Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori B. R. Adizov


Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi? Bolalar


Download 122.64 Kb.
bet14/15
Sana18.06.2023
Hajmi122.64 Kb.
#1588925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Laylo

Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi?
Bolalar. Yo‘q.
Tarbiyachi. Stolning yuzasi taxtadan qilingan, shuning uchun undan qaraganimizda oyoqlarimiz ko‘rinmaydi, deb tushuntiradi.
Shundan keyin tarbiyachi yana bolalarning diqqatini shishali buyumlarga yo‘naltiradi va uni siqib ko‘rishni aytadi. Bolalardan: shisha buyum qattiqmi, yumshoqmi? deb so‘raydi. Bolalar, qattiq, deb javob berishadi.
Buyumning qattiq ekanligini bilish uchun nima qilish kerak? deydi tarbiyachi. Uni siqib ko‘rish kerak, deb bolalar harakat bilan ko‘rsatishadi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini tasdiqlab: «To‘g’ri, uni siqib ko‘rish kerak» deb harakatning nomini (siqib ko‘rish kerak) takrorlatadi».
Mashg’ulotning uchinchi qismi tevarak-atrofdagi narsalardan yangi sifatlarni ajratishni mashq qilishga bag’ishlanadi. Tarbiyachi bolalarga tevarak-atrofga qarab tiniq buyumlarni (narsalarni) topishni, topgach, uning nomini aytishni va quyidagi savolga javob berishni aytadi. «Buyum tiniq ekanligini qanday bilib olding? Xuddi shu tariqa tiniq bo‘lmagan buyumni topishni aytib, uni qanday topganligini qanday bilib olganligini so‘raydi.
Xulosa:
– Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson
madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
– Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha
yoshga to‘g‘ri keladi.
– Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi,
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
– Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarakatrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari
orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga
tayanib bilib oladi.
– «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur

Download 122.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling