«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani
II BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi 2016 2017
- 2.2. Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari
- Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar ulushi (sonda
- Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar bo‟yicha taqsimlanishi № Hududlar
- Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi (foizda)
- Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni to‟g‟risida ma‟lumot Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
- Yangi tashkil etilgan kichik biznes sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo„yicha taqsimlanishi
- 6-rasm Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ulushi (foizda)
- Kichik tadbirkorlik sub‟ektlari mahsuloti umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning ulushi № Sohalar Kichik
- Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan
- 7-rasm Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha ulushi, foizda
- Foydalanilgan adabiyotlar
II BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoiti Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir hududning ichki imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan bunda hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. Mazkur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mintaqalarda turli tadbirkorlik faoliyatini shakllanishiga sabab bo‘ladi. Zero, Namangan viloyatining tabiiy geografik imkoniyatlari, aholi joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, xo‘jalik ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti mazkur tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. SHunga ko‘ra, aholi punktlarida azaliy hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Tabiiy geografik imkoniyatlariga baho beriladigan bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi etaklari va tog‘li hududlardan iborat. Rel‘ef tuzilishiga ko‘ra xilma-xillik viloyatning tabiiy va iqtisodiy resurslari salohiyati, ulardan foydalanishda turli xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, soylar, suv omborlari, kanallar va yer osti suvlari hisoblanib, ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, viloyat hududi yerlarini sug‘orishda keng foydalaniladigan mahalliy suv omborlari ham mavjud. Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m 3 ), Qorasuv (6,5 mln. m 3 ), CHortoq (19,0 mln. m 3 ),
Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m 3 ), Varzik (10,0 mln. m 3 ), Eskier (18,0 mln m 3 ), Beshtol (0,5 mln. m 3 ), Yertikan (12,4 mln. m 3 ), Kengko‘l (2,4 mln. m 3 ), Zarkent (12,5 mln. m 3 ), Qizsoy (0,7 mln. m 3 ) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 282780 ga sug‘orish maydoni bo‘lib, shu maydonga asosan 18 ta sug‘orish manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Bu vaziyat mintaqada tadbirkorliknip muhim shakllaridan bo‘lgan
38
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 23 ta kanal va soylar, 16 ta yirik suv va sel suvlarini yig‘ish omborlari mavjud bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m 3 suv yig‘iladi. SHundan 3,3 mlrd m 3 suv
qishloq xo‘jaligiga, 13,6 mln m 3 sanoat sanoat ishlab chiqarishga, 18 mln m 3 suv
ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi. Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega bo‘lib, hududda turli tabiiy ma‘danlar uchraydi. Viloyat hududida uchraydigan tabiiy ma‘danlarni quyi-dagicha tasniflash mumkin: 1) yoqilg‘i– energetika boyliklari, 2) rudali foydali qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral boyliklar. Mingbuloq va Namangan tumanlarida olib borilgan geologik tadqiqotlar natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft koni mavjudligi tasdiqlandi. Bu konning ochilishi respub-likamiz mustaqilligini mustahkamlashga, xalqimizning farovon hayot kechirishida muhim omil bo‘lishi tabiiy. Dastlab, 1965 yildan boshlab Chortoq tumani hududida neft qudug‘idan qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming tonna atrofida neft qazib olindi. Ishlab chiqarishga keng joriy qilingan hamda respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ yonba-g‘irlarida joylashgan hududlarda tabiiy gaz va qisman ko‘mir qazilmasi mavjud. Namangan viloyati hududidan qadim zamonlardan boshlab oltin qazib olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari Qurama tog‘ining janubiy-sharqida, Chodaksoy havzasida paleozoy erasiga mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, ushbu mis konlarini foydalanishga tadbiq qilish respublikamizning boshqa hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab qiladi.
39
SHu bois bu konlar hozirgi paytda foydalanishga tadbiq qilinmagan. Qurilish materiallari, viloyat hududida keng tarqalgan, ular soz tuproq, qum, shag‘al, ohaktosh kabilarga boy. G‘isht va boshqa qurilish materiallari sifatida foydalanib kelayotgan soz tuproq (lyoss)lar viloyatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 dan ortiq qurilish hom ashyosi konlari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan qurilish materiallari sifatida xalq xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Mazkur konlardan 18 tasi g‘ishtbop lyoss, 2 tasi g‘ishtbop gil, 2 tasi granit bezaktosh, 2 tasi ohaktosh va 6 tasi qum-shag‘al kar‘erlaridir. Ushbu konlar To‘raqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Namangan, Uchqo‘rg‘on tumanlarida ochilgan. Mazkur hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlar mavjud. Viloyat hududi shifobaxsh xususiyata ega bo‘lgan mineral buloqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chortoq, Shaxand, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on mineral suvlari tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy hamda minerallashgan ishqorli termominerallar mavjudligi sanatoriy-kurortlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Viloyat mehnat taqsimotida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida Namangan viloyaida mamlakatimizda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakllariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkillash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash strategik vazifa sifatida qaraldi. Iqtisodiy islohotlar davomida Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini ta‘minlash,
40
mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda fermerchilik harakatini kengaytirish ya‘ni jamoa va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligida yangi agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi. Qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish mexanizmini asta-sekin takomillashtirib borishga, xo‘jaliklarning moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlashga, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga hamda qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan xorijiy investitsiya negizidagi sanoat korxonalarini rivojlantirishga turtki berdi. Natijada, mamlakatimizda bo‘layotgani kabi Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi pasayish jarayonlariga barham berildi. Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik (paxta, pilla, meva, uzum yetishtirish), yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi (Soliev, 2014). Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 10,8 foizini sanoat, 36,8 foizini qishloq xo‘jaligi beradi. Bu yerda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mavjud, ularning rivojlanganlik holati, ixtisoslashuvi va muammolari viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati va mehnat salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan Mintaqaning yer maydoni, uning agroiqlimiy resurslari, soylar va qator irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat qiladi. Xususan, viloyat hududi, uning qator adirlarini quyoshga ro‘para turganligi ham ijobiy ahamiyatga ega. Bu yerda Shimoliy Farg‘ona kanali, Katta Andijon, Katta Namangan va Katta Farg‘ona kanallari asosiy sug‘orish manbalari hisoblanadi.
41
Bugungi kunda qulay agroiqlimiy sharoit va omillar ta‘sirida mintaqa qishloq xo‘jaligida o‘ziga hos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi.
Viloyatda 235 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 39,1 % bo‘lgan holda, uning kattaroq ko‘rsatkichlari Pop va Kosonsoy tumanlarida qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, bo‘z yerlar 3,4 ming ga ni, 987 gektarni esa meliorativ qurilish holatidagi yerlar tashkil etadi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligining ulushi 36,8 foizga teng bo‘lib, mingaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan. Paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, zichligi va shuningdek demografik jarayonlardagi o‘zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qaysi bosqichlarda qanday rivojlanganligi, bugungi holati va iqtisodiy salohiyatini belgilab beruvchi va tadbirkorlikni rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi. Viloyatda 2017 yil holatiga ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi qishloq joylarida, 1743,1 ming kishi yoki 64,6 foizi shahar va shaharchalarda joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi . Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli aholi o‘rtasida ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunga bevosita aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi, tarixiy-milliy an‘analarning kuchliligi, ko‘p bolalilik yo‘nalishi saqlanib qolganligi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini sezilarli o‘zgarganligi va qishloqlarda aholining milliy tarkibi ko‘pligi kabi omillar ta‘sir ko‘rsatgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 holatiga viloyatda mehnat resurslari soni o‘tgan yilga nisbatan 101,0 foizga ko‘payib, 1549,3 ming kishini yoki umumiy aholini 57,4 foizini tashkil qildi.
42
Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan. 2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 26849 nafari ishga joylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich, Namangan (4355 kishi) shahrida, Norin (2426 kishi), Uchqo‘rg‘on (2366 kishi) va CHust (2250 kishi) tumanlarida yuqori daraja qayd etilgan. 2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 3768 nafari ishsiz deb e‘tirof etilgan. 2017 yilda viloyatda iqtisodiy faol aholi soni 10081.8 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, mintaqa aholisining 40.3 foiziga teng bo‘lgan. Mehnatda bandlarning 84,7 foizi nodavlat sektr tarmog‘larida faoliyat yuritgan (1-rasm). 1-rasm Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi
2017
nodavlat davlat
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
Ish o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on tumanlari ham alohida ajralib turibdi. Mazkur tumanlarda kichik korxonalar va xususiy firmalarni tashkil etish va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga katta ish o‘rinlari yaratilgan. SHuningdek,
43
aholi sonining o‘sishi mehnat resurslari sonini o‘sishiga proportsional ravishda ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda bandlik darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Viloyat shaharlari asosan sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida shakllanganligi (Namangan, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on, CHust, To‘rag‘o‘rg‘on shaharlari) bilan va sanoat tugunlarini asosan shu hududlarda to‘planib qolganligi hamda qishloq mehnat resurslarining shahar tomon mayatniksimon harakati bilan xarakterlanadi. Qishloqlarda ishsizlikning yuqoriligiga asosiy sabablar quyidagilardir: mehnat haqqining pastligi, shtatlarning qisqartirilishi, malaka darajasining ish joylari talabiga to‘g‘ri kelmasligi va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning tugatilishi. SHuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi kuchining sekinlik bilan ozod etilishi, qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati kabi jabhalarda yangi ish joylarini tashkil etishda sarmoyalarning yetishmasligi, yangi yerlar o‘zlashtirish miqyosiningyuqori emasligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali uslublari tadbiq etilishiga e‘tibor berilmasligi va turli mulkchilikni yo‘lga qo‘yishdagi rasmiyatchilik singari to‘g‘anoqlar ishsizlar sonini ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy xarakteri nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Mintaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan bo‘lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2017 yilda 30.9 % ga teng. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibida g‘alla maydonlarining kengaytirish xisobiga tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich paxtachilikda 183 ming, donchilikda esa 433 ming tonnaga teng bo‘ldi. Mazkur davrda paxta maydonlari
44
125,4 ming gektardan 87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1 mingdan 95,3 ming gektarga ko‘paydi . Xuddi shuningdek qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va yetishtirilgan mahsulot hajmi ushbu davrlarda ortgan. Polizchilik maydonlari esa mustaqillik yillarida qisqartirilgan. Xuddi shuningdek chorvachilik soxasida ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni chog‘da, viloyat qishloq xo‘jaligida chorvachilik ikkinchi soha hisoblanib, qo‘ychilik va echkichilik, qoramolchilik hamda parrandachilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Biroq, mazkur tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishidi aholi xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib, ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut, 3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkichlar go‘sht tayyorlashda 132.2 ming, sutda 666.8 ming, pillada 7,1 ming, junda 1.9 ming tonnaga teng bo‘ldi. SHundan go‘shtning 2,3 foizi, sutning 2.5 foizi, tuxumning 33.7 foizi, junning 2.7 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Dexqon xo‘jaliklari ulushida go‘sht 97,0 foiz, sut 97.2, tuxum 43.1, jun 92.7 foiz ko‘rsatgichga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushi esa juda oz miqdorni tashkil etadi. Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning ulushi 78,8 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 20,4 foizni, qishlo q xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,8 foizni, kartoshka mahsuloti yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 22,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 77,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,1 foizni, sabzavot mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 20,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 79,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,2 foizni, poliz mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 26,6 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 73,1 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,3 foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni, 45
dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2,4 foizni, uzum yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 40,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 58,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 1,0 foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Chorvachilik tarmog‘ida qo‘y va echkichilik son jihatidan ustun turadi. Mazkur soha hatto Namangan shahri uchun ham xarakterlidir. Ayni chog‘da CHust, Pop, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumanlari ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Qoramolchilik bo‘yicha Namangan shahri, CHust, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada. Mustaqillik yillarida, Namangan viloyati sanoatining to‘qimachilik, paxta tozalash, poyabzal, mebel‘ ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida, bundan tashqari mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va korxonalar tashkil etish shakllarida xam tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanoatda xorijiy investitsiya asosida qo‘shma korxonalar yuzaga keldi va bugungi kunda kich
ik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati
yaxshilanib, ularning raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi. Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida (40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlarida joylashgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatini yetarli darajada rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:
46
milliy investitsiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning Namangan viloyatida kutilgan amaliy natijalarni berayotganligi; ikkinchidan, aholining, xususan, kichik biznes egalarining bank, moliya- investitsion kompaniyalar xizmatlariga bo‘lgan ishonchining ortganligi, o‘z mablag‘larini iqtisodiyotga yo‘naltirishga moyillikning o‘sishi;
yaxshilanishi, davlat nazorat tizimining sezilarli darajada pasayishi, kichik biznes uchun yangi innovatsion loyihalar, zamonaviy minitexnologiyalar bozorlarining rivojlanishi kichik biznes tomonidan asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilinish hajmining oshishi.
kunda muvafaqqiyatli olib borilayotgan Namangan viloyati iqtisodiyotini, shu jumladan, real sektor tarmoqlarini, kichik biznes sektorini hamda shaharsozlikni rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy dasturlarning izchil ijrosi o‘z samarasini berishi va x.k.
Tadbirkorlik sub‘ektlarini respublika milliy iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini ta‘minlashdagi ahamiyati o‘ta muhim xisoblanadi. SHu sababli, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotning ushbu sohasiga katta e‘tibor berilib, ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, mamlakat mintaqalarda tadbirkorlik munosabatlarini samarali rivojlantirish va hududiy tashkil qilish, ularning mintaqalar iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirish borasida ko‘plab me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. 2017 yilda Namangan viloyatida 2,5 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik korxona va tashkilotlari tashkil etilib, bu 2016 yilga nisbatan 1,2 foizga ko‘paygan. Shuningdek faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlaring soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga ko‘paygan hamda ularning soni 1758 mingtani tashkil этган.
47
Buning natijasida 2017 yil faoliyat ko‘r satayotgan korxona va tashkilotlar soni 1,1 foiz ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 19952 mingtani tashkil etgan. Fao liyat ko‘rsatayotg a n korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida (40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlari xissasiga to‘g‘ri keladi (2-rasm). 2-rasm
ulushi (sonda ) (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari)
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 8
Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha jami fao liyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot laming 24,3 foiz savdoda, 19,5 foiz sanoatda, 7,3 foiz qurulishda, 7,3 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 4,0 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 3,5 foiz tashish va saqlash, 1,5 foiz axborot va aloqa, 2,2 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,4 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘gri keladi. Mintaqalar iqtisodiy geografik vaziyatini shakllanishi va tadbirkorlik muxtini rivojlanishida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyati va
8
48
ularning hududiy tashkil etilishi ham muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi. 2017 yilda Namangan viloyatida jami 103 ta Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud bo‘lib, ulardan 71 tasi qo‘shma korxonalar toifasiga mansub xisoblanadi. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Namangan shahri va Uychi, Namangan, Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq tumanlari hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalar esa Mingbuloq, Norin, Uchqo‘rg‘on va Yangiq‘org‘on tumanlari hissalariga tog‘ri keladi
(2-jadval). Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi. 2-jadval
hududlar bo‟yicha taqsimlanishi № Hududlar Soni Ulushi 1 Namangan sh 45 43,8
2 Mingbuloq t 1 1,0
3 Kosonsoy t 6 5,8
4 Namangan t 7 6,8
5 Norin t
3 2,9
6 Pop t
7 6,8
7 To‘raqo‘rg‘on t 6 5,8
8 Uychi t
9 8,7
9 Uchqo‘g‘on t 3 2,9
10 Chortoq t 6 5,8
11 Chust t
7 6,8
12 Yangiqo‘rg‘on t 3 2,9
Jami
103 100
Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan
Viloyatida 2017 yilning o‘zida 17 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar 49
tashkil etilgan bo‘lib, shulardan asosiy qismi Namangan shahri (7 ta), Kosonsoy (2 ta), Pop (3 ta), To‘raqo‘rg‘on (2 ta) tumanlarida tashkil etilgan. SHuningdek, Uychi, Uchqo‘rg‘on hamda Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham bittadan shunday korxonalar tashkil etilgan. Viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar toifasiga mansub korxonalarning asosiy qismi sanoa tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taxlil qilinadigan bo‘lsa eng ko‘p korxonalar sanoat tarmog‘ida tashkil etilgan (3-rasm ) (3-rasm).
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 9
Ko‘rinib turibdiki faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Sanoat va savdo faoliyat turiga to‘gri keladi. Shuningdek eng kam ulushi esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xiz matlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘gri keladi.
9
50
Tadbirkorlik muxitida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning tarkibida hamkor davlatlarning geografiyasi ham mazkur mintaqa ixtisoslashuviga katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadik, viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi 103 ta korxonalarning 69,9 foizi (72 ta) uzoq xorijiy davlatlar hissasiga, 30,1 foizi (31 ta) esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari hissasiga to‘g'ri keladi. Jumladan, viloyatda MDX davlatlari ishtirokidagi korxonalar sonida Rossiya Federatsiyasi ishtirokidagilar mutloq ustunlikka ega bo‘lib, ularning soni 23 tani tashkil etadi. Ushbu korxonalar Namangan shaxrida 10 tani, Pop va Chustda 3 tadan, Chortoqda 2 tani, To‘raqorg‘on, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Namangan tumaniarida 1 tadanni tashkil etadi. Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalarning 23 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 12 tasi Turkiya Respublikasi, 8 tasi Janubiy Koreya Respublikasi, 5 tasi Buyuk Britaniya qolganlari esa Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri (4-rasm) (4 rasm) Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni to‟g‟risida ma‟lumot
51
Mintaqalar iqtisodiyotini erkinlashtirish, iqtisodiy munosabatlarda demokratik tamoyillarning ustunligini ta‘minlash, erkin iqtisodiy xo‘jalik faoliyatini qaror toptirish va kafolatlash tizimining barpo etilishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini asosiy shakllaridan bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning o‘rni katta sanaladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‗llab–quvvatlash va rag‗batlantirish, ularni erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida Namangan viloyatida kichik biznes sub‘ektlarining soni 16928 tani tashkil qildi. SHundan, dexqon va fermer xo‗jaliklarini xisobga olmaganda 2017 yilda 2353 ta kichik biznes sub‘ektlarini tashkil etildi (2016 yilning shu davriga nisbatan 119,9 foizga ko‗pdir). Tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlarining ixtisoslashuv darajasi viloyat huduiy mehnat taqsimotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. SHu jihatdan, assoiy kichik biznes sub‘ektlari sanoat tarmog‗ida (34,4 foizi), savdo sohasida (26,0 foiz), qishloq, o‗rmon va baliqchilik xo‗jaligida (12,7 foiz) va qurilishda (5,6 foiz) tashkil etilgan (-rasm). (5-rasm)
52
Ustuvor vazifaning muvafaqqiyatli ijrosi o‘z navbatida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishda muhim o‘rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan kichik biznes sektorining mavqeini yanada oshirish hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. 2017 yil viloyat yalpi hududiy mahsulotning 70,6 foizi (2016 yilda 71,0 foiz) kichik biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra mazkur yilda kichik tadbirkorlik (biznes) sub‘ektlari tomonidan 863,4 ming nafar kishining bandligi ta‘minlangan bo‘lib, jami iqtisodiyotda band bo‗lganlarning 83,4 foiziga to‘g‘ri kelgan. Bu sohada band bo‗lganlarning 601,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatida, 137,5 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‗g‗ri keladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama berilayotgan e‘tibor, sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan bir qator farmon va qarorlarning ijrosini ta‘minlash natijasida viloyatda tadbirkorlik bo‘yicha qulay 53
ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub‘ektlarining o‘rni va ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Viloyatda kichik biznesning rivojlanishi viloyat iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga to‘liq monand keladi. Ya‘ni, viloyatda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida kichik biznesning ustunligini ham ta‘minlab bergan. Tarmoqda kichik biznesning yuqori mavqeni egallashi shubhasiz tez sur‘atlarda rivojlanib borayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari hisobiga ro‘y bergan. Ayni shu jihatdan ham eng barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kichik biznes sub‘ektlari ham aynan shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi (3-jadval). 3-jadval
1 Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 4844,2
99,3 2 Sanoat 2669,4 68,4
3 Qurilish 1458,9 93,9
4 CHakana savdo 5905,8 91,2
5 Yuk tashish (mln. tn)
19,7 94.8 Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari tomonidan 4844,2 mlrd. so‗mlik maxsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 101,2 foizga (qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari yalpi mahsulotining 99,3 foizi) oshgan. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 2669,4 mlrd. so‗mni tashkil etgan holda (jami sanoat ishlab chiqarishining 68,4 foizi) 2016yilga nisbatan 105,5 foizga o‗sganligini ko‘rish mumkin. Bugungi bunyodkorlik va yangilanish davrida qurilish sohasining ko‘rsatkichlari ham mintaqalar ishtimoiy iqtisodiy taraqqiyotinig asosiy ko‘rsatkichlaridan sanaladi. Bu borada viloyatda 2017 yilda 1458,9 mlrd. so‗mlik
54
qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 93,9 foizi) amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga ko‗payganligi kuzatiladi. Bozor munosabatlari sharoitida oilaning iqtisodiy funktsiyalariga uy xo‘jaligi, iste‘molchi, ishlab chiqaruvchi, ishchi kuchi va investor sifatiga qarash mumkin. Oilaning mazkur jamiyatdagi funktsiyalari ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda qator muammolarni hal qilishga hamda malakat ishlab chiqarish jarayonlarining jadallashuviga xizmat qiladi. 2012 yil 26-apreldagi O‘RQ-327 sonli qarori bilan ―Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun normalari bilan mamlakatimizda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kam tahminlangan, lekin iqtisodiy faol qatlamini bu sohaga keng jalb etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar va ayollar, umuman mehnat bilan band bo‘lmagan aholi qatlami o‘z ishini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. Oilaviy tadbirkorlik sohasida, ayniqsa, qishloq joylarda barqaror yangi ish joylarini tashkil etish hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi kuchlarini shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan tadbirkorlarga yordam berayotgan oila a‘zolarini rasmiy bandlik sohasiga bosqichma-bosqich jalb etilishini ta‘minlaydi. Oilaviy tadbirkorlik – kichik tadbirkorlikni tashkil etishning shakllaridan biri bo‘lib, unda bir oila a‘zolari va ularning qarindoshlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonaning mulkdori va ishchisi hisoblanadi. SHuningdek, oilaviy tadbirkorlik oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladi va o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilib yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni yuritishning bugungi xolati, mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik va xususiy tadbirkorlikni yuqoriligini
55
ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik mamlakat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur xolat, mamlakatda bu soxaga katta e‘tibor qaratilayotganligi bilan birga faoliyatning bunday shakli o‘zbek xalqi uchun an‘anaviyligidan dalolat beradi. Qolaversa, o‘zbek xalqi oiladagi ma‘naviy va moddiy manfaatdorlik uyg‘unligi, oila a‘zolarining birday ma‘sulligi, oilada turli kasb va hunarlarning avloddan avlodga o‘tishi kabi azaliy urf odatlarga ega. Bu xolat oiladagi ijtimoiy munosabatlarning yanada yaxshilanishiga olib kelishi natijasida jamiyat taraqqiyotining barqarorligini hamda iqtisodiy rivojlanish asosini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kundda putr yetgan yuqoridagi o‘zbek oilasiga mansub an‘analar va fazilatlarni ya‘ni, milliy xunarmandchilik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi azaliy urf odatlar va meroslarni saqlab qolishda oilaviy tadbirkorlikni hissasi katta hisoblanadi. Aytish joizki, oilaviy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishdan kam ta‘minlangan oilalar, vaqtincha ishsiz kishilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bevosita manfaatdor bo‘ladi. Yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi uchun barqaror daromad manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda oilaviy korxonalarning 76,6 foizi yoki 127 tasi sanoat, 60,9 foizi yoki 37 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 26,1 foizi yoki 29 tasi savdo, 12,5 foizi yoki 27 tasi qishloq , o'rmon va baliq xo'jaligi,
1.6 fo iz i yoki 3 tasi axborot va aloqa, 2 tasi qurilish, yoki 3 tasi tashish va saqlash hamda 12,5 foizi yoki 18 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (7- rasm).
2017 yilda 98 ta yaangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 58 ta sanoatda, yashash va ovqatlanish xizmat- larida 12 ta, savdoda va qishloq va o‘rmon va baliq xo‘jaligida 10 tadan, boshqa turlarda 8 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan. Ko‘rinib turibdiki viloyatda oilaviy korxonalar asosan sanoat tarmoqlarida tashkil etilagan. Bu mintaqa sanoat ixtisoslashuvini hamda sanoat koperatsiyasini rivojlanishini keltirib chiqaradi. 56
Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha ulushi, foizda Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
Tadbirkorlik faoliyatini rivojdanishi hamda tadbirkorlik muxiti imkoniyatlarini o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: birinchidan, mintaqada tadbirkorlikni rivojlanishi viloyat iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda muhim omil hisoblanadi; ikkinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishi demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va mulkdorlik hissini oshishiga yordam beradi; uchinchidan, bu sohani rivojlantirish milliy urf- odatlarimizning saqlanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi; to‟rtinchidan, tadbirkorlik mintaqa aholisining qadimiy a‘analari va milliy hunarmandchiligini dunyoga tarqalishiga hizmat qiladi va turizm rivojlanishi imkoniyatini beradi;
ta‘minlash va farovonligini yuksaltirishga katta turtki beradi; oltinchidan, mahallalarda oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga
57
ko‘maklashish va rivojlantirish turli jinoyatchilikni kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin va h.k. 2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari Tadbirkorlik faoliyati va muxitini rivojantirishdagi mavjud muammolarni yechimini topish istiqbollashtirilayotgan ishlar ijrosini ta‘minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora tadbirlarni belgilashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2015 yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotimizning hal qiluvchi tarmoqlaridan biriga aylanib borayotgani, uning Namangan viloyatida izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining 82 foizdan ziyodi ushbu sektorda mehnat qilayotganligini ta‘kidladilar. SHu bilan birga, bu sohada ayrim muammolar borligi ham qayd etilib, ―… viloyatda ro‘yxatga olingan 14 ming 765 ta kichik biznes sub‘ektining 2 mingdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmayapti. Kichik biznes sub‘ektlari o‘z ishini tashkil etishi uchun ularga
binolar, yer
uchastkalari ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish masalalarida hali-beri to‘siq va g‘ovlar uchrab turibdi‖ 10 deb
e‘tirof etdi. Qo‘yilayotgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, tadbirkorlik faolligini oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur: - milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash negizida uni barqaror rivojlanishini ta‘minlash; - iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash; - Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab – quvvatlash tizimini amalga oshrish orqali, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish;
10
Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.
58
- Tadbirkorlik muxitini shakllantirishga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni samarali harakat qilishini ta‘minlash. Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - Tadbirkorlik muxitini shakllantirishning huquqiy-meyoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta‘sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; - davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo‘llash; - Tadbirkorlik faoliyatini innovatsiya negizida rivojlanishini ta‘minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; - Tadbirkorlik faoliyati sust bo‘lgan tumanlarda soxani moliyaviy jihatdan ta‘minlashning mavjud mexanizmlarini samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish; - Tadbirkorlik sub‘ektlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish; - Viloyatdagi ta‘lim muassaslarida tadbirkorlik saohasi uchun malakali raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish; - Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida klasterlarni shakllantirish. Tadbirkorlik yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamalkatimiz sharoitlariga tatbiq
etish muhimdir. Xususan, statistik ma‘lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning
59
o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. SHuningdek ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italьyan modeli»dir. Bunday sanoat okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ladi, jumladan: korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid ma‘lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga keladi; milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar yetakchi mavqega ega bo‘ladi; tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida bandlik yuqori darajada bo‘ladi. Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli «konstellyatsiya» 11 ahamiyati alohida e‘tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik jarayon uchun mas‘ul bo‘ladigan, ba‘zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar. Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi, shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. Demak korxonalardagi faoliyatning muvofiqlanishuvi yuzaga keladi. Turli
11 ―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир 60
konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan talabning kengaytirilishi va erkin raqobat muhiti yaratiladi, shu bilan birga mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi. Fikrimizcha, Italiya
Respublikasida kichik
biznes sub‘ektlarini rivojlantirishning bu tashkiliy shakli O‘zbekistonda ham mavjud xususiyatlar asosida foydalanish mumkinligini e‘tirof etmoqchimiz. CHunki bois konstellyatsiya usulini O‘zbekiston amaliyotida ham qo‘llash, tadbirkorlikda afzalliklar yaratadi, bular: - Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi; - texnologik jihatdan murakkab bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi; - korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; - marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi. Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun tashqi bozor talablariga to‘liq javob beradigan marketing majmuasi axborotlari bilan ta‘minlangan bo‘lishlari zarur. Bozorlarning o‘ziga xos salohiyati va bozor kon‘yukturasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha joriy axborot tizimiga, kompaniyalarning barcha resurslari bevosita savdo faoliyatiga qaratilgan va asosiy xaridorlar bilan doimiy aloqa o‘rnata oladigan tashkilotlar bu eksport savdo kompaniyalaridir. Jahon amaliyotida eksport faoliyatini tashkil etishning chet ellarda savdo uylarini ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng tarqalgan. O‘zbekiston savdo uylarining chet ellarda tashkil etilishi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar eksport faoliyati samaradorligining oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida savdo vositachilari ko‘mak beradi va hamkorlar va xaridor topishga dastlabki imkoniyat yaratishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va xorijiy tajribani o‘z ichiga qamrab oluvchi ―Mintaqada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi‖ni ishlab chiqish maqsadga 61
muvofiq deb hisoblaymiz. Uni ishlab chiqish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e‘tibor berish lozim: Birinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishida tadbirkorlik mehnat unumdorligi bog‘liqlik omillaridan, yildan yilga ijobiy natijalarga erishish, ishlab chiqarish uzluksizligi yoki davomiyligini saqlash, kabi ko‘rsatkichlarga e‘tibor berilishi zarur. Ikkinchi omil ko‘proq kichik biznes sub‘ektlariga taaluqlidir. CHunki amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining yangi tashkil etilishi va faoliyatini to‘xtatishi ko‘p uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy maqsadga aylantirish.
tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash. To‟rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiy- texnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: - birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; - zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi: - respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar katologini tuzish; 62
- viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini takomillashtirish; - har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini takomillashtirish; - mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash. Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi. Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: - viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish; - hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish; - ma‘muriyatchilikni keskin cheklash; - yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish; - korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish; - tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat ko‘rsatkichiga erishish.
63
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoniga 12 muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni amalga oshirish lozim. Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini
12 http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036 64
oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi. Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz. Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi. SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq. 65
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF- 4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
http://lex.uz . 2.
O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 y, 21 dekabr 3.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi isloxotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me‘yoriy xujjatlar to‘plami. I-tom. -T.: O‘qituvchi. 1998. 416 b. 4. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:
«O‘zbekiston», 1999 y. 5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni 6. Мирзиѐев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. Халқ сўзи газетаси 2017 йил 16 январ, № 11. 7. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. http://uza.uz/oz/politics/erkin-va-farovon-demokratik-zbekiston-davlatini- mard-va-olizh-14-12-2016 8.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://president.uz/uz/lists/view/1371
66
9. Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr. 10.
Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 168 с. 11. Абдуллаев О. Наманган вилояти. Наманган, 1994 й. 148 б. 12. Абдуллаев О. Фарғона водийси: ижтимоий-иқтисодий ривожланиш жараѐнлари. -Наманган.: Меҳнат, 1991.-215 б. 13.
Абдуллаев О., Исмоилов Р. Кичик ва ўрта бизнесни бошқариш. – Наманган, 2001. -115 б. 14. Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари: 100 савол ва жавоб. Т.: «Меҳнат», 2000. 186 б. 15.
Зяблюк Н.Г. Государство и малый бизнес США. Социально- политический аспект. М.: Наука, 1987. 242 с. 16. Мирзаева Ш.М. ва бошқ. Ўзбекистонда ишбилармонлик ва тадбиркорликнинг ривожланиши. Тошкент. 1999 й. 156 б. 17.
Курс предпринимательства. /Учебник для вузов. –М.: «Финансы», ЮНИТИ, 2001 18. Лебедова С.Ю. Регулирование и поддержка малого и средного предпринимательства в ЕС и России.
Манбаа: http://www.dis.ru/mang/arxiv/2001/1/6.html
19.
Никологорский Д.Ю. О методах государственной поддержки малого и средного бизнеса. Журнал ―Проблемы теории и практики управления‖. № 11, ноябрь, 2006 г. 20.
Рубе В.А. Малый бизнес: История, теория, практика. – М., МГУ, 2000. с.78.
21. Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. Ресурсный центр малого предпринимательства http://www.lib.rcsme.ru
22.
Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт. Т.: Университет, 2003 й, 366 б. 67
23. Солиев А, Назаров М, Қурбонов Ш.―Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий- иқтисодий ривожланиши‖. Т.: 2011, 300 б. 24. Солиев А. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиѐти [Матн]: танлаган асалар / А.Солиев; маъсул муҳаррир: О.Б.Ота- Мирзаев. – Тошкент: Камалак. 2013. -184 б. 25. Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б. 26. Тореев В.Б., Вороновская О.Е. Эффективность программ поддержки малого предпринимательства. – М., Журнал «Экономическая наука современной России», № 3, 2002 г. Стр. 73-87. 27. Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. /илмий таҳлилий журнал, -Т.: 2005 йил, № 3-4. 28.
Егамбердиев э., Хўжақулов Х. Кичик бизнес ва тадбиркорлик. –Т.: ТМИ, 2003. 246 б. 29. Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 214 б. Internet saytlari 1. http://www.gazeta.uz - O`zMAA internet-OAV. 2. http://www.ziyonet.uz – O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim portali 3.
http://www.namstat.uz- Namangan viloyati statistika boshqarmasi sayti 4. http://bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna variantlarini o`zida qamrab olgan veb-sahifa. 5. http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi axborot bilan ta‘minlash markazi. 6.
http://www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. 7. http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. 8. http://kun.uz/ 9. http://www.rea.uz 10. http://www.humanities.edu.ru 11. http://www.rcsme.ru/lib.as
http://www.i-u.ru Document Outline
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling