Hisobining tarixiy shakllanishi
Download 239.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi Reja 1 Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanish 2 Boshqaruv hisobi» fani, uning predmeti va metodi 3 Boshqaniv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tom onidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o’quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bodishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bogdiq.Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bodib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib,so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bodishi kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya hisobining ajratib kohsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o‘z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo‘yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to‘liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi iozim.Shuningdek, iqtisodiy axborotlar korxona faoliyatini budjetlashtirish, istiqbolni belgilash, xarajatlar hisobi va m ahsulot tannarxini to‘g‘ri tashkil etish bo’yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishda zaruriy asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu kabi masalalar respublikamizda «Boshqaruv hisobi» fanini yuzaga keltirish va uni rivojlantirish yohialishlarini belgilashga asos bo‘lib xizmat qiladi.«Boshqaruv hisobi» fanining predmeti xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaaiv hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo‘yicha hisobot tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariyuslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi.Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining 90% ini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori malakaU mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi.Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo’lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi; Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog‘lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog'liq.Ishlab chiqarish hisobi ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon boladi. U korxonada mahsulot islilab chiqarish va sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham ‘ mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning toTov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar.Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini • oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. Document Outline
Download 239.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling