Hisob siyosati va moliyaviy hisobot


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot


Download 0.7 Mb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1373427
1   2   3   4
Bog'liq
HISOB SIYOSATI

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
Pul oqimlari haqidagi hisobot
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin.
Mazkur standartda hisob siyosati deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qo‘llaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xo‘jalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi.
Moliyaviy hisobotlar maqsadi
Iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, uning faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida va pul mablag‘larining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Asosiy prinsiplar
Hisoblash prinsipi
Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish
Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi
Uzluksizlik
Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling