Hemisdagi tartib raqamingiz bo`yicha variant numerizni ishlang
Download 17.5 Kb.
|
Hemisdagi tartib raqamingiz bo`yicha variant numerizni ishlang.TopshiriqVariantlar: Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhat eng kichik elementini toping. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhatda berilgan kalitdan katta elementlarni toping. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhat eng kichik elementini toping. Ketma-ket va binar qidiruv usulidan foydalanib, A massivdan elementni va taqqoslashlar sonini toping. Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping. Binar qidiruvdan foydalanib massivdan berilgan kalitga karrali kalitli elementni va solishtirishlar sonini toping. Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting. Binar qidiruv usuli yordamida massivning key kalitli elementini o‘chiring. Berilgan massivda key kalitli elementni ketma-ket va binar qidiruv usullari yordamida izlang va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini aniqlash dasturini keltiring. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan ketma-ket qidiruv usuli bilan balli maksimal bo‘lgan talabani toping. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli yordamida so‘ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing. Boshiga qo‘yish usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat massiv elementlariga ko‘p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang. Ta’mirlash ustaxonasida bir nechta (N ta) mashina bor. Ular to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga egamiz: raqami, markasi, egasining ismi, oxirgi marta ta’mirlanganligi sanasi (kuni, oyi, yili), ta’mirdan chiqishi lozim bo‘lgan sana (kun, oy, yil). To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish (variantga mos ravishda): Mashina egalarining ismlari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtirilsin va mos ravishda ularning mashinalari haqidagi ma’lumotlar chiqarilsin. Avtomobillarni ta’mirlash tartibi ishlab chiqilsin. Bu yerda ta’mir tugashi sanasi qaysi avtomobil uchun ertaroq bo‘lsa, shunga birinchi navbatda xizmat ko‘rsatiladi. "Mersedes" markali mashina egalarini alifbo bo‘yicha teskari tartibda joylashtiring. "Nexia" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiring. Keyingi oyda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan mashinalarni oxirgi marta ta’mirlanganlik sanasi bo‘yicha o‘sish tartibida keltiring. "Mersedes" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha kamayish tartibida joylashtiring. N ta talabadan iborat guruh tuzilsin. Quyidagi ma’lumotlar berilgan: familiya, ism, tug‘ilgan yili, fanlar bo‘yicha bahosi: MTvaA, oliy matematika, fizika, dasturlash, topshirgan sessiya umumiy bali. To‘g‘ri tanlov usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqing (variantga mos ravishda): Talabalar familiyalarini alifbo tartibida. Talabalarni yoshi bo‘yicha o‘sish tartibida. Talabalarni umumiy bali bo‘yicha o‘sish tartibida. Talabalarni birinchi imtihoni natijasi bo‘yicha o‘sish tartibida. Talabalarni ikkinchi imtihoni natijasi bo‘yicha kamayish tartibida. Talabalarni uchinchi imtihoni natijasi bo‘yicha o‘sish tartibida. Talabalarni to‘rtinchi imtihoni natijasi bo‘yicha kamayish tartibida. Talabalarni birinchi va ikkinchi imtihoni natijalari bo‘yicha o‘sish tartibida. Talabalarni birinchi va ikkinchi imtihoni natijalari bo‘yicha kamayish tartibida. Talabalarni umumiy bali bo‘yicha kamayish tartibida. Pufaksimon saralash usulidan foydalanib, saralashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish (variantga mos ravishda): A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing. Download 17.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling