov (100%) Markaziy bankning to‘lov sanasidagi kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. To‘lov 5-sentabrda amalga oshirildi, uskuna esa 18-sentabrda olindi. AQSH dollarning so‘mga nisbatan kursi quyidagicha bo‘lgan:
5-sentabrda – 1 AQSH dollari 1422,6 so‘m;
18 sentabrda – 1 AQSH dollari 1426.24 so‘m;
Uskunaning boshlang‘ich qiymati – 2139360 so‘mni tashkil qiladi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

BOTIROV JAVOHIR

  1. Kuzatish birligi, tanlash birligi va tanlash uslublari qanday ta’riflanadi?

Masala. “Sharq” XF mualliflik sharti bo‘yicha 1 mln. so‘m to‘lab, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” kitobini 5 yil davomida 400 ming nusxada nashr qilish huquqini sotib oldi. Hisob siyosatida amortizatsiya hisoblash usuli to‘g‘ri chiziqli usul, deb tanlangan. Yil davomida hisoblangan amortizatsiya so‘mmasiga berilgan provodka
Debet 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schoti - 400000 so‘m;
Kredit 0500-“Nomoddiy aktivlar eskirishi” - 400000 so‘m.
Talab qilinadi:

  1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

BOYNAZAROV BEHRUZ

  1. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilish deganda nimalar nazarda tutilgan?

Masala. «Akmal-Audit» korxonasi qurilish mollari sotish bilan shug’ullanadi. Qurilish mollarini sotish naqd pulga va pul o’tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. 2008 yilda «XXX» korxonasining sotishdan tushgan sof tushumi 75 million so’mni, shu jumladan naqd pulga sotilgan tovarlar hajmi 1250 ming so’mni tashkil etgan. Naqd pulga sotilgan tovarlar nazorati va hisobi talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi sababli auditor zarur auditorlik amallarini qo’llab, etarli dalil to’play olmadi.
Talab qilinadi:

  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  2. Ushbu holatda auditor qanday xulosa berishi kerak?

FARHODOV SHAROFIDDIN

  1. Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

Masala.Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada 7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko‘rsatuvchi 4 o‘rindiqli stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi. Korxonada 2023 - yilning IV choragida butun korxona bo‘yicha haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash fondi 14 200 000 so‘mni tashkil etsa, stollar soni o‘zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobini qanday to‘ldirish lozimligi bo‘yicha maslahat-tushuntirish bering.

FATTOXOVA DILNOZA

  1. Xo’jalik shartnomasida yuristning vizasi bo’lishi shartmi? U qo’yilmagani uchun qanday jazo choralari nazarda tutilgan? Agar unda yuristning vizasi bo’lmasa, shartnoma haqiqiy bo’lmaydimi?

Masala.MCHJ shaklidagi korxona yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanadi va u QQS to‘lovchilar toifasiga o‘tmagan. Korxona "Atlantika" MCHJ bosh pudratchi buyurtmachi korxonasi bilan 2023- yilning may oyida texnik soz, mashina va mexanizmlarni ajratish hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Shartnomaga asosan buyurtmachiga 2023 - yil davomida 330 mln so‘mlik mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatilgan va ularga doir hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, yil davomida yoqilg‘i mahsuloti bilan uzluksiz ta’minlanish maqsadida buyurtmachi bizga 160 mln so‘mlik avtomobil benzinini hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan holda shartnoma tuzmasdan yyetkazib bergan. Bu hisobvaraq-fakturalarda 6 mln so‘mlik qo‘shimcha xarajatlar va 33 mln so‘mlik QQS hisoblab yozilgan.
Talab qilinadi:

  1. Yuqorida keltirilgan muomalalarni amalga oshirilishida yetishmayotgan yoki qo‘shimcha ravishda tuzilishi lozim bo‘lgan hujjatni aniqlang va uni rasmiylashtirish holatlarini tahlil qiling.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

FAYZULLAYEVA DILOROM

  1. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish qanday amalga oshiriladi?

Masala. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi quyidagi auditorlik dalillari mavjud:
Haqiqiy tekshirish vaqtida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi inventarizatsiya ma’lumotlari.
2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar.
2810- «Ombordagi tayyor mahsulot» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar.
Auditorning o‘zi ishtirok etgan ishlab chiqarish zaxiralarining inventarizatsiya ma’lumotlari.
Talab qilinadi: Keltirilgan auditorlik dalillarini ishonchlilik darajasi bo‘yicha tizimga keltiring.



G‘AYBILLAYEV MALIKJON

  1. Auditorlik dalillarning tayinlanishi qanday tashkil etiladi va uning oldiga qanday talablar qo’yiladi?

Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 2 yil muddatga xorijiy valutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va subyekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”schoti-1460000 so‘m;
Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valuta” schoti-1460000 so‘m;
(Shu jumladan, 1340000 so‘m-kredit uchun foiz, 340000 so‘m – bank xizmati uchun).
Talab qilinadi:
1. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
2.Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?



HAYDAROV JAMSHID

  1. Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni qanday o’rganiladi?

Masala. Korxona tovar belgisidan foydalanish huquqini 5-yilga 100000 so‘mga QQS so‘mmasi 20000 so‘mga sotib oldi. Buxgalteriya hisobida berilgan xo‘jalik muomalalari quyidagicha aks etdi:
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti-120000 so‘m;
Kredit 110-“Hisob-kitob schoti” schoti -120000 so‘m.
Debet 0420-“Savdo markalari, mahsulot belgilari va sanoat namunalari” schoti -120000 so‘m;
Kredit 6010 - “Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -120000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

MATNAZAROVA MUSHTARIY

  1. Ishchi hujjatlar qanday talablarga javob berishi lozim?

Masala. Tashkilot tovar belgisi ishlab chiqadi. Reklama agentligiga tovar belgisi ishlab chiqish yuzasidan firma xarajatlari 100000 so‘m, shu jumladan, QQS-20000 so‘m. Tovar belgisini ro‘yxatga olish xarajatlari 18000 so‘m. Hisob registrlarida quyidagiga buxgalteriya yozuvlari qilingan.
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti – 120000 so‘m
Debet 0830-“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 100000 so‘m
Debet 6410-“ Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)”schoti - 20000 so‘m;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 20000 so‘m.
Debet 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti - 18000 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 18000 so‘m.
Debet 9420-“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti - 18000 so‘m;
Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti - 18000 so‘m.
Debet 0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xau” schoti - 100000 so‘m;
Kredit 0830-“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti - 100000 so‘m.
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 20000 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 20000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.



NURMAMATOV BOBIRJON

  1. Tekshirish natijalarini baholashda muhimlik tamoyiliga asoslaniladimi, bunga sabab nima?

Masala. “Dekor” korxonasi mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 2010-yilda tashkil topgan. 2018-yilda mebellarni obshivka qilishga moslashgan uskuna sotib olgan va hisob siyosatiga muvofiq tezlashgan amortizatsiya usulidan foydalanadi.
Uskunani 2018-yildagi sotib olish bahosi 1000000 so‘m bo‘lgan. foydali xizmat muddati 5 yil va tugatish qiymati 100000 so‘mni tashkil etgan.
1 - yil 1000000-40 %;
2 - yil 600000-40 %;
3 - yil 360000-40%;
4 - yil 216000-40%;
5 - yil qoldiq-29600;
Shu yilda amortizatsiya hisoblanishi kerak edi. Lekin xarajatlarni kamaytirish maqsadida buxgalter yillar yig‘indisi usulini tanlagan.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?



OCHILOV OYBEK

  1. Xo’jalik shartnomasida yuristning vizasi bo’lishi shartmi? U qo’yilmagani uchun qanday jazo choralari nazarda tutilgan? Agar unda yuristning vizasi bo’lmasa, shartnoma haqiqiy bo’lmaydimi?

Masala. “Feruza” XF balansida nomoddiy aktiv mavjud bo‘lib, uning boshlang‘ich qiymati - 1000 ming, amortizatsiya – 200 ming so‘mni tashkil qiladi. Inventarizatsiya natijasida ushbu nomoddiy aktivdan kelgusida foydalanish maqsadga muvofig emas. Ushbu muomalalarga buxgalter quyidagicha yozuv berilgan.
Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti; - 1200000;
Kredit 0470-“ Mualliflik huquqi” schoti- 1200000;
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti;– 800000;
Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, – 800000.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

OLOVIDDINOV ZUXRIDDIN

  1. Hisob siklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

Masala.Qurilish tashkiloti o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonida o‘z maqsadlarida foydalanish uchun bino qurdi. Auditor qurilish bilan bog‘liq xarajatlarni miqdorini aks ettiruvchi barcha hujjatlarni to‘pladi.
Talab qilinadi:

  1. Qurilish tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik dalillarini toping.

  2. Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to‘g‘riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tasdiqlang.

RAHMONBERDIYEV O‘KTAMJON

  1. Auditorlik xulosasining kirish qismida nima aks etadi?

Masala.AJda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida xodimlar qonun buzilishiga yo’l qo’yganligi hamda jamiyat mol-mulkini o’zlashtirish yo’li bilan unga juda ko’p miqdorda zarar etkazilganligi holatlari aniqlandi. Etkazilgan zarar aybdor xodimlar hisobidan to’liq undirib olindi va bu to’g’rida auditorlik hisobotiga tegishli yozuvlar kiritildi.
Yuqoridagi holatdan jamiyat ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi xabardor qilindi. Jamiyat ijroiya organi tomonidan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralari (mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa vazifaga o’tkazish, hayfsan e’lon qilish va boshqalar) qo’llanildi. Ushbu holda xususiy mulkchilikdagi jamiyat tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berishi shartmi yoki yo’qmi?

SALOHIDDINOV OTAJON

  1. Auditorlik tanlashning natijasi nimada aks etadi?

Masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda auditor quyidagi holatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo‘lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12 million so‘mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so‘m pul to‘langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash talab qilinadi.
Talab qilinadi:

  1. Ushbu muomalalarni amalga oshiring va buxgalteriya schotlarida aks ettiring.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

SHARIFOV RUSLAN

  1. Umumiy tahliliy amallarni tasvirlab bering?

Masala. Audit o’tkazish davrida keyingi yilning boshida shartnoma tuzilgan bo’lib, unga ko’ra sizning mijozingiz tovar-moddiy boyliklar sotadi va hisobot yilidagiga nisbatan 10 marta ko’proq daromad olishni aniqladingiz.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bu xo’jalik muomalasi tekshirilayotgan yil hisobotiga va auditor xulosasiga qanday ta’sir qiladi?

SHOATXAMOVA IRODA

  1. Ijobiy xulosa, salbiy xulosa, xulosa berishdan bosh tortish qanday holatlarda tuziladi?

Masala. MCHJ balansida 2009 - yilda xarid qilingan uchta avtomashina bor. MCHJ ustavi va ta’sis hujjatlariga muvofiq ulardan biri uchinchi shaxsga tekinga berilgan? Yuqorida keltirilgan muomalalarni to‘g‘ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirishda qanday ma’lumot manbalari yoki dalillar o‘rganilishi lozim?

SHUKRILLAYEVA SHAXZODA

  1. Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni qanday o’rganiladi?

Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 135000 so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 118000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 120000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 3750 so‘m ish haqi hisoblangan, 4000 so‘m metalalom hamda 9500 so‘mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 30650 so‘m, deb baholab, uni 9590 schotga hisobdan chiqargan.
Talab qilinadi: Yuqorida keltirilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirish jarayonida qanday ma’lumot manbalari va hujjatlar o‘rganiladi.

SHUKUROV DILSHODJON

  1. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plash qanday amalga oshiriladi?

Masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta zarar etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro’y bergan. Zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi.
Talab qilinadi: Bu hodisa kompaniyaning moliyaviy hisobotiga ta’sir ko’rsatadimi? Agar shunday bo’lsa buxgalteriya hisobida nima o’zgaradi?

SOBIROVA SHAXRIBONU

  1. Auditorlik tanlashning maqsad va vazifalari nimadan iborat?

Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko‘ra turkumlang va ularni muhimligi va ishonchliligiga ko‘ra tartib bilan qo‘yib chiqing:
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
B) Tasdiqlangan hujjatlarni ro‘yxatga olish jurnalining «Schotlar bo‘yicha to‘lovlar» bo‘limida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
V) Auditorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan kreditorlar xatidagi ko‘rsatilgan so‘mmalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko‘chirmada ko‘rsatilgan so‘mmalar.

TOSHPO‘LOTOV YOQUBJON

  1. Audit standartlari bo’yicha xulosasining nechta va qanday turlari, shakllari mavjud va ular nimalarga asoslanib rasmiylashtiriladi?

Masala.Auditor tomonidan quyidagi auditorlik amallari bajarildi:

  1. Transport vositalarini ro‘yxatga olish hujjatlari tekshirildi;

  2. Transport vositalarini qabul qilishdagi birlamchi hujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi;

  3. Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi;

  4. Transport vositalarini sotgan mol yyetkazib beruvchilardan og‘zaki tasdiq olindi;

Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?

VALERIYEV BAXTIYOR

  1. Statistik va nostatistik tanlash o’rtasida qanday farq mavjud?

Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. Auditorlardan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?”
Talab qilinadi:

  1. Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

XAMIDOV OTABEK

  1. Uyg’unlashgan tanlash qanday ta’riflanadi? Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi qay tartibda foydalanish mumkin?

Masala. Firmangiz mijozi “IRON” kompaniyasi, quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha sizga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriyat xodimi mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Olinadigan schotlar reja.
4. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
5. To‘lov jurnalini yuritish.
6. Bankdagi schotlarni nazorat qilish.
7. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schotiga o‘tkazish.
Talab qilinadi:

  1. Buyruqning «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» BHMSga muvofiqligiga baho bering.

  2. Audit o‘tkazish jarayonida hisob siyosatini zaruriy jihatlarini auditor ishchi hujjatida aks ettiring.

  3. Hisob siyosatini korxonalar ichki nazoratini tashkil qilish ta’sirini baholang.

YEREJEPOVA ELZIRA

Download 39.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling