Himoyaga ruxsat beriladi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar
- III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar
- II-BOB: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA UNING HOZIRGI
- 2.1 O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili.
- Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 1-diagramma
- Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishi 2-diagramma Manba: www.stat.uz
- 2013-yil kapital investitsiyalar tarkibi 3-diagramma
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasiga (R.S.Azimov) xorijiy
investorlarning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan past likvidli ob‘ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo‘yicha sotish huquqi berildi. 5. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi. 6. Xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
28
II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar:
investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi: 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga; 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga; 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga. Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo‘lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi. Mazkur korxonalar, agar ushbu tovarlarni o‘zining ishlab chiqarishi ulushi xo‘jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortiqni tashkil etsa, xalq iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi.
xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to‘lashdan ozod qilingan: - geologiya-razvedka ishlarini o‘tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg‘armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni; 29
- qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog‘ida bojxona to‘lovlarini.
xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo‘shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk; - chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk; - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa; - O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
30
2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo‘llash huquqiga egadir.
investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga
aylantirilmaydi.Chet el
investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno. 5. Chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.
Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi.
el
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan 31
mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgan: - o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin; - xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo‘lgan hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o‘z mahsulotini oldindan haq to‘lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin; - chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin; - o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin; - korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin.
32
II-BOB: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA UNING HOZIRGI HOLATINING TAHLILI. 33
2.1 O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili. Bu rejada men asosan 2012-2013 yillarda mamlakatimizda olib borilgan investitsiya faoliyati va uning tahlillarini, shuningdek, istiqboldagi yirik investitsiya loyihalariga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Garchand rejada yaqin yillardagi investitsiya faoliyati haqida so‘z yuritisada, e‘tiboringizni, avvalambor, mamlakatimizning oz yillik tarixi davomidaga asosiy kapitalga kiritilga investitlar dinamikasiga qaratmoqchi edim:
oshayotgani yo‘q, bunda mamlaktimiz tanlagan erkin bozor iqtisodiyoti va uni qurishga qaratilgan keng ko‘lamdagi ichki va tashqi siyosati sababchi. Buning uchun mamlakatimizda ko‘plab islohotlar, investorlar uchun qulay muhit, xususan, soliq imtiyozlari, valyuta almashunivi, bojxona to‘lovlari bo‘yicha bir qator imtiyozlar berilda(I bobda bu haqida to‘xtalib o‘tgandik). Bu o‘zgarishlar faqat miqdorlarda emas balki tarkiban ham o‘zgargan. 34
Solishtirish uchun e‘tiboringizga quyida keltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo‘nalishi o‘zgarishini keltirishimiz mumkin. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishi 2-diagramma
Bu shundan dalolat beradiki, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz investitsiyalarni katta qismini SSSR tarqab ketgandan so‘ng o‘z ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgan, buning natijasida mavjud bino-inshoat, asbob uskunalar ham ma‘nan ham jismonan eskirgan korxonalarni rekonstrutsiya qilishga sarflagan. Hozirda esa deyarli hamma korxonalar rekonstruktsiya qilinib bo‘lingan, ammo, haligacha modernizatsiya qilish jarayoni jadal davom etmoqda va asosiy etibor yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishga qaratilayapti.
O‗zbekistonda 2013-yilning o‗zida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etadi. ―O‗zbekiston 2013‖ almanaxi ma‘lumotlariga ko‗ra, ushbu investitsiya resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) sohasiga yo‗naltirildi.
35
2013-yil kapital investitsiyalar tarkibi 3-diagramma
Solishtirish uchun e‘tiboringizga 2000-yildagi kapital investitsiyalar tarkibini keltiramiz:
36
2013 yilda Investistiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012 yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya‘ni 47 foizini xususiy investistiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘‘lari tashkil etgani alohida e‘tiborga loyiqdir. Jalb etilayotgan investistiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob‘ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investistiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investistiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investistiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investistiyalardir. Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo‘l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat. Jamg‘arma faoliyat boshlaganidan buyon o‘tgan qisqa vaqt mobaynida 15 milliard dollardan ziyod miqdordagi aktivlarga ega bo‘lgan qudratli moliya institutiga aylandi. Jamg‘arma o‘z mablag‘‘lari bilan umumiy qiymati 29 milliard dollardan ziyod 86 ta strategik ahamiyatga molik investistiya loyihasini hamkorlikda moliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Faqat 2013 yilning o‘zida Jamg‘arma mablag‘‘lari ishtirokida qiymati 780 million dollardan ortiq bo‘lgan 33 ta o‘ta muhim loyiha amalga oshirildi. 2013 yilda Investistiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 150 ta ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga etkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogenerastion gaz 37
turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stanstiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizastiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stanstiyasining 1-5- energiya bloklarini yil davomida ko‘ mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstanstiyasini rekonstrukstiya qilish, «Bekobod stement» ochiq akstiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan stement ishlab chiqarish jarayonini modernizastiya qilish, "Quyuv-mexanika zavodi‖ sho‘‘ba korxonasida metall quyishni rekonstrukstiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizastiya qilindi va texnik qayta jihozlandi. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investistiya loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va stastionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2013 yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur‘ati 2012 yilga nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi. «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
38
Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikastiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent Moliya instituti hamkorlikda ―Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish‖ mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etdi. Anjuman mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning ―2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi, shuningdek, ―2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari to'g'risida‖, ―2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida‖gi qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Konferentsiyada Markaziy bank, tijorat banklari va ishlab chiqarish korxonalarining etakchi mutaxassislari, iqtisodchi-olimlar, katta ilmiy xodim- izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi. Joriy yilning o'tgan to'qqiz oyida respublikamizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi: o'zlashtirilgan kapital qo'yilmalar hajmi 19,3 trillion so'mni tashkil qildi va qiyosiy narxlarda 12,5 foizga oshdi. Kapital qo'yilmalar umumiy hajmining 63 foizi ishlab chiqarish maqsadlariga yo'naltirilgan. Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha ko'rilgan keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va 39
kreditlar hajmi 12,4 foizga oshib, 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Uning 77,5 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. Banklar resurs bazasining kengayishi va ularning investitsiya faolligini kuchaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmini 1,3 barobarga, jumladan, muddati bir yildan ortiq bo'lgan uzoq muddatli kredit qo'yilmalari hajmi 31,6 foizga o'sishini ta'minladi. Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash uchun qiymati qariyb 5,5 trln.so'mlik yoki 2012 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko'p kredit mablag‘'lari ajratildi. Konferentsiyada mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Anjumanda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish, mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari ishtirokini yanada
qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ta‘kidlash joiz, 2012-yilda sanoatga kiritilgan investitsiyaning asosiy qismi — 40 foizi yoqilg‗i tarmog‗iga, mashinasozlik va metallga ishlov berishga — 12,5%, elektr energiyasiga — 10%, metallurgiyaga — 8,5%, yengil sanoatga — 8,1% qismi sarflangan.
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling