Himoya qilishlikni so’radi


Download 249.24 Kb.
Pdf просмотр
bet2/4
Sana08.06.2018
Hajmi249.24 Kb.
1   2   3   4
    Навигация по данной странице:
  • Masalalar

Masalalar: 

  

№1.  



Korxona iqtisod bo’limining 1-toifali  muxandisi Yaxshiboeva  sudga  murojaat qilib, malakasi  yetarli bo’lmaganligi tufayli 

ishdan  bo’shatilganligi,  bunda  korxona  rahbariyati  tomonidan  uning  malakasi  yetarli  emasligi  isbotlab  berilmaganligi,  attestatsiya 

komissiyasi  tarkibida  uning  ixtisosiga  taalluqli  mutaxassislar  bo’lmaganligi,  komissiyaning  ishi  tugagach,  ishdan  bo’shatilganligini 

aytdi.  Yaxshiboeva  shuningdek,  yangi  tug’ilgan  chaqaloqni  farzandlikka  olganligi  va  moddiy  jihatdan  qiynalayotganligini  ham 

ko’rsatib o’tdi. 

- Mehnat shartnomasini bekor qilish paytida qonun talablari buzilganmi? 

- Yaxshiboevaning e’tirozlari o’rinlimi? 

-  Xodim  egallab  turgan  vazifasiga  noloyiq  bo’lib  qolgani  tufayli  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  tartibini  tushuntirib 

bering? 

  

№2. 



Tuman xalq ta’limi bo’limida kotiba bo’lib ishlagan SHakarova sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, o’zining lavozim 

qisqarishi tufayli noto’g’ri ishdan bo’shatilganligini, unga MKning 103-moddasida belgilangan kafolat berilmaganligi (qaramog’ida 4 



nafar bolasi borligi)ni bayon etadi. Uning fikricha ish beruvchi 3 oy avvval ogohlantirishi hamda 2 oylik ish haqi miqdorida nafaqa 

to’lashi lozim edi. 

Ish beruvchi vakili sudda SHakarova o’z vazifasini uddalay olmay qolgani va uning o’rniga boshqa kompyuter texnikasini 

yaxshi biladigan xodim ishga qabul qilinganini ko’rsatdi. 

- SHakarova ishdan to’g’ri bo’shatilganmi, uning talablari o’rinlimi? 

- Ish beruvchining harakatlari to’g’rimi? 

- Ishga tiklash haqida da’vo arizasining loyihasini tayyorlang. 

  

№3 



SHtatlar (xodimlar soni va ish hajmi) qisqarishi tufayli ishdan bo’shatish tartibini tushuntirib bering. 

  

№4. 



Salomatligi  ahvoliga  ko’ra  egallab  turgan  vazifasigsha  nolyiq  bo’lgani  sababli  ishdan  bo’shatilgan  raqs  ansamblining 

raqqosasi To’ychiboeva sudga murojaat qilib, ish beruvchi ishdan bo’shatishdan avval unga boshqa ish taklif qilmaganini, vaholanki 

boshqa bo’sh ish o’rinlari borligini ko’rsatdi. Bundan tashqari u ikki yoshga to’lmagan farzandi borligini ham aytdi. 

- Ish beruvchi tomonidan qonun talablari buzilishiga yo’l qo’yilganmi? 

- To’ychiboevaning talabi asoslimi? 

- Nizo qanday qal etilishi lozim? 

  

№5. 


Koxonada  o’rindoshlik  bo’yicha  ishlovchi  A’zamova  sudga  shikoyat  qilib,  ishdan  hech  bir  asossiz  bo’shatilganini,  ishdan 

bo’shatish nafaqasi to’lanmaganini va kasaba uyushmasi bilan kelishib olinmaganligi ko’rsatdi va o’z ishiga tiklashlikni talab qildi. 

Ish  beruvchi  vakili  sudda  qatnashib,  A’zamovaning  o’rniga  to’liq  stavkaga  boshqa  xodim  ishga  qabul  qilinganligini 

ko’rsatib o’tdi. 

- A’zamovaning talabi o’rinlimi?  

- Ish beruvchi qonunni buzganmi? 

- Nizo qanday hal etiladi? 

  

  



  

 

 


 

Masalalar 

  

№ 1 



Yangiyul konditer fabrikasida operator bo’lib ishlagan Fayziev uning o’rnida avval ishlagan xodim sud qaroriga binoan o’z 

vazifasiga tiklanganligi tufayli ishdan bo’shatildi. Fayziev bundan norozi bo’lib, ishga tiklashlarini so’rab sudga murojaat qildi va o’z 

da’vo  arizasida  bo’sh  ish  joylari  bo’la  turib,  uni  boshqa  ishga  o’tib  ishlashni  taklif  etmaganlari,  ikki  oy  avval  yozma 

ogohlantirilmaganligi  va  ishdan  bo’shatish  nafaqasi  to’lanmaganligi,  ikki  yoshga  to’lmagan  bolasi  borligi  sababli  ish  beruvchi  uni 

ishdan bo’shatishga haqli ekanligini ko’rsatdi. 

-          Fayzievni ishdan bo’shatishda qonun talablari buzilganmi? 

-          Fayzievning e’tirozlari o’rinlimi? 

-          Sud qanday qaror qabul qilishi lozim? 

  

№ 2 


Zangiota  go’sht  kombinati  ishchisi  Jalolov  korxonada  o’g’irlik  sodir  etilgani  uchun  jinoiy  javobgarlikka  tortildi.  Bundan 

xabar topgan korxona rahbariyati Jalolovni MKning 106-modda 3-bandiga ko’ra ishdan bo’shatdi. 

Keyinchalik ish sudda ko’rilib, Jalolovga nisbatan jarima jazosi ko’llanildi. 

Jalolov ishdan noto’g’ri bo’shatilganligini aytib sudga murojaat qildi va o’z ishiga tiklanishini so’radi. 

-     Jalolovni ishdan bo’shatish qonuniymi? 

-     Sud qukmi qaysi hollarda ishdan bo’shatilishiga asos bo’lishi mumkin? 

- Nizo qanday hal etilishi qonuniy bo’ladi? 

  

№ 3 



Avval  pora  olganligi  uchun  sudlangan  va  muayyan  huquqdan  marhum  etilgan  Ergashev  ombor  mudiri  lavozimiga  qabul 

qilinganligi  ma’lum  bo’ldi.  Ergashev  prokuror  taqdimnomasi  asosida  ishdan  bo’shatib  yuborildi.  Ergashev  bundan  norozi  bo’lib, 

sudga  murojaat  qildi  va  o’z  arizasida  jazoni  o’tab  chiqqaniga  5  yil  bo’lganligi,  shuningdek  muayyan  huquqdan  marhum  qilish 

jazosining muddati ham allaqachon o’tib ketganligini ko’rsatdi hamda ishga tiklashni so’radi. 

-         Ishga qabul qilish qoidalarini buzish nima degani? 

-         Ergashevni ishdan bo’shatish asoslimi? 

-         Ergashevning da’vosi qanday hal etilishi kerak? 

 

 


Masalalar: 

  

№1.  



Xodim ishdan bo’shatilayotganida unga beriladigan kafolatlarni sanab bering. 

  

№2. 



Korxona  masteri  Ivanov  mehnat  vazifasini  bir  marta  qo’pol  buzgani  uchun  ishdan  bo’shatildi.  Ammo,  uning  mehnat 

daftarchasi o’z vaqtida berilmadi va bunga sabab qilib korxonada mehnat daftarchasi blankasi yo’qligi ko’rsatildi. 

- Ish beruvchining harakati qonuniymi? 

- Ivanovning huquqlari buzilganmi? 

- Ishdan bo’shatilgan xodim bilan hisob-kitob qilish va mehnat daftarchasini berish muddati qanday? 

  

№3 



Korxonada shtat qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan operator SHamshiboev ishga tiklashlarini so’rab sudga murojaat qildi. 

Navbatchi sud’ya xodim ishdan bo’shatilganiga ikki yarim oy o’tganini aytib, da’vo arizasini olishdan bosh tortdi. 

- Sud’yaning qarori qonuniymi? 

- Ishga tiklash haqidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish muddati qanday belgilangan? 

- SHamshiboevni talabi o’rinlimi? 

  

№4. 



Mehnat  intizomini  muntazam  buzgani  uchun  ishdan  bo’shatilgan  Nurislomov  sudga  murojaat  qilib,  ishga  tiklashni  va  10 

mln. so’m ma’naviy zarar uchun tovon undirib berishni talab qildi. 

- Ma’naviy zarar uchun undiriladigan tovon pulining eng kam va eng ko’p miqdori belgilanganmi? 

- Da’vo talabi qanoatlantirilishi kerakmi? 

Ma’naviy zarar tushunchasini tariflab bering. 

  


Masalalar: 

  

№1 



Xususiy korxona xodimi Askarova ikki yarim yoshli bolasi borligi sababli unga haftasiga 35 soatlik ish vaqti belgilanishini 

talab qilgan. Ish beruvchi uning talabini inobatga olmagan. 

- Askarovaning talabi qonuniymi? 

- Ish beruvchining harakati to’g’rimi? 

-  O’zbekiston  Respublikasinig  1999  yil  14  apreldagi  "Xotin  qizlarga  qo’shimcha  imtiyozlar  to’g’risida"gi  qonunni 

tushuntirib bering. 

  

  

  



№2. 

Korxonaga  hom  ashyo  o’z  vaqtida  yetib  kelmaganligi  sababli  ish  beruvchi  bir  gurux,  xodimlarning  ish  vaqtini  4  soatga 

qadar qisqartirib, ular oylik maoshlarini ham shunga muvofiq kamaytirgan va bunday harakat MKning 89-moddasiga binoan amalga 

oshirilganligini e’lon qilgan. 

- Ish beruvchining xarakati to’g’rimi?  

- Asoslarini ko’rsating. 

  

№3. 


"Ziyokor"  xissadorlik  jamiyatida  hisobchi  bo’lib  ishlayotgan  2-guruh  nogironi  Aliev  5  kunlik  ish  haftasida  ish  haqi 

kamaytirilmagan holda 6 soatlik ish kuni belgilanishi lozimligini talab qildi. 

Ish  beruvchi  uning  talablarini  rad  etib,  qonunda  2-guruh nogironlari  uchun  ish  vaqtini  qisqartirish  ko’zda  tutilmaganligini 

aytdi. Xodim nizoni hal etishni so’rab, mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qildi. 

-         Xodimni talabi qonuniymi? 

-         Ish beruvchining javobi asoslimi? 

  

№ 4. 


Qisqartirilgan ish vaqti qaysi hollarda belgilanishini so’zlab bering. 

Noqulay  mehnat  sharoitlaridagi  ishlarda  band  bo’lgan  xodimlar  va  alohida  tusga  ega  bo’lgan  ishlardagi  xodimlar  uchun 

qisqartirilgani ish vaqti belgilash tartibi qanday? 

  


№5 

Voyaga yetmagan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti normalarini aytib bering. 

  

  

  



  

Masalalar: 

  

№ 1. 



Xodimlarning dam olish vaqtiga doir mehnat qonun hujjatlari normalarini daftaringizga yozib chiqing. 

  

№ 2 



Bir yoshli egizak farzandi bo’lgan laborant Isoqova kasb-qunar kolleji rahbariyatiga murojaat qildi va kundalik ish vaqtini 

uch soatga qisqartirishni talab qildi va o’z talabini farzandlari borligi bilan izohladi. Ish beruvchi hozir buning imkoni yo’qligini, bir 

qism xodimlar qishloq xo’jalik ishlariga yuborilganini aytib xodim talabini rad etadi. 

- Isoqovaning talabi qonunga asoslanganmi? 

- Ish beruvchining vaji o’rinlimi? 

- Yosh bolali ayollarga qonun ish kuni davomida qo’shimcha bo’sh vaqt berishni nazarda tutadimi? 

  

№ 3 


Kichik korxona rahbarining buyrug’i bilan barcha xodimlar uchun yakshanba ish kuni deb e’lon qilindi. Korxona laboranti 

Jo’raeva dam olish kuni ishga chiqmaganligi sababli intizomiy jazoga tortildi. 

Jo’raeva  bundan  norozi  bo’lib  mehnat  nizolari  komissiyasiga  shikoyat  qildi,  u  o’z  shikoyatida  ikki  yoshga  to’lmagan 

farzandi borligi hamda 80 yoshdan oshgan onasiga qarab turganligi sababli ishga chiqa olmaganini ko’rsatdi. 

- Jo’raevaning vajlari o’rinlimi? 

- Dam olish kunlari ishga jalb etish tartibi qanaqa va bunda kimlarga qo’shimcha kafolatlar berilgan? 

- Jo’raevaning nizosi qanday hal etiladi. 

  

№. 4 



Korxona rahbarining buyrug’i bilan Safarov va Xoshimovlarning mehnat ta’tili keyingi yilga ko’chirildi. Ular bundan norozi 

bo’lib ta’tilni ko’chirilishiga qarshi ekanliklarini bildirdilar. 



- Ish beruvchining harakati to’g’rimi?  

- Safarov va Xoshimovlar e’tirozi o’rinlimi? 

  

№ 5 


Mamatov korxona rahbariga  murojaat qilib, oilaviy sabablarga ko’ra o’n kunlik ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishni 

so’radi. Uning iltimosi rad etildi. Mamatov shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va unda o’zining urush qatnashchisi ekanligi va II-

guruh nogironi ekanligini ko’rsatib ish beruvchi qarori noto’g’ri ekanligini aytdi. 

- Xodimlarga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish tartibi qanday? 

- Ish beruvchining harakati qonuniymi? 

- Mamatovning nizosi qanday hal qilinadi? 

  

Masalalar: 

  

№ 1. 


CHilangar Rixsiev 1999 yil avgust oyi uchun 1450 so’m ish haqi yozilganidan norozi bo’lib, 1 avgustdan boshlab eng kam 

oylik ish haqi 1750 so’mdan kam bo’lishi mumkin emasligini ko’rsatgan holda farqni to’lashni talab qildi. 

Ish beruvchi bunday talabga e’tiroz bildirib, Rixsiev avgust oyida bor-yo’g’i 5 ish kuni ishlaganligi, ish haqi uning ishlagan 

vaqtiga mutanosib tarzda to’langanligini bayon etdi. 

-         Xodimning talabi qonuniymi? 

-         Nizoni hal etib, javobni qonun hujjatlari bilan asoslang. 

№ 2. 

“Taraqqiyot”  ijara  korxonasi  rahbariyatining  1999  yil  20  sentyabrdagi  buyrug’iga  ko’ra  sozlash-ishga  tushirish  bo’limi 



xodimlariga ishbay haq to’lash tizimi o’rniga vaktbay haq to’lash tizimi joriy etilishini belgilandi. 

Bundan norozi bo’lgan muxandis Turobov ish haqi tizimi o’zgartirilishi haqida ish beruvchi xodimlarni kamida bir yil oldin 

ogohlantirish lozimligi, bundan tashqari faqat xodim rozi bo’lsagina ish haqi to’lash shartlari o’zgartirilishi mumkinligini aytdi. 

-         Turobovning talabi o’rinlimi? 

-         Mehnatga haq to’lash shartlarini o’zgartirish tartibi qanday? 

-         Nizo qanday hal etiladi? 

  

№ 4 


Ish haqi tushunchasi va ish haqi to’lash yuzasidan belgilangan kafolatlar haqida so’zlab bering. 

  

№ 5 


Ish haqidan ulab qolishni cheklash yuzasidan mehnat qonunchiligida qanday qoida va kafolatlar belgilangan? 

  

  



  

  

  



  

Masalalar: 

№1. 


"Kompressor"  zavodining  payvandchisi  Sobirov  5  kun  davomida  tergovda  gumondor  sifatida  ishtirok  etganligi  xususida 

chaqiriq qog’ozini takdim etdi. Ish beruvchi chaqiriq qog’ozida ko’rsatilgan kunlar uchun ish haqi to’lashdan bosh tortdi va Sobirov 

besh  kun  davomida  ishga  chiqmaganligi  uchun  uni  mehnat  vazifalarini  qo’pol  tarzda  bajarmaganlikda  ayblab  ishdan  bo’shatishga 

qaror qildi. Sobirov sudga murojaat qildi. 

-         Sobirovning ishga chiqmagan kunlari uchun haq to’lanishi lozimmi? 

-         Ish beruvchining qarori to’g’rimi? 

-         Nizo qanday hal etilishi kerak? 

  

№2. 



“Koinot” xususiy korxonasnning yuk tashuvchisi G’ofurov bir hafta davomida ishga chiqmagani va ikki kun davomida qon 

topshirganligi  haqida  tibbiy  ma’lumotnoma  taqdim  qildi  va  shu  asosida  ishga  chiqmagan  kunlari  uchun  haq  to’lashni  talab  qildi. 

Korxona rahbari unga haq to’lashdan bosh tortdi va xususiy  korxona uchun kafolatli to’lov to’lash majburiy  emasligi, bu masalani 

o’z xohishiga ko’ra hal qilishi mumkinligini ta’kidladi. 

G’ofurov bundan norozi bo’lib sudga murojaat qildi. 

-          G’ofurovning bir hafta ishda bo’lmagan vaqti uchun ish xaqi saqlanadimi? 

-         Ish beruvchining fikri to’g’rimi? 

№3. 


Tuman  tayyorlov  idorasining  tayyorlovchisi  qishloq  xo’jaligi  maqsulotlari  harid  qilish  uchun  tuman  markazidan  10  km. 

uzoqda  joylashgan  fermer  xo’jaligiga  yuborildi.  Vazifa  bajarib  bo’lingach,  ish  beruvchi  xodimga  xizmat  safari  harajatlarini 

qoplashdan  bosh  tortdi  va  buni  xodim  har  kuni  doimiy  yashash  joyiga  qatnash  imkoniyatiga  egaligi  bilan  izohladi.  Xodim  bundan 

norozi bo’lib, sudga murojaat qildi. 

- Xizmat safari harajatlarini qoplash haqida nimalarni bilasiz? 


- Nizo qanday hal etilmog’i lozim? 

  

№4. 



Xizmat safari chog’ida qaysi turdagi harajatlar va qancha miqdorda qoplanishi ko’zda tutilgan? 

  

№ 5 



Korxonani  moliyaviy  tekshirish  chog’ida  ish  beruvchi  korxona  ekspeditori  Voxidov  bilan  unga  tegishli  “Jiguli”  markali 

furgon  avtomashinasidan  korxona  ehtiyojlari  uchun  fodalanish  haqda  yozma  shartnoma  tuzgani  va  shartnomaga  ko’ra  korxona 

Voxidovga yoqilg’i-moylash materiallari va ta’miri uchun harajatlarni qoplash bilan birga har oyida eng kam ish haqining 10 barobari 

miqdorida haq to’laganligi ma’lum bo’ldi.  

Tekshiruvchilar  bunday  shart  amaldagi  qonun  talablariga  zid  keladi  deb  hisoblab,  to’langan  summa  korxona  foydasiga 

undirilishi lozimligini aytdilar. 

- Tekshiruvchilarning xulosasi to’g’rimi? 

- Yengil avtomobillardan korxona extiyoji uchun foydalanilganida harajatlarni qoplash normalari kim tomonidan va qachon 

belgilanadi? 

  

  



Masalalar: 

  

№1. 



Kichik  tibbiy  xamshira  Soatova,  unga  bayram  munosabati  bilan  ish  beruvchi  mukofot  bermaganligini  aytib,  xodimlar 

vakillik organiga murojaat etdi. 

Nizoni ko’rib chiqish paytida Soatovaga nisbatan 4 oy avval hayfsan intizomiy jazosi qo’llanilgani ma’lum bo’ldi. 

-         Soatovani talabi qonuniymi?  

-         Kimlar mukofotdan marhum etilishi mumkin? 

  

№ 2. 



Mehnat intizomi tushunchasi va uni mustahkamlashning huquqiy usullari haqida so’zlab bering.  

-         Xodimlarni rag’batlantirish tartibi qanday? 

-         Rag’batlantirishning qanday turlari mavjud? 

  

№3 



Maktab  muallimi  G’iyosova  dars  jadvalida  nazarda  tutilgan  o’quv  mashg’ulotiga  kelmagani  sababli  unga  o’rtacha  ish 

haqining 50 foizi miqlorida jarima qo’llanildi. 

G’iyosova  mehnat  nizolari  komissiyasiga  shikoyat  bilan  murojaat  qilib,  intizomiy  jazo  qo’llash  haqida  ish  beruvchi  uni 

ogohlantirmaganligi,  darsga  kelmaslik  sabablarini  so’ramaganini,  vaholanki  yosh  bolasi  og’ir  kasal  bo’lib  qolgani  sababli  kech 

qolganini aytdi. 

- Ish beruvchi tomonidan intizomiy jazo to’g’ri qo’llanilganmi? 

- Intizomiy jazo qo’llash tartibi va muddatlari qanday belgilangan? 

  

№ 4 



Korxona  iqtisodchisi  Temirov  progul  qilganligi  sababli  intizomiy  jazo  sifatida  uni  statist  vazifasiga  uch  oy  muddatga 

o’tkazish haqida buyruq chiqarildi. 

Temirov bundan norozi bo’lib lavozimini pasaytirishga ish beruvchi haqli emasligini ma’lum qildi. 

- Intizomiy jazo qo’llash chog’ida qonun talablari buzilganmi? 

- Temirovning e’tirozi o’rinlimi? 

  

№ 5 



Maishiy  xizmat  uyining  sartaroshi  Ashrafov  ish  beruvchiga  murojaat  qilib,  o’ziga  nisbatan  5  oy  avval  berilgan  intizomiy 

jazoni olib tashlashni iltimos qildi. 

Korxona rahbari uning iltimosini rad etdi va intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlanishi uchun kamida 6 oy o’tgan 

bo’lishi lozimligini aytdi. 

- Ish beruvchining vaji o’rinlimi? 

- Intizomiy jazoni muddatidan avval olib tashlash muddati va tartibi qanday? 

- Intizomiy jazo qo’llash oqibatlarini so’zlab bering. 

  

  



  

Masalalar: 

  

№ 1 



Mehnat munosabatlarida moddiy javobgarlik tushunchasi, vazifasi va mohiyati to’g’risida so’zlab bering. 

  


№ 2 

Korxona  buxgalteri  Muxtorov  hisobotlarni  davlat  soliq  idorasiga  taqdim  etish  chog’ida  yo’l  qo’ygan  kamchiligi  tufayli 

korxonaga nisbatan 3 mln so’m miqdorida moliyaviy sanktsiya qo’llanildi. 

Ish  beruvchi  zarar  yetkazilishida  buxgalter  aybdorligi  tufayli  to’langan  summani  undan  undirib  olishga  qaror  qildi. 

Buxgalter bundan norozi bo’lib sudga shikoyat qildi. 

- Ish beruvchining qarori qonuniymi? 

- Xodimlarning cheklangan moddiy javobgarligi tushunchasi mohiyatini ochib bering. 

  

№ 3 



Mehnat munosabatlaridagi moddiy javobgarlikdan fuqarolik huquqidagi mulkiy javobgarlikning o’zaro farqlarini tavsiflang. 

  

№ 4. 



Xususiy savdo korxonasi do’kon sotuvchisi Omonov tomonidan tovar-mahsulotlarning nobud bo’lishi tufayli yetkazilgan 13 

mln. so’mlik moddiy zararni undirib berilishini so’rab sudga murojaat qildi. 

Sudda  ishni  ko’rib  chiqish  chog’ida  ish  beruvchi  bilan  Omonov  o’rtasida  moddiy  javobgarlik  to’g’risida  shartnoma 

tuzilmaganligi, tovar-moddiy boyliklarning nobud bo’lishiga ish beruvchi tomonidan zararni bartaraf qilish choralari ko’rilmaganligi 

(muzlatgich  ishdan  chiqqan  va  bu  haqda  o’z  vaqtida  ish  beruvchiga  xabar  berilgan  bo’lishiga  qaramasdan  uni  tuzatish  chorasini 

ko’rmagan) ma’lum bo’ldi. 

- To’liq moddiy javobgarlik haqidagi yozma shartnoma bo’yicha moddiy javobgarlik hususiyatlari haqida so’zlab bering. 

- Ish beruvchining talabi qondirilishi kerakmi? 

  

№ 5 


Xodim Mirzaolimovning aybi bilan yetkazilgan moddiy zararni (bir oylik o’rtacha oylik ish haqidan oshmaydigan) undirish 

haqida ish beruvchi buyruq chiqardi. 

Mirzaolimov bundan norozi bo’lib sudga murojaat qildi va o’z arizasida zarar yetkazilganiga uch oydan ortiq vaqt o’tganini, 

bundan tashqari zarar yetishida ish beruvchi ham aybli ekanini ko’rsatdi. 

- Ish beruvchining buyrug’i qonuniymi? 

- Nizo qanday hal etilishi lozim? 

  

  

  



Masalalar: 

  

№ 1 


Ish  beruvchining  xodim  oldidagi  moddiy  javobgarligi  tushunchasi  va  mazmunini  so’zlab  bering.  Ish  beruvchi  aybi  bilan 

zarar yetkazish ob’ektlarini sanab ko’rsating hamda ularni tavsiflang. 

  

№ 2 


Ish  beruvchi  tashabbusi  bilan  malakasi  yetarli  bo’lmagani  tufayli  ishdan  bo’shatilgan  Kamolov  sudga  murojaat  qildi  va 

uning da’vo talabi qanoatlantirilishini, 3 mln. so’m ma’naviy zarar uchun tovon undirilishini talab qildi. 

Ma’naviy  zarar  uchun  moddiy  kompensatsiya  miqdori  qanday  belgilanishi,  uning  eng  kam  va  eng  ko’p  miqdori 

belgilangan-belgilanmaganligini tushuntirib bering. 

  

  

  



  

№ 3 


Korxona  mexanigi  SHodmonov  ishga  borayotgan  vaqtda  yo’l-transport  hodisasi  tufayli  jarohat  oldi  va  2-guruh  nogironi 

bo’lib qoldi. 

SHodmonov  sudga  murojaat  qilib,  yo’l  hodisasi  tufayli  o’ziga  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zararni  ish  beruvchidan 

undirib berilishini talab qildi. 

Sudda qatnashgan ish beruvchi vakili SHodmonov sog’ligiga zarar yetishida korxona aybdor emasligini ko’rsatdi. 

- SHodmonovni talabi ish beruvchi hisobidan qoplanishi kerakmi? 

- Xodim sog’ligiga zarar yetkazilganida zararni qoplash tartibi qaysi maxsus normativ hujjat bilan tartibga solinadi? 

  

№4 



Qurilish korxonasi kranchisi Latipov kran minorasidan yiqilib tan jarohati oldi va jiddiy moddiy zarar ko’rdi. 

Ish  beruvchi  yuz  bergan  baxtsiz  hodisani  tekshirishdan  bosh  tortdi  va  voqea  yuz  berishiga  jabrlanuvchining  qo’pol 

ehtiyotsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etmagani sabab bo’ldi, deb izohladi. 

- Ish beruvchining xatti-harakati to’g’rimi? 

- Jabrlanuvchining qo’pol extiyotsizligi ish beruvchini moddiy javobgarlikdan ozod etadimi ? 

  

№ 5 



Fuqaro  Zokirova  sudga  murojaat  qilib,  1993  yilda  yuz  bergan  ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisa  tufayli  tan  jarohati 

olganini, uning asoratlari tufayli mehnat qobiliyati jiddiy pasayganini va bu holat Tibbiy mehnat ekspert komissiyasining 2010 yil 23 

martdagi  xulosasi  bilan  tasdiqlanganini  aytib,  o’ziga  yetkazilgan  zararni  ish  beruvchi  –  Toshkent  shahar  yo’lovchi  transporti 

korxonasidan undirib berilishini so’radi. 

Navbatchi sud’ya oradan 17 yil o’tib ketgani va da’vo muddati o’tkazib yuborilganini aytib da’vo arizasini qabul qilishdan 

bosh tortdi. 

- Zokirovaning talabi qondirilishi kerakmi? 

- Sud’yaning hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish haqidagi qarori asoslimi? 

- Hayotga va sog’liqqa zarar yetkazilganida muddatlar qo’llaniladimi? 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling