Himoya qilishlikni so’radi


Download 249.24 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana08.06.2018
Hajmi249.24 Kb.
  1   2   3   4

Masalalar: 

  

№ 1. 



Fuqaro Azimov sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, o’z arizasida uni “Otchopar” buyum bozorida savdo qiluvchi yakka 

tadbirkor  Nazarov  ishga  qabul  qilganini,  o’n  oy  davomida  uning  ishlarini  qilib,  savdo-sotiq  ishlarida  yordam  berib  yurganini  va 

Nazarov  unga  mehnat  ta’tili  bermasdan  hamda  oldindan  ogohlantirmasdan  ishdan  bo’shatib  yuborganini  ko’rsatib,  huquqlarini 

himoya qilishlikni so’radi. 

- Azimovning talabi qanday hal etiladi?  

- Nazarov qaysi qonunlarni buzgan? 

- Nizo qanday hal etilishi lozim? 

- Nizoni hal etish uchun zarur qonun hujjatlarini aniqlang. 

  

№ 2 


Mehnat huquqining boshqa huquq sohalari bilan o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini aniqlang. 

№ 3. 


Fuqarolarning  mehnat  huquqlariga  oid  normalar  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  Mehnat  kodeksining  qaysi 

moddalarida belgilanganini aniqlang. 

  

№ 4 


Mehnat huquqi fani predmeti va vazifalari doirasini belgilab bering. 

Uning asosiy funktsiyalari nimalardan iborat? 

Mehnat huquqi tizimi va tartibga solish uslublari haqida nimalarni bilasiz? 

  

Masalalar: 

  

№ 1. 


Gazetada chop etilgan e’longa ko’ra “Saraton” firmasiga ish so’rab murojaat qilgan fuqaro G’anievaning iltimosi rad etildi. 

Unga berilgan yozma javobda faqat rus tilida so’zlashuvchi shaxslar ishga qabul qilinishi ko’rsatiladi. 

G’anieva ushbu javobdan qaniqish hosil qilmay sudga murojaat qildi. 

-     G’anievaga qanday javob berilishi lozim? 

-     Mehnat huquqining tamoyillari buzilganmi? 


-     Sud qanday qaror qabul qilishi lozim? 

Mehnat huquqi tamoyillarini ta’riflang va ularning ahamiyatini tushuntirib bering. 

  

№2  


IIB uchastka noziri jazo muddatini o’tab qaytgan fuqaro Samsonovni  yozma ravishda ogohlantirib, bir oy davomida ishga 

joylashish lozimligini, aks holda u javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. 

- IIB uchastka nozirining talabi qonuniymi? 

- Bu yerda mehnat huquqining qaysi tamoyili buzilmoqda? 

- Majburiy mehnatni ta’qiqlanishi tamoyili mohiyatini tushuntirib bering. 

  

№3 



Mehnat  shartnomasi  tuzish  chog’ida  mehnat  munosabatlari  davomida  xodim  turmushga  chiqishga  haqli  emasligi  haqida 

shart kiritish lozimligini talab qilindi. Ishga kirayotgan shaxs e’tiroz bildirib, bunday shart kiritish mumkin emasligini ko’rsatdi. 

-     Ish beruvchining talabi asoslimi? 

-     Mehnat huquqining qaysi tamoyillari buzilmoqda? 

  

№ 4  


Xususiy  korxonaning  mehnat  jamoasi  ushbu  korxonada  kasaba  uyushmasi  tashkil  etishni  ish  beruvchiga  taklif  qildilar. 

Korxona ish beruvchisi xususiy korxonada kasaba uyushmasi tuzish qonunga zid ekanligini aytib, taklifni rad etdi.  

- Mehnat jamoasining tashabbusi o’rinlimi? 

- Ish beruvchining talabni rad etishi qonuniymi? 

- Mehnat huquqining qaysi tamoyili buzilmoqda? 

 

 


 Masalalar: 

  

№ 1 



Mehnat huquqining manbai bo’lgan eng muhim qonunlar va qonun hujjatlarini aniqlang va batafsil daftaringizga yozing. 

  

№ 2.  



O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tarkibiy tuzilishi va ahamiyatini ta’riflab bering. 

  

№ 3. 



Lokal  me’yoriy  hujjatlar  haqida  tushuncha  bering  va  korxonalarda  qabul  qilinadigan  asosiy  lokal  normativ  hujjatlar 

ro’yxatini tuzing. Lokal normativ hujjatlarning huquqiy hujjatlardan farq qiluvchi jihatlarini aniqlang. 

  

№ 4 


Mehnat huquqiy hujjatlarni hudud, vaqt va shaxslar o’rtasida amal qilishi hususiyatlarini ta’riflab bering. 

  

  



  

 

 


 Masalalar

  

№1 



Fuqaro  Arzibekov  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  inson  huquqlari  bo’yicha  vakili  (Ombudsman)ga  murojaat 

qilib,  “Ixtiyor”  xususiy  firmasi  tomonidan  tilni  bilmasligi  tufayli  ishdan  bo’shatganligini  va  bu  bilan  “Inson  huquqlari  umumjahon 

Deklaratsiyasi”dagi  kamsitishni  ta’qiqlovchi  normani  buzganligini  ko’rsatib,  o’z  vazifasiga  tiklanishida  amaliy  yordam  berishlarini 

so’radi. 

- Ombudsman qanday javob berishi lozim? 

- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi normalari bevosita qo’llanilishi mumkinmi? 

- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi majburiy kuchga ega hujjat sanaladimi? 

  

№2 



Fuqaro Ilyosxo’jaev yaqin tanishi Axrorbekovaning taklifi bilan Rossiya Federatsiyasining Tyumen oblastiga ishlash uchun 

bordi. Ammo, u yerga borganida tanishi uni aldaganini tushunib yetdi. Pasportini tanishi olib qo’yganligi sababli Toshkentga qaytib 

kelish imkoniga ega bo’lmadi va Axrorbekovaning uzoq xutorda qurilish brigadasida 1 yil ishlab berish haqidagi talabni bajarishga 

majbur bo’ldi. 

- Noqonuniy mehnat migratsiyasi nima? 

- Odam savdosi va uning huquqiy oqibatlarini bilasizmi? 

  

№3 


BMTning Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va uning mehnat huquqidagi ahamiyatini so’zlab bering. 

№4 


O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlariga oid qaysi xalqaro hujjatlarni bilasiz? 

  

№5 



Xalqaro Mehnat Tashkiloti va uning Konventsiyalari haqida nimalarni bilasiz? 

  

  



  

Masalalar: 

  


№1 

Mehnat huquqiy munosabatlar va mehnat qilish huquqlarini amalga oshirilishi o’rtasidagi bog’liqlikni tariflab bering. 

  

№2  


Mehnat huquqiy munosabat ob’ektlari va sub’ektlari mohiyatini tushuntiring. 

  

№3 



Mehnat huquqiy munosabatlarni tasniflang. 

  

№4 



Mehnat  huquqiy  munosabat  tushunchasini  ta’riflang  va  uning  boshqa  turdagi  huquqiy  munosabatlardan  farq  qiluvchi 

jihatlarini ko’rsatib bering. 

  

№5 


Mehnat  huquqiy  munosabat  yuz  berish  asoslari  nimalardan  iborat  bo’lishi  mumkin?  Mehnat  huquqiy  munosabatlarini 

tasniflang. 

  

№6 


Muqobil xizmatga jalb etilgan fuqaro Yaxshiboevni ekskavator zavodiga ishga yo’llashdi. Yaxshiboev bilan harbiy organlar 

o’rtasidagi va zavod ma’muriyati o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni tavsiflang. 

  

№ 7. 


Qozog’iston Respublikasinig fuqarosi Kamolov Toshkent to’qimachilik kombinatiga ishga qabul qilishlarini so’rab murojaat 

qildi. Ammo, kombinat ma’muriyati O’zbekistonda mehnat faoliyagi bilan shug’ullanishlik uchun ruhsat (lizentsiya) taqdim etilishi 

lozimligini  aytib  ishga  qabul  qilishni  rad  etdi.  Kamolov  bundan  norozi  bo’lib,  sudga  murojaat  qildi  va  o’z  da’vo  arizasida 

O’zbekistonda doimiy yashashligini ko’rsatib, ishga qabul qilish asossiz rad etilgan deb hisoblashini ta’kidladi. 

-  CHet  el  fuqarolarining  O’zbekiston  Respublikasida  mehnat  faoliyati  bilan  shug’ullanishlari  qanday  tartibda  amalga 

oshiriladi? 

- Kamolovning e’tirozi o’rinlimi? 

  

  



 

 


Masalalar: 

  

№1. 



“Zarqaynar” xususiy korxonasi kasaba uyushmasining raisi korxona rahbariga murojaat qilib korxonada jamoa shartnomasi 

tuzish lozimligini taklif qildi. Korxona rahbari korxonada bor-yo’g’i 47 nafar xodim ishlashini aytib taklifni rad etdi.  

- Jamoa shartnomasi tuzish tartibi qanday? 

- Ish beruvchining harakati to’g’rimi? 

- Jamoa shartnomasi qaysi hollarda tuziladi? 

  

№2. 



“Iqbol” aktsiyadorlik jamiyatida jamoa shartnomasi tuzish chog’ida ish beruvchi shartnomaga xodimlarga to’lanadigan oylik 

ish haqini vaziyatga ko’ra ish beruvchi istagan paytda kamaytirishi hamda ish haqi to’lash kechiktirilishi mumkinligi haqidagi shartni 

kiritishni talab qildi. Xodimlar vakillik organi bundan norozi bo’ldi. 

- Jamoa shartnomasi mazmuni haqida nimalarni bilasiz? 

- Jamoa shartnomasi tuzish printsiplari haqida nimalarni bilasiz? 

- Ish beruvchining talabi to’g’rimi?  

- Nizo qanday hal etiladi? 

  

№3.  



Jamoa kelishuvi tushunchasi va mazmunini so’zlab bering. 

Jamoa kelishuvi nima maqsadda tuziladi? 

Jamoa kelishuvining qanday turlarini bilasiz va uning bajarilishi qanday vositalar bilan ta’minlanadi? 

  

№4  



Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi qaysi jihatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi ? 

Jamoa shartnomasi tuzish printsiplari qanday? 

  

№5. 


Davlat  tasarrufidan  chiqarilib,  xususiy  tadbirkor  Alanboev  tomonidan  sotib  olingan  qurilish  korxonasi  mulkdori  korxona 

kasaba uyushmasini tarqatib yuborish va jamoa shartnomasini bekor qilish haqida qaror chiqardi. 



Korxona xodimlari bundan norozi bo’lib, sudga shikoyat qildilar. 

- Korxona mulkdori almashganida kasaba uyushmasi faoliyati to’xtatilishi qonuniymi? 

- Mulkdor almashinuvi munosabati bilan jamoa shartnomasi bekor qilinishiga qonun yo’l qo’yadimi?  

  

  



 

 


  

Masalalar: 

  

№1. 



Fuqaro  Maxmudov  chet  el  qo’shma  korxonasiga  ishga  qabul  qilishlarini  so’rab  murojaat  qildi.  Korxona  ma’muriyati  chet 

tilini bilmasligini aytib, uni ishga qabul qilishni rad etdi. Maxmudov o’zining kasbi bo’ycha chet tilini bilishi shart emasligini, ya’ni 

chilangar usta ekanligini ko’rsatib, ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortilganligini ko’rsatib sudga murojaat qildi. 

- Korxona ish beruvchisining vaji o’rinlimi? 

- Fuqarolarning mehnat qilish huquqlari qanday qonunlar bilan kafolatlangan? 

- Maxmudovning da’vosi qanday hal etilmog’i kerak? 

  

№2. 


“Sadaf“  kichik  korxonasi  ish  so’rab  murojaat  qilgan  fuqaro  Yodgorovani  homilador  ekanligi  va  korxonada  unga  to’g’ri 

keladigan  yengil  ish  yo’qligini  aytib  ishga  qabul  qilishdan  bosh  tortdi.  Yodgorova  kasbi  buxgalter  ekanligini  va  bemalol  ishlashi 

mumkinligini  ma’lum  qildi  hamda  ishga  joylashishiga  yordam  berishlarini  so’rab  ishga  joylashtirishga  ko’maklashish  markaziga 

murojaat qildi. 

Ish beruvchining harakatiga huquqiy baho bering. 

- Nizo qanday hal etilishi lozim? 

  

№3. 


O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonuniga ko’ra davlat bandlik siyosati mazmun-

mohiyatini tushuntirib bering. 

  

№ 4. 


Fuqaro  Samig’ov  ishga  joylashishda  yordam  so’rab  mahalla  fuqarolar  yig’iniga  murojaat  qildi.  Mahalla  fuqarolar  yig’ini 

kotibi unga bunday masalalar yuzasidan ijtimoiy ta’minot bo’limiga murojaat qilishini aytdi. 

- Ishga joylashtirish qaysi davlat organi zimmasiga yuklatilgan? 

- Mahalla fuqarolar yig’ini kotibining maslahati to’g’rimi? 

  

№5. 


Fuqaro  Voxidovaga  tayinlangan  ishsizlik  nafaqasini  to’lash  to’xtatib  qo’yilgani  sababli  u  ariza  bilan  murojaat  qildi.  Ishga 

joylashishga  ko’maklashish  markazining  yozma  javobida  Voxidova  35  yoshga  kirmagan  va  uch  yoshga  to’lmagan  farzandlari  yo’q 

bo’lishiga qaramasdan taklif qilingan haq to’lanadigan jamoat ishiga borib ishlashdan bosh tortganligi ko’rsatib o’tildi. 


- Markazning harakati qonun talabiga mos keladimi? 

- Voxidovanning talabi qanday hal etilmog’i lozim? 

  

№6.  


Bandlikka  ko’maklashish  tuman  markazi  yo’llanmasi  bilan  ishga  yuborilgan  fuqaro  Ravshanov  ishga  qabul  qilinmadi  va 

uning nogiron ekanligi hamda korxonada nogironlar uchun mos ish yo’qligi ko’rsatildi. 

- Tuman markazi nogiron fuqarolarni ishga yo’llashga haqlimi? 

- Ravshanovni ishga qabul qilishdan bosh tortishi to’g’rimi? 

- Ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik uchun qanday javobgarliklar belgilangan? 

 

 


Masalalar: 

  

№1-. 



Fuqaro  Salimov  "Fazo”  xususiy  korxonasiga  avtoulov  chilangari  vazifasiga  ishga  qabul  qilinadigan  bo’ldi.  Biroq, 

Salimovning  yozma  mehnat  shartnomasi  tuzish  tariqasidagi  talabi  xususiy  korxona  rahbari  tomonidan  rad  etildi  hamda  xususiy 

korxonalar mehnat shartnomasi tuzilmasligi aytildi. 

-          Salimovning iltimosi asoslimi? 

-          Firma rahbarining javobi qonuniymi? 

-          Mehnat shartnomasini tariflab bering? 

  

№ 2.  


Fuqaro  Azamov  "Biomash"  aktsionerlik  jamiyatiga  konstruktor  vazifasiga  ishga  qabul  qilinadigan  bo’ldi.  Mehnat 

shartnomasi  tuzish  paytida  ish  beruvchi  shartnoma  bir  yil  muddatta  tuzilishini,  bundan  tashqari,  xodim  mehnat  shartnomasini  uzrli 

sababsiz  muddatidan  avval  bekor  qilgudek  bo’lsa,  ish  beruvchiga  eng  kam  oylik  ish  haqining  yuz  barobari  miqdorida  jarima 

to’lashligi lozimligi aytildi. 

- Azamovga nisbatan ish beruvchi tomonidan bunday shartlar qo’yilishida qonun talablari buzilganmi? 

-          Mehnat shartnomasini qo’shimcha shartlari jumlasiga qanday shartlar kiritilishi mumkin? 

-          Mehnat shartnomasida neustoyka qo’llashga oid shartni qo’llash mumkinmi? 

№3. 



"Parvoz" jamoa korxonasi direktori fuqaro Polvonovni ishga qabul qilish paytida oilaviy ahvoli, salomatligi va avvalgi ish 

joyidagi  o’rtacha  oylik  maoshi  haqida  ma’lumotnoma  taqdim  etishni  talab  qildi.  Polvonov  salomatligi  haqida  ma’lumotnoma  talab 

qilish qonunga xilof deb hisoblab, sudga murojaat qildi. 

-          Korxona rahbarining talabi qonuniymi? 

- Ishga kiruvchi shaxsdan qaysi hujjatlar talab etilishi mumkin? 

- Qaysi hollarda ishga qabul qilishdan avval shaxs tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi lozim? 

  

№4. 


Avazovni  ishga  qabul qilish  vaqtida  ish beruvchi u bilan  yozma  mehnat  shartnomasi  tuzish  rad  etildi  va  bu hol  Avazov  6 

oyga, vaqtincha ishga olinayotganligi va mehnat shartnomasi tuzish shart emas, deb hisoblanishi bilan izohlandi. 

-  Vaqtincha ishga qabul qilayotganlar bilan yozma mehnat shartnomasi tuziladimi ? 

-  Mehnat shartnomasining muddati haqida so’zlab bering. 

  


№5. 

“Elektron” davlat korxonasining rahbari fuqaro 3aripov bilan mehnat shartnomasi tuzish paytida 6 oy sinov muddati bilan 

ishga qabul qilishi mumkinligini aytdi. 3aripov dastlabki sinov sharti bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan bosh tortganligi sababli 

ish beruvchi u bilan mehnat shartnomasi tuzishni rad etdi. 

3aripov  ishga  qabul  qilish  g’ayriqonuniy  rad  etilgan  deb  hisoblab,  sudga  murojaat  qildi  va  o’z  arizasida  tuman  mehnat 

bo’limi tomonidan berilgan yo’llanma bilan ishga yuborilganligini ko’rsatdi. 

-         Dastlabki sinovni qo’llash haqidagi ish beruvchining talabi qonuniymi? 

-         Zaripovni ishga qabul qilish rad etilganligi g’ayriqonuniymi? 

-         Dastlabki sinovni qo’llash shartlari va tartibi qanday? 

  

 

 


Masalalar: 

  

№1. 



Avtoservis  rahbarining  og’zaki  ko’rsatmasi  bilan  avtoelektrik  Kamolov  ishga  qo’yildi.  Oylik  maosh  tarqatish  paytida 

Kamolovga  oylik  maosh  yozilmagani  ma’lum  bo’ldi.  Komilov  buxgalteriyaga  murojaat  qilganida  uni  ishga  qabul  qilish  haqida 

buyruq chiqarilmaganligini aytishdi.  

- Kamolov ishga qabul qilingan sanaladimi? 

- Mehnat shartnomasi tuzmasdan vakolatli shaxs tomonidan ishga qo’yilishi mehnat munosabatlari deb hisoblanadimi? 

  

№ 2 



Mehnat shartnomasi tuzish chog’ida ish beruvchi oilaviy axvoli haqida ma’lumotnoma talab qildi. Mahalla fuqarolar yig’ini 

raisi ishga qabul qilish chog’ida bunday hujjat talab qilinishi g’ayriqonuniy ekanini aytib, ma’lumotnoma berishdan bosh tortdi.  

- Ish beruvchining talabi to’g’rimi ? 

- Ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar nimalardan iborat? 

  

  

Masalalar: 



  

№1 


"Olmos" hissadorlik jamiyatiniig bir guruh xodimlari sudga shikoyat qilishib, ish beruvchi ulardan rozilik olmasdan navbatli 

(smenali)  ishlash  jadvalini  joriy  etganligini,  ular  bunday  tartibda  ishlashni  xohlamayotganlari  uchun  ish  beruvchi  ularni  ishdan 

bo’shatmoqchi ekanligini bayon etiladi. 

Sud  majlisida  ish  beruvchi  vakili  korxonaga  berilayotgan  buyurtmalar  hajmi  keskin  ortganligi  tufayli  ana  shunday 

qilinganligini,  bu  haqda  korxona  kasaba  uyushmasi  qo’mitasiga  uch  kun  oldin  xabar  berib  qo’yilganligini  aytib,  qonuniy  harakat 

qilinganligini aytdi. 

-          Nizoni hal qiling. 

-          Mehnat shartlarini va uni o’zgartirilishi haqida so’zlab bering. 

-          Ish beruvchining harakati qonuniymi? 

  

№2. 



Ishlab  chiqarishda  jarohat  olgan  payvandchi  Olimov  o’ziga  yengilroq  ish  berilishini  so’radi.  Ammo  ish  beruvchi  uning 

iltimosini rad etdi hamda unga mos ish yo’q ekanligini, xohlamasa ishdan bo’shab ketishi mumkinligini aytdi. 

Olimov mehnat nizosini ko’ruvchi organga shikoyat bilan murojaat qildi. 


-          Nizoni hal eting. 

-          Qaysi hollarda ish beruvchi xodimning mehnat shartlarini o’zgartirish to’g’risidagi talabini qondirishi shart? 

-          Olimovning talabi qonuniymi? 

  

№3 



Korxona hisobchisi Salimova mehnat ta’tilida bo’lgan vaqtda boshqa ishga o’tkazilgani tufayli ta’tildan keyin unga avvalgi 

ishiga tushishga ruhsat etilmadi va unga tabelchilik vazifasida ishlash taklif etildi. 

Salimova bundan norozi bo’lib Mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat qildi. 

- Komissiya qanday qaror chiqarishi lozim? 

- Ta’til chog’ida xodimlarga qanday kafolatlar beriladi? 

- Ish beruvchining harakatiga baho bering. 

  

№4 


Korxona chilangari Malishev ish beruvchining boshqa brigadaga o’tib ishlashi haqida talabini rad etdi va ish beruvchi uning 

roziligisiz  boshqa  ishga  o’tkazishga  haqi  yo’qligini  aytdi.  Ish  beruvchi  vakili  nizo  ko’rilayotgan  chog’da  Malishevning  mehnat 

majburiyatlari hajmi o’zgarmagan holda boshqa ish joyiga o’tib ishlash taklif qilinganligini ko’rsatdi. 

- Nizo qanday hal etilishi kerak? 

- Malishevning harakati to’g’rimi? 

  

№5 



Ish beruvchi mehnat shartlari o’zgartirilishi haqida xodimlarni 10 kun avval tilhat orqali yozma ravishda ogohlantirdi. 

Korxona muxandisi Yangiev oradan 50 kun o’tgach yangi shartlar asosida ishlashni istamasligini bildirdi.  

- Ish beruvchi qanday chora ko’rishi lozim? 

- Yangiev tomonidan qonun talablari buzilganmi? 

- Nizo qanday hal qilinadi ? 

- Mehnat shartlari o’zgarganida qonun xodimlarga qanday kafolatlar beradi? 



  

  

  

Masalalar: 

  

№1. 


Navoiy  paxta  tozalash  zavodining  muxandisi  Dadaxo’jaev  korxona  rahbari  nomiga  ishdan  bo’shash  haqida  ariza  bilan 

murojaat qildi.  

Tomonlarning  kelishuviga  binoan  Dadaxo’jaev  ikki  hafta  ish  bermasdan  ariza  berilgan  kunning  ertasigayoq  ishdan 

bo’shatiladigan  bo’ldi  va  korxona  pahbapi  Dadaxo’jaevning  ishdan  bo’shatish  haqidagi  arizaga  shu  haqidagi  farmoyishni  yozib 

qo’ydi. Ammo Dadaxo’jaev foydalanish uchun olgan maxsus kiyim va asboblarni topshirmagani uchun u bilan mehnat shartnomasi 

bekor  qilinmadi.  Olingan  mol-mulklar  evaziga  ikki  oy  ishlab  berishi  lozimligi  aytildi.  Dadaxo’jaev  bundan  norozi  bo’lib  sudga 

murojaat etdi. 

- Ish beruvchining harakati asoslimi? 

- Nizo kanday hal etilishi lozim? 

  

№2 



Aviatsiya institutining dotsenti Odilova tanlovda qatnashishdan bosh tortganligi tufayli ishdan bo’shatildi. Odilova bundan 

norozi  bo’lib  sudga  murojaat  qildi  va  o’z  arizasida  tanlov  o’tkazilayotganligidan  bexabar  bo’lganligini,  shuningdek  uning  o’z 

lavozimiga saylanganiga hali 7 yil bo’lmaganligini, yaьni vakolat muddati tugamaganligi, buning ustiga 2 yoshga to’lmagan farzandi 

borligini bayon etib, o’z lavozimiga qayta tiklashlikni so’ragan. 

-          Tanlovni o’tkazish tartibi qanday, tanlov natijalariga ko’pa ishdan bo’shatish tartibi qanday? 

-         Odilovaning e’tirozlari o’rinlimi? 

-         Mazkur holatda ish beruvchi konkurs o’tkazish tartibini buzganmi? 

  

№3 



Tuman  xokimligi  mahkamasida  kotiba  bo’lib  ishlovchi  Narzieva  xomiladorlik  ta’tiliga  ketish  arafasida  xokim  huzuriga 

chaqirilib, dekret ta’tili tamom bo’lgach o’z xohishi bilan ishdan bo’shash haqida ariza berilishi talab qilindi. Narzieva bunga e’tiroz 

bildirib, ishdan ketish niyati yo’qligini aytdi.  

- Nizo qanday hal etilishi lozim? 

- Hokimning talabi qonuniymi? 

  

№4. 



Korxona  haydovchisi  Numonov  o’z  xohishi  bilan  ishdan  bo’shash  haqida  ariza  berdi.  Korxona  rahbari  u  bilan  tuzilgan 

muddatli mehnat shartnomasi muddati tamom bo’lmaganini aytib, arizani qanoatlantirmadi. 

- Nizo qanday hal etilishi kerak? 

- Ish beruvchi e’tirozi o’rinlimi ? 

  


  

№ 5 


Ish  beruvchi  kasb-hunar  kolleji  o’qituvchisi  Yodgorovni  malakasi  yetarli  bo’lmaganligi  tufayli  egallab  turgan  vazifasiga 

noloyiqligi sababli ishdan bo’shatdi. 

Yodgorov  bundan  norozi  bo’lib,  attestatsiya  komissiyasi  majlisiga  uzrli  sabab  bilan  qatnasha  olmaganini,  lekin  shunga 

qaramasdan uni attestatsiyadan o’tmagan hisoblashganini, bundan tashqari, attestatsiya komissiyasi qarori chiqarilganiga besh oydan 

ko’p vaqt o’tganini ko’rsatdi. 

- Attestatsiyadan o’tmaganlik tufayli ishdan bo’shatish tartibini tushuntirib bering. 

- Yodgorov ishdan to’g’ri bo’shatilganmi? 

  

  

  

Masalalar: 

  

№1 



Mehnat shartnomasini xodim tashabbusiga ko’ra bekor qilish tartibini tushuntirib bering. 

  

№2 



Mehnat  shartnomasini  bekor  qilishda  qonuniylikni  ta’minlash  masalalariga  bag’ishlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

sudi Plenumi qarori va uning asosiy mazmuni nimalardan iborat? 

  

№3 


Ahloq tuzatish jazo muddatini o’tayotgan mahkum xodim Maxmudov ish beruvchiga ishdan bo’shatishni so’rab ariza berdi. 

Ish beruvchi uning bu haqdagi arizasini rad etdi va ishdan bo’shatishga haqli emasligini aytdi. 

Maxmudov esa ish joyi va ish turini tanlash erkinligi buzilayotganini ko’rsatib sudga murojaat qildi. 

- Nizo qanday hal etiladi ? 

- Ish beruvchining javobi qonuniymi ? 

  

№4. 



Korxona  bog’boni  Sagatov  sudga  murojaat  qilib,  ishdan  bo’shash  haqida  ariza  berganiga  bir  yarim  oy  bo’lganiga 

qaramasdan mehnat daftarchasi berilmayotganini, ishni to’xtatganiga o’n kun bo’lganini ko’rsatib, ishdan bo’shatish nafaqasi undirib 

berilishini so’radi. 


- Sagatovning talabi qonuniymi ? 

- Mazkur holatda qanday qonunbuzarlikni kuzatish mumkin? 

  

№5. 


Xodim  sudga  murojaat  qilib,  muddatli  mehnat  shartnomasini  muddatidan  avval  o’z  xohishi  bilan  bekor  qilgani  uchun  ish 

beruvchi undan 240 ming so’m neustoyka ushlab qolganini, vaholanki mehnat shartnomasida bu haqda ko’rsatilmaganini aytdi. 

Sudga chaqirilgan ish beruvchi vakili da’voni tan olmasdan, to’g’ri qaror qabul qilinganini, chunki Mehnat kodeksiga ko’ra 

xodim  muddatli  mehnat  shartnomasini  muddatidan  avval  uzrli  sababsiz  bekor  qilganida  neustoyka  undirilishi  nazarda  tutilganini 

aytdi. 

- Nizo qanday hal etiladi? 



- Ish beruvchi vakilining e’tirozi o’rinlimi? 

  

  



  

  

  



  




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling