“Himoyaga ruxsat etaman” O„quv va uslubiy ishlar bo„yicha prorektori
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
NAZAROVA kti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning dolzarbligi.
KIRISH 6 Tadqiqotning dolzarbligi. O„zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o„tib kelayotgan ijod boyliklarini to„plash, o„rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma‟naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa, O„zbekiston mustaqillikga erishgandan so„ng milliy qadriyatlarimiz, an‟analarimizga bo„lgan e‟tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o„zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda, - deyiladi O„zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risidagi qonuni”da. SHuningdek mazkur qonunda, Jismoniy tvrbiya va sport - O„zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma‟naviy kamolatining muhim vositasi ekanligi ta‟kidlanadi (1). Bu esa yosh avlodni sog„lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya va sport oldiga katta ma‟suliyatli vazifalar qo„yadi. YOsh avlodni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy sport o„yinlarini to„plash, hayotga tadbiq etish, rivojlntirish yo„llari va usullarini qayta ko„rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. O„zbek xalqining ko„p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo„lib qolgan milliy sport o„yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda ham zarur. Respublikada yosh avlod jismonan baquvvat va sog„lom bo„lib voyaga etishishiga qaratilgan bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 24 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma‟qullangan. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-5368-son farmoni, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 19 mart 7 kuni videoselektor yig„ilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o„sib kelayotgan avlod sog„lig„ini mustahkamlash haqida qo„shimcha tadbirlar” to„g„risidagi 32-sonli qarori va boshqa hujjatlarnilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. SHuningdek Prezidentimizning qator qaror va farmonlarida yosh avlodning dunyoqarishi jismoniy va ma‟naviy qadriyatlar bilan uzviy bog„liqligini ta‟minlashga qaratilganini ta‟kidlab o„tish kerak. Bu esa o„zbek xalq milliy sport o„yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktabgacha ta‟lim tashkiloti dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lgan turlarini sport darajasiga ko„tarish jismoniy tarbiya va sport oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko„rsatadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo„ladi. Maktabgacha tarbiya tizimini dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishiga kompleks yondashish asosida har bir bolaning muntazam va imkon qadar t o‘la jismoniy rivojlanish huquqi amalga oshirilishini ta‟minlashi kerak, degan xulosaga kelmoqdalar sohaga dahildor bo„lgan mutaxasislar. Rivojlanish tezlashgan sari bolalarni o‘rab turgan muhit o‘zgarib bormoqda. Milliy harakatli va sport o„yinlari o‘rniga kompyuter o‘yinlari kirib keldi. Bolani, aqliy, estetik rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Ularni ahamiyatini inkor etmagan holda aytish kerakki, milliy harakatli o‘yinlar, sayrlar, tengdoshlari bilan muloqot qilishga bolaning vaqti tobora kamayib ketyapti. Bu o„yin bilan bolalar harakat faoliyatining boshqa turlari, o‘yinlarning har xil turlari orasidagi muvozanatning buzilishi maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligida ham, harakat qobiliyatlarining rivojlanish darajasida ham o‘z salbiy ta‟sirini ko„rsatmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning zamonaviy y o‘llarini izlash, birinchidan, ko‘rsatilgan ziddiyatlarni hal etish 8 zarurati bilan, ikkinchidan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi jarayonini takomillashtirish uslubiy sharoitlarini o‘rganish zarurati bilan bog„liq. Gdaklikning jiddiy xususiyati bolaning salomatligi, jismoniy rivojlanish holatining o‘zaro bog„liqligidir. Sog„lom, jismonan baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga ruxiy jihatdan ham yaxshiroq rivojlanadi. Demak, maktabgacha ta‟lim tashkilotlaridan maktabga qadam qo„ygan bolajaolar jismonan tayyor ekanligini, birinchi sinf bolasi o‘quv kun tartibi yuzaga keltiradigan jiddiy z o‘riqishlarga bardosh bera oladigan bo‘lsin. SHunga k o‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan sog„lomlashtirish, bolaning harakat sohasini rivojlantirish, chaqqon, kuchli, jasur b o‘lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida harakatga b o‘lgan qiziqishini kuchaytirishning samarali vositalarini izlab topish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur muammoning echimi, yaxlit tarbiya jarayonini va bolaning har tomonlama jismoniy va shaxsiy rivojini ta‟minlovchi pedagogik muhit orqali bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda milliy harakatli o‘yinlar samarali hisoblanadi. Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi hamda tadqiqotning nazariy asosi. Milliy harakatli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bola uchun eng qulay faoliyat turi b o‘lib, harakatlar ko‘nikmasini ongli ravishda takrorlashni ko‘zda tutadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar milliy harakatli o‘yin tufayli bolalar tabiiy harakat faolligi sharoitida o‘z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar. Biroq milliy harakatli o‘yinlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlari rivojlantirish masalasi xususida ilmiy ishlarda t o‘xtalib o‘tilgan b o‘lsa ham, yakuniy echimga kelinmagan. YUqoridagi fikrlardan anglashimiz mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlari rivojlanishida k o‘proq e‟tibor harakatli o‘yinlarga qaratish, yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqish juda dolzarb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling