Hindistonda ta’lim tizimi uchga bo’linadi : 1 Maktabgacha ta’lim
Download 15.98 Kb.
|
HINDISTON TA\'LIM
Hindistonda ta’lim tizimi uchga bo’linadi : 1 Maktabgacha ta’lim; 2 Maktab ta’limi; 3 Oliy ta’lim. Maktabgacha ta’lim Odat bo‘yicha Hindistonda kichik yoshdagi bolalar onasi yoki yaqin qarindoshi qaramog‘ida bo‘ladi. Xuddi O‘zbekistondagi yoki Yevropa davlatlari kabi u yerda “bog‘cha”lar mavjud emas. Bola maktabga chiqqunga qadar onasi unga bilim beradi va uni boshlang‘ich maktabga tayyorlaydi, biroq so‘nggi yillarda bolalarning maktabgacha bo‘lgan davrda uyda qolishi muammoga aylanib bormoqda. Bu muammoga yechim sifatida maktablar qoshida qo‘shimcha “tayyorlov guruhlari” tashkil etilgan. Ushbu guruhlarga bolalar qoida bo‘yicha 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi va ta’lim jarayoni o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Taxminan, shu yoshdan ular ingliz va hind tillarini o‘zlariga biriktirilgan muallimlar orqali o‘rgana boshlaydilar. Maktabga tayyorgarlik bir yildan ikki yilgacha davom etishi mumkin. O‘rta ta’lim Hindiston maktablari bolalarni 4 yoshdan boshlab qabul qiladi va ularni yagona ta’lim tizimi bilan o‘qitadi. Dastlabki 10 yillik ta’lim – bepul, majburiy va ta’lim standartlariga mos holda amalga oshiriladi. Hindistonda maktab ta’lim tizimi mutlaqo bepul, ammo shunga qaramay ba’zi badavlat ota-onalar o‘z farzandlarini “xususiy maktablar”ga yoki “nufuzli davlat maktablari”ga o‘qishga berishadi . Bunday maktablarda o‘qish uchun to‘lov summasi oyiga 100$ ni tashkil etadi, ammo olingan bilim bepul maktablarga qaraganda ancha yuqori bo’ladi . Maktablarda o‘qish 6 kun, har kuni jadval bo‘yicha 6 tadan 8 tagacha darslar o‘tiladi. Hind maktablarida baholash tizimi mavjud emas, ammo bir yilda ikki marta bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi umumta’lim fanlaridan imtihonlar joriy etilgan. Hamma imtihonlar yozma – test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Hindiston maktablarida o‘qituvchilarning ko‘pini – erkaklar tashkil etadi . Oliy ta’lim Hindistonda oliy ta’lim ancha rivojlangan. Sababi u Yevropa standartlariga asoslangan, ayniqsa Britaniya ta’lim tizimiga. Mamlakatda 220 dan ortiq universitet mavjud. Oliy ta’lim uch bosqichdan iborat: bakalavr, magistratura va doktorlik darajasi.Nufuzli universitetlar qatoriga – Kalkutta, Mumbay, Dehli, Rojaston universitetlarini kiritish mumkin. Hindistonda talabalarning 50 foizi chet elliklardan iborat .Oliygohlarni tamomlovchi talabalarning 40 foizi gumanitar sohalarni tamomlashadi. Shu bilan birga, mamlakatda Yevropa ta’lim tizimidan tashqari, an’anaviy – milliy ruhdagi oliy o‘quv yurtlari ham mavjud. Bunday oliygohlarda talabalar mamlakat madaniyati, tarixi, san’ati va tillarini o‘rganishadi. Download 15.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling