Hikoya Javohir Jaloliddinov


Download 38.2 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi38.2 Kb.
#1620280
Bog'liq
Zavqlanish(1)


ZAVQLANISH
Hikoya Javohir Jaloliddinov

Tong. Doimgidek quyosh chiqishini qadrdon skameykamdan turib qarshilab olyabman. Atrof goʻzal, qushlarning erkin parvozi, mayin shabadadan daraxtlar yaproqlarining nozik qimirlashlari...


Hayotdan zavq olishni bilaman.Hamma narsa ajoyib, ideal . Goʻzal manzarani qoʻlimda tutab turgan sigaret buzib turibdi xolos!
Atrofda ertalab yugurishni odat qilib olgan qariyalar koʻpayishni boshladi. Bir oyogʻi goʻrda boʻlsa ham hali yashashdan umidi soʻnmagan, oʻzi zoʻrgʻa qadam tashlayotgan boʻlsa ham oʻzini yugurayotgan tasavvur qilib oldinga qarab likillab bormoqdalar. Chollardan birini nafasi qisdi shekilli yoʻldan ogʻib men oʻtirgan skameykaga qarab yura boshladi. Qariyani kuni bitib qolganini kindigigacha osilib turgan tilidan bilish qiyin emasdi. Yonimga oʻtirdi. Atrofimda ikkinchi yomon manzara: choldan chiqayotgan badboʻy hid. Yuguraverib terlab ketgan. E’tibor bermay manzaradan zavqlanishda davom etaman.
Bir qarasam cholni ogʻzi qimirlayapti, menga nimadir deyapdi chamasi. Chol oʻtirgan tomondagi qulogʻimdan quloqchinni olib ,, nima deyapsiz " deganday cholgan qaradim.
-Shuncha gapimni eshtmadingmi.
-Qoʻshiq eshtyapman amaki.
-Yosh boʻlsang senga sigaret chekishni kim qoʻyibdi, nima qilasan oʻpkangni chiritib, nima qilasan yosh umringni xazon qilib...
Bir qulogʻimda quloqchin hali ham bor ,,Devil Eyes " ni eshitib zavqlanaman. Cholning ensamni qotirishdan boshqasiga yaramaydigan gaplarini eshtishga toqatim yoʻq.
Chol gʻazablanardi. Qani hozir zamon koʻtarsa-yu qulogʻimni tagiga shapaloq tortib yuborsa...
-Bu sigeretni ham tekinga olmasang kerak, pul-ku bu pul. Ota-onangni puliga chekib vijdoning qiynalmaydimi, oʻzing pul topganingda pulni bekorga sovurmasding. Nima ish qilasan oʻzi?
-Kissovurman.
Cholning nafasi tomogʻiga tiqildi. Bechora endi nafas rostlagandi. ,,Kasb"imni eshitib cholning gʻazab toʻla koʻzlariga qoʻrquv aralashdi.
-Endii, yoshim katta, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash biz qariyalarni vazifasi deb oʻylaymanda bolam, gaplarimdan xafa boʻlma yana.
-,,Amaki shu oxirgi chekishim"- deb qoʻlimdagi sigeretni qoldig’ini orqaga otib yubordim.
-Haa, oxirgisi deysanda yana chekaverasan.
Yechib qoʻygan quloqchinimni qoʻlimga ushlab shaytoniy iljayish bilan cholga javob berdim.
-Tashlamasligimni bilsangiz nega menga nasihat qilasiz...
Cholni javobini kutmasdan quloqchinni taqib goʻzal manzara tomonga burilib zavqlanishda davom etaman.
5- sigaretni tutatyotganimda yonimda ona-bola mushuklar paydo boʻldi. Ona mushuk juda chiroyli emas, birnavi. Lekin bolasi uning aksi, juda chiroyli, yoqimtoy. Qarshimdagi goʻzal manzaraning ajralmas boʻlakchasidek.
Mitti mushukcha oyoqlarimga ishqalanib yuragimni battar boʻshashtirib yubordi.Jin ursin,bu buncha momiq bo’lmasa! Nariroqda onasi panjalarini yalash bilan mashgʻul. Mittichani sekin qoʻlimga oldim. Koʻzlari moviy bu mushukcha meni oʻz egasidek qabul qildi.
Birdaniga bezovtalana boshladi. Menimcha sigaretdan chiqayotgan tutun unga yoqmayapdi. ,,Senga yoqmayotgan narsadan seni xalos qilaman mittivoy!"
Sigaretni oxirigacha chekib boʻlmasamda bu yoqimtoy mushukchani xursand qilish uchun uni oʻchirishga qaror qildim. Nimaga bosib oʻchirsam endi? Skameyka yaqinda boʻyalgan. Unga sigaret bossam uni boʻyaganlarga, ularning mehnatiga hurmatsizlik boʻladi axir. Yana mendan keyin kelganlar mendan bu odobsizligim uchun ranjiydilarku!
Mittivoyni boshini barmoqlarim bilan mahkam ushlab qimirlamaydigan holatga keltirdim. Sigaretni oʻchirish uchun mittivoyning moviy koʻzlaridan foydalanaman. Bu ishni juda noziklik bilan bajarishim kerak, aks holda mushukchani yungiga sigaretni choʻgʻi tegsa momiqqina yungiga zarar yetishi mumkin. Quloqchindan chiqayotgan qoʻshiq avj pallasiga yetganda sigaretni mushukchani odamni sehrlaydigan moviy koʻziga bosib turibman. Mushukchaga yoqmagan segaret tutuni batamom oʻchgunicha bosib turaman.Negadir ogʻzini ochib olgan. Baqiryotgan boʻlishi ham mumkin lekin menda baland musiqa...
Mushukchaning onasi roʻparamga kelib bu ishimdan obdon xuzurlanayotgandi. Meni olqishlash uchun ogʻzini ochib panjalarini koʻtarib qoʻyardi. Bolasini koʻzida sigaret bosilganidan keyin qanday asorat qolishini koʻrishga sabri chidamay u-yoq bu-yoqqa tinimsiz pitirchilardi.
Segaret oʻchgandan keyin otib yubordim. Ajabo! Sigaret bosilmagan koʻz naqadar goʻzal, maftunkor. Oʻsha koʻzlar menda yoʻqligiga biroz xasad qilib uni oʻyib olmoqchi boʻldim. Exx koʻngilchangligim qursin, qoʻyib yubordim.
Atrof goʻzal, qushlarning erkin parvozi, mayin shabadadan daraxtlar yaproqlarining nozik qimirlashlari...
Hayotdan zavq olishni bilaman.Hamma narsa ajoyib, ideal . Goʻzal manzarani qoʻlimda tutab turgan sigaret buzib turibdi xolos!
Muallif: Javohir Jaloliddinov
https://t.me/pain_rp
https://instagram.com/_ligend
Download 38.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling