Hisoblash usullari
Download 327.61 Kb.
|
Oddiy differensial tenglamalarni bir qadamli usullar Eyler, Runge
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi
- O’zbekiston Respublikasi prezdenti. SH. M. Mirziyoyev Kurs ishi mavzusi dolzarbligi
- Kurs ishi mavzusini o’rganganlik darajasi
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS 302–GURUH TALABASI XO`SHBOQOV ABDULLANING “ HISOBLASH USULLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Mavzu: Oddiy differensial tenglamalarni bir qadamli usullar (Eyler, Runge-Kutta, Kutta-Merson usullari) bilan taqribiy yechish Tayyorladi: Xo`shboqov A. Qabul qildi: Ziyakulova Sh. Mavzu: Oddiy differensial tenglamalarni bir qadamli usullar (Eyler, Runge-Kutta, Kutta-Merson usullari) bilan taqribiy yechish Reja: Kirish 2 Xulosa 26 Foydalanilgan adabiyotlar 28 Kirish– Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “So‘z – gul, ish – meva”. O‘ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo‘lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Sizlar ko‘p kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezdenti. SH. M. Mirziyoyev Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Hayotimizdagi har qanday jarayon, har qanday faoliyat ularning ixtisoslashgan rolini bajaradigan tegishli qoidalar, ko'rsatmalar, qoidalar bilan tartibga solinadi. Binobarin, differensial tenglamalar uni tadqiq etish va tahlil qilish uni vakolatli qo'llash va tayyorlash, shuningdek bajaruvchining samarali ishlashi uchun eng yaxshi tizimni yaratish uchun zarurdir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Dunyoqarashni nima o’zgartiradi - ilm, daromad, manfaat” va “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z xayotida ijobiy o’zgarishlarni qurishni istaydi. Bizning mexnatkash, oqko’ngil, bag’rikeng xalqimiz bunga to’la xaqlidir” bular esa o’z navbatida kadrlar salohiyati va hujjatlashtirish tizimi, davlat va vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan farmonlarga bog’liq. Kompyuterning qoʻllanilish sohalaridan biri mexanika, texnika, telemommunikatsiyaning koʻpgina ob’ektlarida yuz beradigan baʼzi jarayonlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tahlil qilish dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda tadqiqot jarayonlari va obyektlarining shu paytgacha nomaʼlum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu uslubiy koʻrsatmaning mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllanilishiga bog`liq boʻlib, oʻquv-uslubiy, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir. Koʻplab sohalardagi jarayonlarning matematik modeli oddiy yoki xususiy hosilali differensial tenglamalar nomi bilan yuritiladi. Eng koʻp tarqalgan Koshi masalasi bu boshlangʻich shart bilan berilgan masalalardir. Ana shu boshlangʻich shartlar asosida masalani yechish jarayoni osonroq bajariladi. Boshqa turdagi masalalar – chegaraviy masalalar (masalan, chekli shartlar yoki oraliq nuqtalarda shartlari berilgan masalalar) – maxsus uslublar yordamida yechiladi, xususan ularning baʼzilari unga ekvivalent boʻlgan boshlangʻich shartli masalalarga keltirib yechiladi. Kurs ishi mavzusini o’rganganlik darajasi. Kurs ishining mavzusi yuzasidan xorij olimlaridan Robert.L.Maltus, V.I. Andreeva, T.Yu. Bazarov, A.Ya. Kibanovlar differensial tenglamalarda raqamlarni jarayonga tushurish tizimlarini, jarayonlarni formallashtirish bosqichlari va ularni soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mahalliy olimlarimizdan M.S.Salohiddinov, F.N.Nasriddinov, N.Dilmurodov hisoblash usullari faoliyatini raqamlashtirish, zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlariga alohida e’tibor qaratilgan. Download 327.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling