„hisoblayman oldindan


Download 31.1 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi31.1 Kb.
#1058190
Bog'liq
Kompyuter


Kompyuter


Kompyuter (inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan
berilgandastur bo'yicha ishlaydigan
avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini ko'rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik Tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa bo'lgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. So'ngra bu lampa o'rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va
boshqalar, integratsiya darajasi katta bo'lgan integral sxemalar o'rnatilganshaxsiy kompyuterlar paydo bo‘ldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmtacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yilIBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni,Apple shirkati
esaMacintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda o‘nlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha o‘n superEvM) bo'lgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi bo'lgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki,monitor va klaviaturadan iborat bo'ladi. Kerak bo'lganda bo'lardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) bo‘lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Ko'pincha, kompyuter tarkibiga „sichqon“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) bo'lgan qurilma bo‘lib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qog'ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, to‘rt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish
Qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi bo‘lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish — chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Download 31.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling