Himoyaga ruxsat beriladi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish.
- 8-chizma
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
I. Kirish bosqichi (15daqiqa) 1.1 Mavzuning nomi, o‘quv maqsadi, kutilajak o‘quv natijalarini e‘lon qiladi. 1.2 Seminar mashg‘ulotining mashg‘uloti muammoli ta‘lim metodlaridan biri bo‘lgan ―6x6x6‖ metodi vositasida o‘tishini e‘lon qiladi va bu metod qoidalari bilan tanishtiradi. 1.3
Talabalarni 6 guruhga bo‘ldaydi.
Tinglaydilar. Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar. Mayda guruhlarga bo‘ldanishadi. II. Asosiy bosqich
(50 daqiqa) 2.1. Shu mavzuga bag‘ishlab o‘tilgan ma‘ruza darsini eslatib, talabalarga bir nechta savollar bilan murojaat qiladi(darsni yodga olish maqsadida). 2.2. Talabalar bilan birgalikda mavzuga oid bir nechta muammolarni ishlab chiqishga harakat qiladi.
Muammoni ishlab chiqishda talabalar bilan birgalikda taklif qilingan variantlarni tahlil qiladi. Taklif qilingan variantlarni aniqlashtiradi, o‘zgartirishlar kiritadi va ulardan bittasida to‘xtaydi. 2.3. Talabalarni 6 ta kichik guruhga bo‘ladi va hamkorlikda muammoli vazifani hal etishni taklif qiladi. 2.4. Guruhlar o‘zaro muhokamani tugatishgach, har bir guruhdan bittadan o‘quvchini tanlab yangi oltilalik 6 ta mayda guruhni qayta tuzadi. 2.5. Yangi tuzilgan guruhlari bilan muammoni yana bir marotaba qayta ko;rb chiqishlari uchun guruhlarga vaqt beradi. 2.6.Qayta ko‘rib chiqilib yaxlit qarorga kelgan guruhlar fikrini tinglaydi. Savollarga javob beradilar.
Muammolar ichidan bittasini tanlab oladilar.
bo‘ldanadilar(keyinchalik yana bir marta qayta bo‘ldanadilar)
Muammoni hal etish variantlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradilar.
bosqich
(15 minut) 3.1. Gurularning javoblari bo‘yicha o‘z fikrini bildiradi. 3.2 Xato va kamchiliklarni tuzatib guruhlarning bergan javoblariga mos tarzda guruh a‘zolarini baholaydi. 3.2 Mavzuni umumlashtiradi, umumiy xulosalar qiladi, yakun yasaydi.
Eshitadilar. Xato va kamchiliklari haqida xulosalar chiqaradialar. Muammoli ta’lim texnologiyalarining mohiyati. 64
Muammoli ta‘lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta‘lim texnologiyasi insonning fikrlashi, muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yyechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta‘lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli ta‘limning bosh maqsadi — o‘quvchilarning muammoni to‘liq tushunib etishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli ta‘limni amaliyotda qo‘llashda asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Muammoli ta‘lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: — o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli masalalarni belgilash; — ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; — o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; — zarur o‘quv vositalarini tayyorlash; — muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko‘rsatish; — topshiriqni va uni yyechish uchun etarli shartlarni aniq bayon qilish; — o‘quvchilarning muammoni hal etishda yo‘l qo‘yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko‘rsatish; — o‘quvchilarning noto‘g‘ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashish va boshqalar. Muammoli ta‘lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yyechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni tizimlashtirish orqali). 65
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin: 1. Isbotlash — bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan bog‘liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi. 2. Tekshirish — buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 3. Tushuntirish — bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.
Muammoli ta‘lim usullaridan biri bu ―6x6x6‖ metodi. Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar tahsil oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma‘lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a‘zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a‘zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur echimlarni birgalikda muhokama qiladilar. «6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: – guruhlarning har bir a‘zosini faol bo‘lishga undaydi; – ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta‘minlaydi; – guruhning boshqa a‘zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; – ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar tahsil oluvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida «6x6x6» metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda
66
guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6x6x6» metodidan ta‘lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. «6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi. 2. Tahsil oluvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadilar. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob‘ekt (masalan, kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo‘yib chiqadi. Mashg‘ulot ishtirokchilariga kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o‘zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi. 3. Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e‘lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma‘lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a‘zolariga maslahatlar beradi, yo‘lyo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tahsil oluvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan so‘ng belgilangan vaqt ichida guruh a‘zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi
67
guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. 8-chizma
6 kishidan iborat bo`lgan kichik guruh 6 daqiqa ichida kichik muammo va
umuman asosiy
muammoni yechimini topishga yordam
beruvchi muammoli savollarga aniq javoblar topishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi alohida qog‘oz varag‘iga o`zining javoblarini yozadi. Guruh ishlari natijasining taqdimoti va muhokamasi o`tkaziladi, taklif qilingan kichik muammo hamda asosiy muammo bo`yicha aniq, strukturaga solingan, ratsionalyechimlar ishlab chiqiladi va taklif qilinadi. Kichik guruhlarda tayyorlangan javoblar muhokama qilinadi: noto`g‘ri fikrlar olib
tashlanadi, mujmal
fikrlarga aniqlik kiritiladi, asosiylari tanlab
olinadi. Tanlab
olingan javoblarni tizimlashtirish uchun
ma`lum xususiyatlar aniqlanadi va shu asosda kichik muammo hamda asosiy muammo bo`yicha yechimlar guruh- lashtiriladi. 6-6 texnikasi qo`yilgan muammo yuzasidan jamoaviy shakllantirilgan, taklif qilingan yechimlar variantlarning eng sarasini tanlab olish va baholash, so`ngra ularni
umumiy xususiyatlariga qarab quyidagi algoritm bo`yicha guruhlashtirish imkonini beradi. 68
XULOSA VA TAKLIFLAR Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi. Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi. 2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so‘mni yoki AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko‘p degani. 2012-yilda esa bu ko‘rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so‘mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o‘sgan. ―O‗zbekiston 2013‖ almanaxi ma‘lumotlariga ko‗ra, ushbu investitsiya resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) sohasiga yo‗naltirildi. Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo‘l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya 69
loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilinayotgan xalqaro sarmoyalarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya hamda Niderlandiya davlatlari tashkil etmoqda. Xitoy davlati jami jalb qilingan xalqaro sarmoyalarning 35.66% ni tashkil qilayotgani va bu borada mamlaktimiz ushbu davlat bilan yuqori darajada hamkorlik ishlari olib borayotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, xalqaro sarmoyaning Rossiyaga 26.79%, Janubiy Koreyaga 19.50% hisobida to‘g‘ri kelayotganini takidlash lozim. IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan o‘rnatilgan mustahkam aloqalar natijasida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yil ortib borayapti. Oxirgi besh yil ichida beg‘araz moddiy va texnik yordam hajmining o‘sish surati o‘rtacha 8,2% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2013 yilda 7,6% ni tashkil etib, 186 mln. USDga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 29.03.2013 yildagi №90 sonli qaroriga muvofiq hozirda IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotga jami 285 600 000 USDga teng bo‘lgan ta‘lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan foydalanish, ichimlik suvi muammolari, energotejamlilik, atrof muhitni himoyalash, kichik va o‘rta biznessni qo‘llab quvatlash va boshqa masalalarni o‘rganib chiqmoqda. Shuningdek, 2013-2017 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi bilan birgalikda jami qiymati 271 300 000 USD ga teng bo‘lgan 35 loyihani, Yaponiya Respublikasi bilan 57 400 000 USD ga teng bo‘lgan 14 ta va Korea Respublikasi bilan 22 500 000 USD gat eng bo‘lgan 9 ta loyihani amalga oshirish masalasi o‘rganib chiqilmoqda. Bundan tashqari, IFC va BDSFIs tashkilotlari bilaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ajratayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar miqdori ortib bormoqda. 2013-yilda 2‘960 mln. USD ga teng bo‘lgan 23 ta moliyaviy bitim imzolangan, bu o‘tgan yilga nisbatan 214,5% ga teng. Mavzuni o‘rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritaman: 70
- Aholining o‘rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta‘minlash maqsadida, investitsiyalar oqimini hududlar bo‘yicha aholi soniga qarab proporsional taqsimlash; - Mamlakatimiz bo‘ylab erkin iqtisodiy hududlar sonini ko‘paytirish;
Chet el investorlari uchun berilgan mutloq soliq imtiyozlaridan ozod qilishdan tashqari, imtiyoz muddati tugagach qisman imtiyozlar berishni joriy etish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka investitsiyalarni jalb etishda davlat kafolatlarini oshirish, investitsion g‘oyalar tanlovlarini o‘tkazish;
Moliya bozorini, xususan, qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish;
Mamlakat miqiyosida investitsion portfelni shakklantirish borasidagi aholining savodxonligini oshirish;
Ushbu mavzuni o‘qitishda elektron taqdimot va muammoli ta‘lim metodlaridan kengroq foydalanish.
71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 1. Ўзбекистон Республикасининг ―Чет эллик инвестициялари тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни (30.04.1998й). – Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т. 23 – Т.: Адолат, 2000. 2. Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексига ҳамда ―Чет эллик инвесторлар ҳуқуқларининг кафолатлари ва уларни ҳимоя қилиш чоралари тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида: Қонун. 2005 йил 16 сентябрь //Халқ сўзи.-2005. №186- сетябрь -1б. 3. Ўзбекистон Республикасининг ―Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида‖ги Қонуни. – Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т. 23 – Т.: Адолат, 2000. 4. Тўғридан-тўғри хусусий хорижий инвестицияларни жалб этишни рағбатлантириш борасидаги қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида: Фармон. //Солиқ тўловчининг журнали.-2005.-№4.-4 б. 5. Устувор инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш учун хорижий инвестицияларни жалб этиш механизмини такомиллашриш тўғрисида: Қарор 2004 йил 9 февраль //Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлар тўплами. – 2004.- № 6. 6. Қўшма корхоналар ташкил этишга хорижий инвестицияларни жалб этишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида: Қарор. 2002 йил 11 октябрь. 393-сон //Ўзбекистон Республикаси молиявий Қонунлар.-2003.-№12. 135 б. 7. Тўғридан-тўғри хорижий инвестицияларни ҳуқуқий ҳимоя қилишни кучайтиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. //Солиқлар ва божхона хабарлари. -2003. -21 (461)-16 май. -9 б. 8.
Эришилган ютуқларни мустаҳкамлаб, янги марралар сари изчил ҳаракат
қилишимиз лозим.
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг
2006
йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2007 йилда иқтисодий ислоҳотларни 72
чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси. //Халқ сўзи, 2007. 13 февраль. 9. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг
муҳим устувор
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси. // Халқ сўзи газетаси 2008 йил 9 феврал. 10. Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, малакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. – Т.: Ўзбекистон, 2005. – 92 б. 11.
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг Ислоҳотлар ва Инвестициялар бўйича идоралараро мувофиқлаштириш кенгашининг 2000 йил 13.февралдаги йиғилишида қилган маърузаси. «Халқ сўзи» газетаси, 2000 йил, 2 февраль. 12.
Kаrimоv I.А. Jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O‘zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo‘llаri vа chоrаlаri / I.А.Kаrimоv. – T: O‘zbеkistоn, 2009. – 56 b. 13.
Mаmlаkаtimizni mоdеrnizаsiya qilish vа yangilаshni izchil dаvоm ettirish – dаvr tаlаbi. Prеzidеnt Islоm Kаrimоvning 2008 yildа mаmlаkаtimizni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаntirish yakunlаri vа 2009 yilgа mo‘ljаllаngаn iqtisоdiy dаsturning eng muhim ustuvоr yo‘nаlishlаrigа bаg‘ishlаngаn Vаzirlаr Mаhkаmаsi mаjlisidаgi mа‘ruzаsi // Хаlq so‘zi, 2009 yil 14 fеvrаl. 14.
Kаrimоv I.А. Eng аsоsiy mеzоn – hаyot hаqiqаtini аks ettirish. – T.: O‘zbеkistоn, 2009. – 24 b. 15. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni. Chеt ellik investitsiyalаri to‘g‘risidа. 1998 yil 30 аprеl. 16. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni. Chеt ellik invеstоrlаr huquqlаrining kаfоlаtlаri vа himоya chоrаlаri to‘g‘risidа. 1998 yil 30 аprеl. 17.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Qаrоri. «Bаrkаmоl аvlоd yili» Dаvlаt dаsturi to‘g‘risidа. 2010 yil 27 yanvаr. 73
18. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Qаrоri. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining 2010 yilgi Investitsiya dаsturi to‘g‘risidа. 2009 yil 28 оktyabr. 19.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining Qarori. 2008 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida. 2009 yil 13 fevral. 20. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Qаrоri. Ishlаb chiqаrish vа ijtimоiy infrаtuzilmаni yanаdа rivоjlаntirish yuzаsidаn qo‘shimchа chоrа-tаdbirlаr to‘g‘risidа. 2009 yil 20 yanvаr, PQ-1041-sоn. 21.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining Qаrоri.To‘g‘ridаn- to‘g‘ri хоrijiy investitsiyalаrni huquqiy himоya qilishni kuchаytirishgа dоir qo‘shimchа chоrа-tаdbirlаr to‘g‘risidа. //Sоliqlаr vа bоjхоnа хаbаrlаri, 2003 yil 16 mаy.
22. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni. Iqtisоdiyotning rеаl sеktоri kоrхоnаlаrini qo‘llаb-quvvаtlаsh, ulаrni bаrqаrоr ishlаshini tа‘minlаsh vа ekspоrt sаlоhiyatini оshirish chоrа-tаdbirlаri dаsturi to‘g‘risidа. 2008 yil 28 nоyabr, PF-4058-sоn. 23. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni. To‘g‘ridаn-to‘g‘ri хususiy хоrijiy investitsiyalаrni jаlb etishni rаg‘bаtlаntirish bоrаsidаgi qo‘shimchа chоrа-tаdbirlаr to‘g‘risidа. 2005 yil 11 аprеl. 24. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоyishi. Iqtisоdiy nоchоr kоrхоnаlаrni tijоrаt bаnklаrigа sоtish tаrtibni tаsdiqlаsh to‘g‘risidа. 2008 yil 19 nоyabr, F-4010-sоn. 25. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni. Iqtisоdiyot rеаl sеktоri kоrхоnаlаrining mоliyaviy bаrqаrоrligini yanаdа оshirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа. 2008 yil 18 nоyabr, PF-4053-sоn. 26. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Islоm Kаrimоvning «Jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O‘zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo‘llаri vа chоrаlаri» nоmli аsаrini o‘rgаnish bo‘yichа o‘quv qo‘llаnmа. – T.: Iqtisоdiyot, 2009. – 120 b.
74
27. Ҳамедов И.А., Алимов А.М. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т.: Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси ―адабиѐт жамғармаси‖ нашр., 2001.- 328б. 28. Боди, Зви, Кейн, Алекс, Маркус, Алан. Принципы инвестиций, 4-е издание.: Пер. с англ. "Вильямс", 2008. — 984 с. 29.
Дамодаран А. Инвестиционная оценка: Инструменты и методы оценки
любых активов:Пер.с англ.- 4-е
изд.-М.:Альпина Бизнес
Букс,2007.1340 с. 30.
Инвестиции: учеб. /А.Ю. Андрианов, СВ. Валдайцев, П.В. Воробьев и др. -2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2008. - 584 с. 31.
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер. с англ. - М. ИНФРА-М, 2007. 1028 с. 32. Внешнеэкономическая деятельность: Учебник. /[Б. М. Смитиенко, В. К. Поспелов.С. В. Карпова и др.]; под ред. Б. М. Смитиенко, В. К. Поспе- лова. - 4-е изд., перераб. и доп.- М.: «Академия», 2007. - 304 с. 33. O‘zbеkistоn – iqtisоdiyotni mоdеrnizаsiyalаsh hаmdа islоhоtlаrni chuqurlаshtirishning yangi vа yuksаk bоsqichi yo‘lidа. (Bеkmurоdоv А.Sh., G‘аfurоv U.V.) T.: Iqtisоdiyot, 2008. – 126 b. (elеktrоn vеrsiyasi bilаn). 34. Оmmаbоp iqtisоdiyot: mоhiyati vа аsоsiy tushunchаlаri (o‘zbеk vа rus tillаridа). Ilmiy-оmmаbоp qo‘llаnmа. (Bеkmurоdоv А.Sh., Gimrаnоvа О.B., Shаmshiеvа N.N.) T.: Iqtisоdiyot, 2009. – 92 b. (elеktrоn vеrsiyasi bilаn). 35. O‘zbеkistоn iqtisоdiyotni libеrаllаshtirish vа mоdеrnizаsiyalаsh yo‘lidа. Eksprеss-prоspеkt. (Bеkmurоdоv А.Sh., Bеrkinоv B.B., Usmоnоv B.B., Hаmidоv О.M., G‘аfurоv U.V. vа Nе‘mаtоv I.U.) T.: Iqtisоdiyot, 2009. – 5 b. (elеktrоn vеrsiyasi bilаn). 36.
Н.Н.Расулов.Стимулирование привлечения иностранных инвестиции в экономику Узбекистана.-Т.: «ФАН», 2003.-165 с. 37. Игошин
Н.В. Инвестиции, организация, управление, финансирование: Учебник / -3-е изд.-М.: «ЮНИТИ : ДАНА», 2005.- 448 с.
75
38. Дегтярѐв О.И. Внешнеэкономическая деятельность: Учеб. пособие. /Дегтярѐва О.И., Полянова Т.Н., Саркисов С.В. –М.: Дело, 2005. – 325 с. 39.
Диденко Н. И. Основы внешнеэкономической деятельности в РФ. 2-е изд. –СПб.: Питер, 2004. – 286 с. 40. O‘zbеkistоn iqtisоdiyotini libеrаllаshtirish yillаridа 1-qism.
Bеkmurоdоv А., Bоltаbаеv M., G‘оyibnаzаrоv B., Аmаnbаеv M., Tоshхo‘jаеv M. Mаkrоiqtisоdiy siyosаt vа iqtisоdiy islоhоtlаr. – T.: TDIU, 2005. 41. O‘zbеkistоn iqtisоdiyotini libеrаllаshtirish yillаridа 2-qism.
Bеkmurоdоv А., Hаkimоv R., Sаfаrоv B., Zахidоv G. Qishlоq хo‘jаligidа iqtisоdiy islоhоtlаr vа fеrmеrlik hаrаkаti. – T.: TDIU, 2005. 42. O‘zbеkistоn iqtisоdiyotini libеrаllаshtirish yillаridа 3–qism. Bеkmurоdоv А.SH., Sаttоrоv S., To‘rаеv J., Sоliеv K., Ro‘ziеv S. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik rivоji – dаvr tаlаbi. - T.: TDIU, 2005. 43.
O‘zbеkistоn iqtisоdiyotini libеrаllаshtirish yillаridа 4-qism Bеkmurоdоv А., Tоjiеv R., Qurbоnоv Х., Аlimаrdоnоv M. Mоliya vа bаnk tizimidаgi islоhоtlаr sаmаrаsi. – T.: TDIU, 2005. 44.
O‘zbеkistоn iqtisоdiyotini libеrаllаshtirish yillаridа 5-qism. Bеkmurоdоv А., Tаirоv SH., Mахmudоv E., Isаkоv M., To‘rаеv N. Tаshqi iqtisоdiy siyosаt: sаvdо vа investitsiyalаr оqimlаri. – T.: TDIU, 2005. 45.
―Qo‘shmа kоrхоnаlаrni tаshkil etishgа investitsiyalаrni kiritishning ustuvоr yo‘nаlishlаri vа vаzifаlаri‖ mаvzusidаgi Rеspublikа ilmiy-аmаliy аnjumаn mаtеriаllаri. – T.: TDIU, 2008. 46.
Назарова Г.Г.
ва бошкалар. Жаҳон иқтисодиѐтига интеграциялашув: тажриба ва амалиѐт. Т.: ТДИУ, 2005. – 224 б. 47.
Сирожиддинов Н. Проблемы повышения эффективности внешней торговли Узбекистана. Т.: УМЭД, 2004. – 201 с. 48. ―Иқтисодиѐтни эркинлаштириш шароитида ташқи иқтисодий фаолиятнинг роли‖
мавзусидаги халқаро
илмий-амалий анжуман
материаллари. – Т.: ТДИУ, 2005. 76
49. ―Iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalarini takomillashtirish‖ - ―Bozor, pul va kreditlar‖ jurnalining 2013-yil 11-soni. Internet saytlari: 50.
www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining rasmiy sayti. 51.
www.gov.uz - O‗zbekiston Respublikasining Hukumat Portali. 52. www.press-service.uz - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati. 53. www.uza.uz - O‗zbekiston Milliy axborot agentligi. 54.
www.mfer.uz - O`zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Investitsiyalar va Savdo Vazirligining rasmiy sayti. 55.
www.uzinfoinvest.uz
56. www.investor.uz
57. www.ziyonet.uz Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling