Hijron aytar yurakka.Seni xarob qilaman.
Armon aytar orzuga.
Seni sarob qilaman.Ayriliq der yurakka.
Yolg'izlikda ko'maman.Xiyonat der chin ishqni.
Yolg'on bilan qo'shaman.Yurak yig'lar yalinib.
Unday qilmang qo'rqaman.Ojizligimni bilib.
Qiynamang arz qilaman.Sevgi der kechir yurak.
Barchasiga aybdor men.Senga shuncha azobni.
Yuklagan beshavfqat men.Kechirgin dushmanlarga.
Bo'lolmadim hech to'siq.Bevafolar tufayli.
Turibman dorga osiq.Ilk bor qilichin olib.
Keldi jangga xiyonat.Ortidan armon kelib
.Orzularni etdi rad.Hijron ham keldi shoshib.
Yengmoq uchun sevgini.Visolni asir olib.
Ojiz qildi sevgini.Ammo shunda ham sevgi.
Jang qildi mardonavor.Lek ayriliq zarbiga.
Qolmadi unda mador.Sindi uning nihoyat.
So'nggi umid qilichi.Chekdi afsus nadomat.
Chunki yo'q hech iloji.Endi yurak ham yolg'iz.
Qoldi sevgiga muxtoj.Sevgi esa olamni.
Tark etdi xor,yalang'och!
Do'stlaringiz bilan baham: |