b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani valuta schyotiga o’tkazilishi: D-t 5210 «Valuta schyoti», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti. v) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida sodir bo’lgan ijobiy kurs farqini aks ettirilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti. g) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan yuqori kursda sotib olish natijasida sodir bo’lgan salbiy kurs farqnini aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti. Xulosa Pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag’lardan maqsadli foydalanish va xo’jalik mablag’larini ko’paytirish hamda majburiyatlarini qoplashga yo’naltirilishini nazorat qilishdir. Хo’jalik operatsiyalari natijasida sodir bo’ladigan o’zaro hisoblashishlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri, o’z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar tizimida ikkiyolama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to’lanadigan mablag’larni tan olish usullariga ko’ra, so’ndirilishini ta’minlash bo’yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |