Hisob palatasi tomonidan nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshirish
Download 14.98 Kb.
|
Hisob palatasi
Hisob palatasi tomonidan nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshirish. Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va o‘rganish shaklida nazoratni amalga oshiradi. Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha, shu jumladan davlat organlari va o‘zga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish uchun ko‘rsatma yuborishga haqli. Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqli. Bundan tashqari 2022 yil 1 yanvardan boshlab Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amalga joriy etiladi: moliyaviy audit. Unda buхgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishi, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligi hamda daromadlarning toʻliqligi, shuningdek moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholash nazarda tutiladi; muvofiqlik auditi. Bu konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablagʻlaridan foydalanishda, davlat хaridlarini amalga oshirishda, shuningdek daromadlarning toʻliqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida NHH talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashdan iborat; samaradorlik auditi. U nazorat ob’yektida хarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablagʻlardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan byudjet va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Download 14.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling