Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori Z. Mo’minov


XIII. Ikki ko`paytuvchini, ularning berilgan ko`paytuvchilari va ko`paytmalari teng bo`lganda ayirmalari yordami bilan topish


Download 0.72 Mb.
bet35/36
Sana20.09.2020
Hajmi0.72 Mb.
#130389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
S.Alijonova

XIII. Ikki ko`paytuvchini, ularning berilgan ko`paytuvchilari va ko`paytmalari teng bo`lganda ayirmalari yordami bilan topish.
Elementar masala. Baravar miqdordagi pulga bir necha tovuq va bir necha g`oz sotib olingan, biroq, tovuq g`ozga qaraganda 20 ta ortiq olingan . bir g`oz 126 so`m va bir tovuq 70 so`m turadi. Nechta g`oz va nechta tovuq sotib olingan?

Yechilishi: 1) 20 ta ortiq tovuq 1400 so`m turadi (70 20=1400 so`m) . bu pul qanday hosil bo`ldi? Bir tovuq va bir g`ozni sotib olganda, bir g`ozga qaraganda bir tovuqqa 56 so`m (126 so`m – 70 so`m = 56 so`m) kam sarf qilingan. Ikkinchi tovuq va g`ozni sotib olganda ham o`shanchadan iqtisod qilib borishgan. Xullas, 1400 hosil bo`lgunga qadar shu xilda iqtisod qilib borishgan va bu 1400 so`mga 20 ta ortiqcha tovuq sotib olingan.

2) Demak, 1400 so`mni ichida 56 so`m necha marta bo`lsa, shuncha g`oz sotib olingan 1400 : 56 = 25. Shunday qilib, 25 ta g`oz sotib olingan, tovuqlar esa 20 ta ortiq, ya`ni 45 ta tovuq olingan.



Murakkab masala. Poyezd 2 stansiya orasidagi masofani 3 kunda bosib o`tdi, u har kuni 18 soatdan yo`l yurdi. Agar poyezd har kuni yo`lda 22 soat 30 minutdan yursa va bir soatda 11 km dan ortiq yursa, shu masofani necha kunda bosib o`tadi?

Yechilishi. 1) stansiyalar orasidagi masofani poyezd odatdagi yurishi bilan 54 soatda (183=54) yuradi. Agar poyezd tezligini bir soatda 11 km ga orttirsa, bu masofani 45 soatda , ya`ni 9 soat oldin bosib o`tgan bo`lar edi.

2) poyezd oshiqroq tezlik bilan yurganida 45 soatda ortiqcha 495 km o`tgan bo`lar edi, odatdagi yurishda bu masofani o`tishi uchun ortiqcha 9 soat sarf qiladi.



3) Demak, poyezdning odatdagi tezligi, 495:9=55 km/soat ga, stansiyalar orasidagi masofa esa 55 km 54= 2970 km bo`ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling