Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet4/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Iqtisodiy Valyuta riski. Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi o`zgarishining salbiy ta`siri ehtimoli sifatida ta`riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobatlashuvning o`zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste`molchilari ehtiyojining o`zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin.
Iqtisodiy Valyuta riski mamlakatlar o`rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda Valyutalar kursining o`zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o`sha mamlakatdagi shahobchasida sotib olinadigan Tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida Valyuta kursi iqtisodiy Valyuta risklarini yuzaga keltiradi.
o`z xarajatlarini faqat milliy Valyutada amalga oshiruvchi hamda Valyuta kursi o`zgarishiga ta`sir ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`lgan kompaniyalar iqtisodiy riskka kamroq darajada duchor bo`lishadi. Mazkur kompaniyalar o`z mahsulotlarini faqat mamlakat ichida sotishadi va tovarlar tomonidan raqobatga uchrashmaydi, shuningdek, kursning ijobiy o`zgarishi natijasida narxlar birmuncha foydali bo`lishi mumkin. Biroq, bunday kompaniyalar ham to`liq riskdan himoyalangan emas, chunki almashinuv kursining keskin tarzda o`zgarishi ular faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatishi ham mumkin.
Almashinuv kurslarining tebranishi kompaniyalarning xarajatlari tarkibiga yoki ularning milliy Valyutada ifodalangan sotish narxlariga ta`sir etib, boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatlashuv darajasiga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Faqat ichki bozorda faoliyat ko`rsatib milliy Valyutada xarajatlar qiluvchi kompaniya milliy Valyuta kursining oshishidan zarar ko`radi, chunki raqobatchi import tovarlar birmuncha arzon bo`ladi.
Shu o`rinda aytish joizki yana bir boshqa bir adabiyotda, ya`ni mualliflari T.I Bobakulov va U.A Abdullayev bo`lgan “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” darsligida valyuta risklarining turlari quyidagicha keltirilgan:
Valyuta riskining quyidagi turlari mavjud:

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling