Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


birovlarning ko’ngliga kelgan gapdan ham xunukroq bir taxminni aytib qoldi


Download 188.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/117
Sana09.01.2022
Hajmi188.49 Kb.
#264140
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

birovlarning ko’ngliga kelgan gapdan ham xunukroq bir taxminni aytib qoldi: 

- Xayr, ishqilib oxiri baxayr bo’lsin,- dedi,- kelinimiz yoshga o’xshaydi... Qiz bo’lmasa deb 

qo’rqaman! 

Karim otaning bu taxmini, domlaning keyingi vaqtlaridagi raftoriga qaraganda 

ehtimoldan uzoq bo’lmasa ham, odamlarga qattiq malol keldi. Bir-ikki kishi Karim 

otaning dilini og’ritdi. 

Biroq oradan ko’p o’tmay, Karim otaning taxmini to’g’ri chiqib qoldi: ”Domla o’zining 

talabasi – yigirma yashar bir juvonga uylanayotgan emish” degan gap tarqaldi. 

To’yga yaqin qolganda kelin ko’chaning boshidagi atelyega ko’ylak buyurgani kelgan 

ekan, nima bo’lib bundan xabar topgan ayollar ko’rgani borishdi. Kelin darhaqiqat yosh

lekin qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil ko’ylak, boshida 

popishakning tojiga o’xshagan qizil shlyapa; qo’lidagi sumkasi, oyog’idagi poshnasi bir 

qarich tuflisi ham qizil. Uni adovat va nafrat bilan boshdan-oyoq kuzatgan ayollardan biri, 


Download 188.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling