Hind chinniguli
Download 0.62 Mb.
|
tabiat. slayd
Joʻka (Tilia) — joʻkadoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻzbekistonda 9 turi oʻstiriladi. 3 turi — yirik bargli J., mayda bargli J. va yuraksimon bargli J. dorivor hisoblanadi. Ular boʻyi 25 m gacha keladigan daraxtlardir. 300—400 yil usadi. Barglari uzun bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari tarkibida efir moyi, S vitamin, karotin va b. moddalar bor. Quritilgan bargi va preparatlari terlatuvchi dori sifatida, shuningdek, damlamasi ogʻizni chayqash uchun ishlatiladi. Yogʻochi oq, yumshoq boʻlib, mebel, faner va b. tayyorlashda ishlatiladi.[1]
Kashtan (Castanea) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. Kashtan 500—1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin Kashtan (C.sativa) Qora dengiz boʻylari va Zakavkazyeda, togʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng , bargi oddiy, yirik, uz. 12—25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), tuq jigarrang . Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5—10-yilda meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sent.dan noyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120–140 kg hosil olinadi. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moy, vitaminlar, limon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochida, poʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6—14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. Kashtanning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. Kashtan urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasalliklari: ildiz vatana raki, oʻzak chirishi. Zararkunandalari: meva qurti, qoʻngʻizlar
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling