Hemis platformasida o`qituvchi profilida ish yuritishni o`rganish va o`rganish natijalari to`g`risida
HISOBOT
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS) Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan. Men bilan birgalikda ushbu platformada ishlash bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni o`rgandim. O`quv jarayoni tizimida o`quv yili, fanlar, smestrlar, nazorat jadvali, baholash tizimi, baholar, davomat kabi menyular mavjud ekan. Men talabalar davomatini qayd etish menyusida ishlashni o`rgandim. Talabalar davomatini qayd etish uchun Davomat / Fanlar davomati menyusi orqali amalga oshiriladi.
a
Bund davomat oynasidan o`quv reja, o`quv yili, semester va guruh tanlanadi va so`ngra ОК tugmasi bosiladi. Natijada fanlar davomati oynasi ochiladi. Ushbu jurnalda talabaning qoldirilgan dars soati va o`qituvchi tomonidan darslar o`tilganligi hamda qoldirilgan dars soatini sababli yoki sababsizga o`tkazish amalini bajarish mumkin.
Bundan tashqari men Orqliq nazorat ma`lumotlarini boshqarish tizimida ham ishlash bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni hosil qildim.
Oraliq nazoratni ikki xil ko`rinishda topshiriq va test ko`rinishida tashkil etish mumkin. Oraliqni topshiriq ko`rinishida tashkil etilganda talabalrga topshiriq beriladi.Talaba topshiriqqa javob yo`llaydi va talaba topshiriqqa javob yo`llaydi o`qituvchi esa baholaydi.
Baholangandan so`ng nazorat qaydnomasida qo`yilgan ballar yig`indisi chiqadi.Nazorat test ko`rinishida tashkil etilsa talabalar testlarga javob beradi natija esa topshiriqlar oynasi va oraliq nazorat oynasida avtomatik tarzda shakllanadi. Men Hemis platformasida o`qituvchi profilida ish yuritishni o`rganish bo`yicha dastlabki bilimlarga ega bo`ldim.
Kafedra mudiri: S.Choriyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |