Satrlar
-
Satr Unicode kodirovkasidagi belgilar ketma-ketligini ifodalashda qo’llaniladi. Satrlarning alohida belgilariga kvadrat qavs ichida indekslarini ko’rsatish orqali murojaat qilishimiz mumkin:
-
string = "hello world"
c0 = string[0] # h
print(c0)
c6 = string[6] # w
print(c6)
c11 = string[11] # xatolik IndexError: satr indeksi chegaradan chiqib ketdi
print(c11)
-
Eng ko’p qo'llanilishi mumkin bo'lgan asosiy metodlarini ko'rib chiqamiz:
-
isalpha(str) – satr faqat alifbo belgilaridan iborat bo'lsa True, aks holda False qaytaradi;
-
islower(str) – satr faqat kichik harflardan iborat bo‘lsa True, aks holda False qaytaradi;
-
isupper(str) – satr faqat katta harflardan iborat bo‘lsa True, aks holda False qaytaradi;
-
isdigit(str) – satrdagi barcha belgilar raqamlardan iborat bo'lsa, u holda True, aks holda False qaytaradi; sonni ifodalasa, True qaytaradi;
-
startwith(str) – satr str satr ostisi bilan boshlangan bo'lsa, True qaytaradi;
-
endwith(str) – satr str satr ostisi bilan tugagan bo'lsa, True qaytaradi;
-
lower() – satrdagi barcha alfavit belgilarini quyi registrga o‘tkazadi;
-
upper() – satrdagi barcha avfavit belgilarini yuqori registrga o‘tkazadi;
-
title() – satrdagi barcha so'zlarning boshlang'ich harflari katta harfga aylantiradi;
-
capitalize() –satrda faqat birinchi so'zning birinchi harfini yuqori registrga o‘tkazadi;
-
lstrip() – satrning boshidagi bo'sh joylarni olib tashlaydi;
-
rstrip() – satrning oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlaydi;
-
strip() – satr boshidagi va oxiradi bo'sh joylarni olib tashlaydi;
-
ljust(width) – satrning uzunligi width parametrlaridan kichik bo'lsa, width qiymatini to'ldirish uchun satrning o'ng tomoniga bo'shliqlar qo'shiladi va satr o'zi chap tomonga tekislanadi;
-
rjust(width) – satr uzunligi width parametrlaridan kichik bo'lsa, width qiymatini to'ldirish uchun satrning chap qismiga bo'shliqlar qo'shiladi va satr o'zi o’ng tomonga tekislanadi;
-
center(width) – satrning uzunligi width parametridan kichik bo'lsa, width qiymatini to'ldirish uchun satrning chap va o'ng tomonlariga bo'sh joylar qo'shiladi va satr markazida joylashadi;
-
find(str[, start[, end]) – satrdagi birinchi satr ostisi indeksini qaytaradi. Satr ostisi topilmasa, -1 sonini qaytariladi;
-
replace(old, new [, num]) – satr ostilarini almashtiradi;
-
split([delimeter [, num]]) – ajratuvchi belgilar asosida satrni qismlarga ajratadi;
-
join(strs) – Ma`lum bir ajratuvchi bo’yicha satrlarni bir satrga birlashtiradi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |