Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


Download 188.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/117
Sana09.01.2022
Hajmi188.49 Kb.
#264140
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

tilxat beribdi. 

Kirib ko’ray desam doktor ijozat bermadi. Mening yo’qlab kelganimni ko’rsa, dalda 

bo’ladigan biron so’z aytsam, zoraki darmonbo’lsa deb kutdim. 

Vaqti-soati yetganda Masturani hamshira qiz bilan Akramjon ikki tomondan suyab olib 

chiqishdi. Lekin eshikdan chiqishi bilanoq Mastura ikkovini ikki tomonga itarib o’zi yurdi; 

bardam qadam tashlab, operatsiya zalining eshigini o’zi ochib kirib ketdi. Akramjon, 

butun diqqati xotinida bo’lgani uchun meni payqamadi. Mastura esa menga bir qaradi-yu, 

tanimadi shekilli, indamadi. 

Operatsiyaga doktorlarning ko’ngli chopmagani, xastaning holi o’zimga ma’lum bo’lgani, 

Masturaning o’limning yuziga bunchalik tik qaragani qorong’ida qo’rqqan kishi ashula 

aytganidek emasmikin, degan gap ko’nglimdan o’tgani uchun operatsiyaning natijasini 

kutmadim, kechqurun kasalxonaga telefon qilmoqchi bo’lganimda, rostini aytsam, telefon 

trubkasini dadil ololmadim. Yo’q, xayriyat, Mastura operatsiyadan bardam turibdi. 


Download 188.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling