Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori Z. Mo’minov


I . Masala shartini ongli ravishda o`zlashtirish


Download 0.72 Mb.
bet10/36
Sana20.09.2020
Hajmi0.72 Mb.
#130389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
S.Alijonova

I . Masala shartini ongli ravishda o`zlashtirish .

a) tayyorgarlik ishi.

Berilgan murakkab masalani yechishga o`quvchilarning diqqatini va tegishli bilimlarini jalb qilish lozim( ba`zi vaqtlarda masalani yechish uchun, masalan, tabiyot , adabiyot va shu kabi fanlardan olingan bilimlardan foydalanish talab qilinadi; masalaning tanish boshqa masalaga bog`lanishdan yoki o`xshashligidan foydalanish ham lozim).


  1. masala shartlarini o`qish yoki eshitish.

II. Masala shartlarini yozilishi.

  1. nomlarni belgilash va masalaning asosiy savolini qo`yish bilan

qisqacha bir satrga yozish;

b) bir hil miqdorlarni bir qator qilib ustun yoki jadval shaklida yozish yoxud masala shartlaridagi turli momentlarni ayrim satrlarga yozish;

v) masala shartlaridagi sxemalar, chizmalar va shu singarilardan foydalanib yozish;

g) shartlarni takrorlash;



  1. Masala shartlarini tahlil qilish .

BUNING UCHUN:

  1. masalada nima ma`lum ekanligini aniqlash;

  2. nnnimani topish kerakligini aniqlash;

  3. masalada qanday miqdorlar ko`rsatilganini va ular o`rtasidagi nisbatni aniqlash. Shu joyda tushunilmagan so`z terminlar izoh qilinishi kerak;

  4. murakkab masalani bir necha sodda masalalarga ajratish yo`lini izlab topish ( masalalarni tahlil qilishda sintetik, analitik va analitik – sintetik usullarni qo`llash);

  5. masalaning yechish rejasini qanday tuzish lozimligini aniqlash mumkin.

  1. Masalaning yechilishi

  2. Masalaning yechilishini tekshirish

  1. « turmush tajribasi » bilan tekshirish;

  2. Masalaning to`g`ri yechilganligini hisoblash bilan tekshirish.

  1. Masala yechilgandan keyin uning ustida ishlash

  1. berilgan masalani boshqacha – qisqaroq vq ixchamroq usullar bilan yechish;

  2. masalaning yechimini sonli formula bilan yozish;

  3. o`quvchilarga o`z kuzatganlaridan, gazeta, kitob, jurnallardan materiallariga asoslanib masalalar tuzdirish.

O`quvchi tomonidan bu bosqichlarni amalga oshirish masala yechishni puxta va samarali bo`lishiga olib keladi.

III. TASNIFLANGAN AYRIM MATNLI MASALALARNI YECHISH , NAMUNALARI VA IZOHLARI

Biz yuqoridagi bandda matnli masalalarni tasniflashda ularning yechimi usullari hamda mavjud amallar komponentlarini asos qilib oldik.

Shuni ham unutmaslik kerakli, ko`pgina matnli masalalar bir necha usul bilan yechiladi. Bunday masalalarni yechishda tartibga solish bir usul bilan masala yechishni yaxshi o`zlashtirib olgandan keyingina yangi usulga o`tish lozim. Bir necha usuldan eng qulayini, maqsadga muvofig`ini tanlab olish kerak.

Masalani bir necha usul bilan yechish ishi masala yechish metodini yaxshi tushunishga yordam beradi, o`quvchilarni tashabbuskorligini, masala yechish usullariga nisbatan topqirlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Masala yechishning turli usullariga o`tishda o`quvchilarga taklif etilgan usullarga katta e`tibor berish, ularni tahlil qilish, baho berish, eng sodda va ratsional usullar topgan o`quvchilarni rag`batlantirish kerak.

Endi ayrim masalalar yechilishlari bilan tanishib chiqaylik. Masala shartida berilgan son miqdorlar natural son, kasr sonlar ham bo`lishi mumkin. Bizning asosiy maqsadimiz shu guruh masalalardagi umumiylikni qayd etib yechilish yo`llarini ko`rsatishdan iboratdir.



    1. Ikki sonni ularning yig`indisi va ayirmasi yordamida topish

Tayanch masala: ikki sonning yig`indisi 1000 ga, shu sonlarning ayirmasi 292 ga teng bo`lsa, shu sonlarni toping.

Katta son, kichik son + ayirma bo`lgani uchun, ikki sonning yig`indisini, kichik sonning ikkilanganiga ayirmaning qo`shilgani deb qarash mumkin.

Ikki sonning yig`indisidan ularning ayirmasi ayrilgandan keyin, kichik sonning ikkilanganini hosil qilamiz. Yig`indiga ayirmani qo`shsak, katta sonning ikkilanganini hosil qilamiz.

1-usul: 1) 1000 - 292 = 708

2) 708 : 2 = 354 (kichik son)

3) 354 + 292 = 646 (katta son)

Tekshirish: 354 + 646 = 1000.



2-usul: 1) 1000+292=1292

2) 1292 : 2 = 646 (katta son)

3)646 – 292 = 354 (kichik son)

Tekshirish : 354 + 646 = 1000.



1-masala. Uchta qopdagi kartoshka 156 kg keladi. Birinchi qop ikkinchisidan 18 kg og`ir, ikkinchisi esa uchinchisidan 15 kg yengil. Xar bir qopda qanchadan kartoshka bor.

1) (kg)

2) (kg)

3) (kg)

Tekshirish: 59+41+56=156 (kg)



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling