Himoyaga tavsiya etildi
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tamoyillari ва usullari
Download 0.81 Mb.
|
Abdimuratov Islom
2. Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tamoyillari ва usullari.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali о‘tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni о‘tkazishning myetodlariga bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga kо‘ra uning quyidagi turlari mavjud: umumdavlat Moliyaviy nazorati; idoraviy Moliyaviy nazorat; xо‘jalik ichidagi Moliyaviy nazorat; jamoatchilik Moliyaviy nazorati; mustaqil Moliyaviy nazorat. Umumdavlat Moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (pryezidyent, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi, Davlat bojxona qо‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi Moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bо‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy Moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, Shu idoraga bо‘ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xо‘jalik ichidagi Moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va Moliyaviy xizmatlari tomonidan о‘tkaziladi. Bu yerda Moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xо‘jalik va Moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik Moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil Moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan о‘tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bо‘yicha klassifikasiya qilish qabul qilingan: amalga oshirilish ryeglamyenti; о‘tkazilish vaqti; nazoratning sub’yektlari; nazoratning ob’yektlari. Amalga oshirilish ryeglamyenti bо‘yicha Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: majburiy (tashqi); tashabbuskorli (ichki). YUridik va jismoniy shaxslarning Moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning Moliya-buxgaltyeriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tyegishli bо‘lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) Moliyaviy nazorat Moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va stratyegik maqsadlarga erishishda Moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. О‘tkazilish vaqti bо‘yicha Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni о‘z ichiga oladi: dastlabki; joriy (opyerativ); navbatdagi (kyelgusi, sо‘nggi). Dastlabki Moliyaviy nazorat Moliyaviy opyerasiyalarning sodir bо‘lishidan oldin amalga oshiriladi va Moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning notyejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning Moliyaviy jihatdan asoslangan bо‘lishini kо‘zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining Moliyaviy Rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini kо‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular Moliyaviy Rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznyes-Rejalarning Moliyaviy bо‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat tо‘g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bо‘lishi mumkin. Joriy (opyerativ) Moliyaviy nazorat pul bitimlari, Moliyaviy opyerasiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bо‘lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bо‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, Moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining о‘z vaqtida amalga oshirilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu yerda buxgaltyeriya xizmatlari katta rol о‘ynaydi. Navbatdagi (kyelgusi, sо‘nggi) Moliyaviy nazorat Moliyaviy hisobot va buxgaltyeriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yо‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’yektlar Moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan Moliyaviy stratyegiya amalga oshirilganligining samaradorligini, Moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mо‘ljallangan. Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda Moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud: byudjet Moliyaviy nazorati; nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat; soliqlar bо‘yicha amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat; valYuta opyerasiyalari ustidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat; kredit opyerasiyalari bо‘yicha Moliyaviy nazorat; sug’urta faoliyati bо‘yicha Moliyaviy nazorat; investision faoliyat bо‘yicha amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat; pul massasi ustida amlga oshiriladigan Moliyaviy nazorat; va boshqalar. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatning alohida masalalari bо‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida Moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi. Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, matyerial, yoqilg’i va enyergiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida о‘lchanadi. Shuningdyek, tadqiq etish sо‘rash, kuzatish va inspyeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) Moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta, investision, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib olinishiga olib kyeladigan о‘rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kо‘zda tutadi. Iqtisodiy tahlil Moliyaviy nazoratni amalga oshirish myetodi sifatida xо‘jalik faoliyatining natijalari, Moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik Moliyaviy va buxgaltyeriya hisobotlarini dyetallashtirilgan tarzda о‘rganishni kо‘zda tutadi. Taftish Moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan myetodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qо‘llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar Moliya-xо‘jalik faoliyatini о‘zaro bog’langan komplyeks tekshiruvidan iboratdir. Taftish taftish qilinayotgan ob’yekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xо‘jalik opyerasiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, Moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgaltyeriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Sub’yekt xо‘jalik faoliyatini qamrab olishning tо‘liqligiga qarab taftishning quyidagi turlari bо‘lishimumkin: tо‘liq; qisman; mavzuli; komplyeksli. Tо‘liq taftish nazorat ob’yekti Moliya-xо‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini tekshirishni kо‘zda tutadi. Qisman taftish xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt Moliya-xо‘jalik faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun о‘tkaziladi. Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati bо‘yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlab о‘tkaziladiki, bu narsa ularga xos bо‘lgan tipik kamchiliklar va buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bо‘yicha tyegishli choralarning qо‘llanilishiga imkon beradi. Komplyeksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va eng tо‘liq bо‘lgan taftish bо‘lib, u nazorat sub’yektining xо‘jalik va Moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va Moliyaviy resurslarning butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgaltyeriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi masalalarni о‘z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tyegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, о‘z navbatida, komplyeksli taftish natijalarining tо‘liqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi. Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalarining qamralib olinishi darajasiga kо‘ra taftishlar quyidagi uch guruhga bо‘linadi: yoppasiga taftish; tanlanma taftish; kombinasiyalashtirilgan taftish. YOppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum bir qismidagi barcha opyerasiyalarning tekshirilishini taqoza etadi. Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig’ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga о‘tiladi. Kombinasiyalashtirilgan taftish bir qismning yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma myetod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa Yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi bilan xarakterlanadigan va yirik xо‘jalik opyerasiyalarini amalga oshiruvchi sub’yektlar faoliyatini taftish qilishga imkon beradi. О‘tkazilgan taftish asosida akt rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida Moliyaga ob’yektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, Moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda (aspyektda) qaraladi: barcha iqtisodiy sub’yektlarning Moliyaviy qonunchilik va Moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq ryeglamyentasiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; Moliyaviy opyerasiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada Moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elyenmyenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi (aspyekti) bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lsa-da, nazoratning maqsadi, myetodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda Moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) Moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, Shuningdyek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga Moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida Moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, Moliyaviy-xо‘jalik opyerasiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni о‘z ichiga oladi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, Moliyaviy nazorat u yoki bu Moliyaviy harakat sodir bо‘lishining baholashni о‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u о‘zining analitik yо‘nalishiga (aspyektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bо‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, Shu jumladan, Moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham Moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning pryedmyeti quyidagi Moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; soliq tо‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, о‘lchamlari); xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari; tannarx va foyda; uy xо‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari; va boshqalar. Moliyaviy nazoratning pryedmyeti hisoblangan Yuqoridagi kо‘satkichlarning kо‘plari hisobli kо‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, о‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining tо‘g’riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi. Moliyaviy nazorat Moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bо‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat, bir tomondan, о‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bо‘lgan) ikki sohaga bо‘linadi: davlat Moliyaviy nazorati; nodavlat Moliyaviy nazorati. Davlat Moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkryet organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining komplyeksli va maqsadga yо‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitusiyasi hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. Uning huquqiy ryeglamyenti davlatning tipiga, uning sosial-siyosiy yо‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat Moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat Moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tyegishli hisoblanadi. Davlat Moliyaviy nazorati davlatning Moliya siyosatini amalga oshirishga va Moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va Moliyaviy korporasiyalarning Moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling