„hisoblayman oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik


Download 146.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi146.51 Kb.
#1277765
  1   2
Bog'liq
Kompyuter - Vikipediya



Kompyuter
Kompyuter(inglizcha: computer —
„hisoblayman“) — oldindan berilgan
dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik
qurilma. Elektron hisoblash mashinasi
(EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq,
kompyuter hisoblash ishlarini
bajarishdan tashqari uning funksiyasi
ancha keng. EHMlarning rivojlanishida
kompyuter ning bir necha avlodlarini
koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element
turlari, konstruktiv-texnologik


xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur
taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan
foydalanishning qulaylik darajasi bilan
bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning
dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2,
BSEM-2) asosiy element elektron lampa
boʻlgani uchun u juda katta joyni
egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida
tranzistorlar ishlatilgan kompyuter
(Razdan-2, M-220, Minsk-22 va
boshqalar), integral mikrosxemalar
ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-
370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va
boshqalar, integratsiya darajasi katta
boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan
shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi.
Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro


EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar
oxiridan boshlab keng tarqala boshladi.
Shaxsiy kompyuterning keyingi
avlodlarida mikroelektron va
biosxemalardan foydalanildi; ularning
hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi,
massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi.
1981-yil IBM shirkati shaxsiy
kompyuterning yanada takomillashgan
modellarini ishlab chikara boshladi.
Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC
biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati
esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“)
yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan
kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida
dunyoda oʻnlab million shaxsiy
kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM


(shu jumladan, bir necha oʻn superEVM)
boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni
yechishda foydalaniladigan
komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va
tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Murakkab masalalarni yechishda kuchli
qurilmalar urnatilgan kompyuterdan,
qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi
boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi.
Istalgan kompyuter tizimlar bloki,
monitor va klaviaturadan iborat boʻladi.
Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari
boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar
bloki da kompyuterning ishlashi uchun
zarur muhim qismlar (diskni yuritkich,
vinchester — qattiq disk, mantiqiy
amallarni bajaruvchi mikrosxemalar)


boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi.
Monitor (displey) matn va turli tasvir
kurinishidagi axborotlarni ekranda aks
ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq
va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha,
kompyuter tarkibiga „sichqon“
manipulyatori va printer kiritiladi.
„Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi
(tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning
yordamida kompyuter ishini
osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni
qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt
qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va
kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Boshqarish qurilmasi kompyuterning
barcha qurilmalari ishini


muvofiklashtiradi va boshqaradi.
Protsessor kompyuterning asosiy
qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov
beradi, yaʼni hisoblash amallari,
solishtirish va uzatish kabi
arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu
qurilma bajaradigan amallar dasturlar
orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi
axborotlarga ishlov berish vaqtida uni
saqlash uchun xizmat qiladi.
Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada,
uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar
tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi.
Ichki va tashqi xotiralarda axborot
almashinuvi kiritish — chiqarish
qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.


Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan.
Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular
yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib
olish va amaliy tajribalarni orttirish
mumkin (qarang: Kompyuter oʻyinlari).
Kompyuterning universalligi axborotni
aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga,

Download 146.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling