Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Download 262.27 Kb.
|
Hisobot 2 oxiri. Y.M
Quyidagilar asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100–moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan: Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish; Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; Atrof – muhitni muhofaza qilish; Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; Normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 2. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonuni. Unda mahalliy davlat hokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvetsiya va dotatsiyalarni tashkil etadi. 3. O’zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo’nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son qonuni qabul qilindi, hamda mazkur qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risidagi” va “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi” qonunlari o’z kuchini yo’qotgan deb topilgan bo’lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi”, “Xorijdan mablag’jalb qilish to’g’risidagi” va “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” qonunhujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 3-rasm. O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rinlari.3 Qolaversa, Byudjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni to’g’risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish bilan shug’ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlari, byudjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir. Chunonchi, mantaqalarda Byudjet kodeksi resurslarini qayta taqsimlash va ularning daromad salohiyatini mustahkamlashning barqaror hamda samarali mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu-byudjetlarini tuzish va ijro etish ularoldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan qoidalaridir.Fuqarolar uchun esa Byudjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham muhimki, bugungi kunda Davlat byutjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga yo’naltirilyapti. Bular ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir xarajatlaridir. Agar qonunchilik davlat byudjetining ijrosi va uning ijrosini nazorat qilishshning aniq taomillarini ta’minlasa, sog’liqni saqlash va ta’lim kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini qo’llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish mumkin. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tarkibiy tuzilishi 6-rasmda ko’rsatilganidek, 2 qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining umumiy qismi 5 ta bo’lim(I-V bo’limlar), 15 ta bob(1-15 boblar), 82 ta modda(1-82 moddalar)dan iborat bo’lsa, Byudjet kodeksining maxsus qismi esa 4 ta bo’lim (IV-IX bo’limlar), 13 bob (16-28 boblar), 110 modda(83-192 moddalar)dan iborat. Ozbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining tarkibiy qismlarini ko’rinishida ifodalashni maqsadga muvofiq deb bildik. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mazkur kodeks taraqqiy etgan mamlaatlarning bu boradagi ilg’or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining asosiy 2 ta –“Byudjet tizimi to’g’risidagi” va “ davlat byudjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet jarayoning alohida masalalarini tartibga soluvchi 6 ta qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’z ichiga qamrab olgan, hamda unda turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan va qoidalar tizimlashtirilib, muvofiqlashtirilgan, byudjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalar va ta’riflar berilgan. Shuningdek, byudjet jarayonigi yangi usullar va dastaklarni joriy etish, hamda xalqaro standartlar va me’yorlarni moslashtirish uchun asos yaratilgan. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” PQ-2847-son qarori. Mazkur qaror Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy bybyudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga yo’naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta qurib chiqish maqsadida qabul qilingan. Qarorda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo’linmalari faoliyatining ustuvor vavzifalari hamda yo’nalishlari, shunindek ularning tarkibiy tuzilishi va nanmunaviy tuzilmalari ko’rsatib o’tilgan. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo’nalishi va miqdori tasdiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-№2699-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangan. 6. Idoraviy va idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar. Bularga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyruqlari va turli xil yo’riqnomalari kiradi. Mahalliy byudjetlar, Budjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo’lib, ikki pog’onali byudjet tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish; bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o’rtasida qayta taqsimlash va ishlatish; mahalliy hokimiyatga bo’ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish. Hududlarning moliyaviy imkoniyati ularning resurs potentsialining xususiyatlariga, tabiiy shart-sharoitlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik tuzilishi va ixtisoslashuviga, hududlararo aloqalarning balansliligiga bog’liq bo’ladi. Biroq, bularga qaramasdan hududlar moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatishda teng mustaqillikka ega bo’lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yordamida mamlakatda tuziladigan va davlat moliyaviy balansida aks ettiriladigan moliyaviy resurslarni markazlashtirish darajasi aniqlanadi. Jamlangan byudjet tarkibidagi mahalliy byudjet ko‘rsatkichlari hisobisiz mamlakat bo‘yicha moliyaviy rejalashtirishni umumlashtirish mumkin emas (4-rasm). 4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining tuzilishi4 Moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o’ta oqilona va iqtisodiy foydalanishlarni ta’minlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Mahalliy byudjetlarning ko‘pgina tarmoqlari zararga ishlaydi. Masalan: mahalliy transport, uy-joy, kommunal xo‘jaligi va boshqalar. Uy-joy kommunal xo‘jaligining ayrim shaxobchalari (kanalizatsiya, ta’mirlash qurilish idoralari va boshqalar) rentabellik bo‘lishiga qaramasdan uy-joy kommunal xo‘jaligi zararga ishlovchi xo‘jalik sifatida qolayapti 5-rasm. Daromad va xarajat rejalari.5 Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tahlil qilishda respublika byudjetidan beriladigan dotatsiya masalasi ham asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida dotatsiya va subvensiyalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishda qo‘llaniladi. Dotatsiya o‘z moxiyati jixatidan davlat byudjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-ma’daniy tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini tegishli pul mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida berilyapti. Keyingi vaqtlarda dotatsiyalar mahalliy byudjetlarni daromadlari va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida berilmoqdaki, bu dotatsiyaning byudjet siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qilishiga sabab bo‘lyapti. Mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlari kam xarajatlarni qoplashga etmaydi. Shu sababli ularni tenglashtirish muammolari juda dolzarb masala xisoblanadi. Xarajatlarning 60-70 % dan yuqori byudjetga soliq va daromadlarning ajratma hisobidan qoplanadi. Bu soliq va daromad shu hududdagi korxonalardan to‘langandir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi aholi turmush darajasini oshirish va ularning hayot tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib bu borada byudjet xarajatlari asosiy o’rin egallab turibdi. Yuqorida ko’rib o’tdik davlat byudjeti xarajatlarining deyarli 60 foizi ijtimoiy sohaga qaratilgan bo’lib, asosan ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida xarajatlar amalga oshirilmoqda. Biz qo’rqmasdan shuni ayta olamizki bu amalga oshilgan xarjatlar o’z samarasini bermoqda. Hozirda aholining turmush darajasi yildan yilga oshib bormoqda, maktab, kollejlar va oliy o’quv yurtlarimiz jahon standartlarga javob beradigan moddiy texnik baza bilan ta’minlangan. Bu yerda bilim olish va o’qib o’rganish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Yana shuni aytish lozimki talaba yoshlar uchun bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida chet davlatlarda ta’lim olish uchun ham keng sharoitlar yaratilgan. Sog’liqni saqlash muassasalari qurilib, eskilari qayta ta’mirlandi va yangi texnalogiyalar bilan jixozlandi. Bu o’zgarishlarning bari byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda byudjet tizimida olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, mahalliy byudjet imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlarini o’z vaqtida samarali moliyalashtirish masalalari turyapti. 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizidagi maqsadlarlarga erishish uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda “hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim”-deb ta’kidlandi6. Mamlakatimizda har bir mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirish manbalari ma’lum qonunlar asosida belgilab qo’yilgan va ushbu manbalardan tegishli byudjetlarga mablag’lar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi qonuniy jihatdan himoyalangan. Bundan kelib chiqib shuni aytish joizki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni hududiy byudjetlarning har bir daromad moddasini qonuniy asosini mustahkamlash, ularni tegishli byudjetga so’zsiz kelib tushishini ta’minlash hamda yangi daromad manbalarini o’zlashtirish ushbu byudjetning moliyaviy holatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Byudjet Kodeksida mahalliy byudjetlarning daromad shakllantirish manbalari va ularning sarflanish yo'nalishlari keltirilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari bir necha daromad manbalari hisobidan shakllantiriladi. Mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari - bunday daromadlar huquqiy jihatdan to'liq mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlari bo'lib, ya'ni ushbu viloyat yoki tumanlarda shakllanadigan daromadlardir. Hozirgi vaqtda mahalliy moliya organlari oldida turgan eng katta vazifalardan biri ham mahalliy byudjetlarning jami daromadlarida o'z daromadlari ulushini oshirish hisoblanadi. Chunki hududiy byudjetlar qanchalik o'z daromadlari hajmini ko'paytirib borsa, ular shunchalik moliyaviy jihatdan mustaqil bo'lib boraveradi, ya'ni ularning yuqori byudjetlarga, masalan, viloyat yoki respublika byudjetlariga qaramligi pasayib boradi va buning natijasida respublika byudjeti mablag'lari yangi sohalarni rivojlantirishga, mamlakatni yanada rivojlantirishga hamda aholi farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi. Hozirda Byudjet Kodeksining 52-moddasiga ko'ra mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari quyidagilar: Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar. Mahalliy soliqlar va yig'imlar - hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish manbayini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruvi organlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilgan Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari. Bunday daromadlarga sovg'a, hadya ko'rinishida, shuningdek, beg'araz homiylik ko'rinishida taqdim etilgan daromadlar kiradi. Bozorlardan tushadigan daromadlar. Tegishli ma'muriy hududlarda joylashgan turli xil bozorlar (dehqon bozorlari, buyum bozorlari, chorvachilik mollari bozori va boshqalar)dan tushadigan daromadlar (bir martalik patta to'lovlari) ham mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari qatoriga kiradi. Boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Bunday daromadlarga davlat tasarrufiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingn daromadlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, ijaraga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. 2-mavzuga ilova Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar Normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati : O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007 y. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.-T.: “Norma” MJCh. 2019 y. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.-T.: “Norma”MJCh.2014 y. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli Qarori. 08.08.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli Qarori. 29.06.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2018 yil 26 dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisida NIZOM” 3. Amaliyot obyetkining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish. Moliya bo‘limi tuman byudjetining loyihasi tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo‘lgan moliyaviy mablag’‘lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo‘yicha moliyaviy mablag’‘lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag’‘larining safarbar qilinishi ta’minlaydi. Moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o‘ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi. Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag’larni ishlatishni ta’minlaydi. 2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va ma’naviy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag’‘ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag’ yo‘llaydi. 3. Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag’‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi. 4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi. 5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag’‘ bilan ta’minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi. Moliya bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo‘yicha kelasi yil tuman byudjeti loyihasining tuzish ishlarini tashkil qiladi, tuman byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag’‘ bilan ta’minlaydigan tuman Hokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag’‘larning jamlangan smeta loyihasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag’‘ bilan ta’minlovchi xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi. - muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda moliyaviy mablag’‘larining iqtisodiy xarajatlari to‘g‘riligini tahlil qiladi. - tuman Hokimligi boshqarma va bo‘limlari, markazlashtirilgan muxosabalari ishida hisob-kitob va hisobotlar ahvolini tahlil qiladi. - o‘zining vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari, taklif va xatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi, fuqarolar xabar bergan kamchiliklarini yo‘qotish uchun tadbirlar ishlab chiqadi. - tuman Hokimi Mahkamasining bo‘lim va boshqarmalari, muassasalar, korxona va tashkilotlarning ma’sul xodimlari bilan moliyaviy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkazadi. - aholining ijtimoiy muhofazasini hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mablag’ manbaalarni aniqlaydi va ta’minlaydi. - davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy tartibini yaxshilashga hamda ular uchun mo‘ljallangan xarajatlari kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi. 6-rasm. Yunusobod tuman mahalliy budjeti.7 Yunusobod tumani Moliya bo‘limi quyidagi huquqlargi ega: - korxona va tashkilotlar, muassalaridan tuman byudjetini tuzish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy reja, smeta hamda boshqa materiallar, muxosoba hisobotlari shuningdek muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda davlat oldida moliyaviy majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, mablag’‘ bilan ta’minlash, tuman byudjetini rejalashtirish uchun boshqa materiallar va hisobot ma’lumotlari oladi. - tuman byudjeti hisobidagi muassasalarining moliyaviy faoliyatlarini, shuningdek tahlil qilingan korxona va tashkilotlar rahbarlariga moliyaviy intizomda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish to‘g‘risida ijro uchun majburiy ko‘rsatmalar beradi. - mablag’lar ortig‘i bilan ishlatilgan hollarda va tashkilotlarni byudjetdan mablag’‘ bilan ta’minlashini cheklaydi, zarur hollarda to‘xtatadi, shuningdek ular ilgari ajratilgan mablag’‘lar xarajati to‘g‘risida hisobot topshirganda hamda boshqa belgilangan hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan holda tegishli vazirliklar rahbarlariga bu haqida ma’lumaot berib o‘z dalolati miqiyosida, amaldagi qonunchilikka suyanib boshqa chora va tadbir qo‘llaydi. - muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning hisobotlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, shuningdek ushbu takliflar bajarilishini tekshiradi. - bo‘lim xodimlarini taftishva tekshiruvlar natijasida aniqlangan mablag’‘lar ortiq ishlatilgani, kamomad, g‘ayri qonuniy xarajatlari, aniqlangan qo‘shimcha daromad mablag’‘idan qismiga tushadigan mablag’‘larining 10 foizi hisobidan moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasini tuzadi. Moliya bo‘limi mudirining bosh boshqarma boshlig‘i tavsiyasiga binoan tayinlangan va tasdiqlangan o‘rinbosari mavjud. Moliya bo‘limi mudiri bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifasini va majburiyatlar bajarilashiga shaxsan javobgardir, mudir o‘rinbosari, tarkibiy bo‘linmalar mo’taxasislarning javobgarlik darajasini belgilaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha amaliyot hisobotiga moliya bo‘limining Nizomi, moliya bo‘limining tarkibiy tuzilmasi va moliya bo‘limi xodimlarining funksional vazifalarini ilova qilmoqdaman. Barchamizga malumki har bir ishning to’g’ri hisob-kitob bilan amalga oshirilishigina ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Shu sababdan ham har bir korxona-tashkilotda, muassasalarda bugalterlar faoliyat ko’rsatadi, tuman miqyosida bu vazifani tuman moliya bo’limi amalgam oshiradi. Tuman moliya bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respuplikasi Konstitutsiya va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, buyruq, farmon va farmoyishlariga hamda Tuman moliya bo’limining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. 1. Moliya bo’limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag’larni ishlatishni ta’minlaydi. 2. Xalq xo’jaligi tarraqiyoti hamda aholi xayoti miqyosining moddiy va ma’naviy o’stirish bo’yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag’ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag’ yo’llaydi. 3. Tuman byudjetidan ajratilgan moliyaviy mablag’larni rejali hamda maqsadli ishlatiladi. 4. Tuman hududida birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlarni bajarishlari hamda moliyaviy intizomga rioya qilinishini taklif etadi. 5. Xalq xo’jaligi hamda ijtimoiy madaniy sohalarni moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab chiqarish tarraqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini o’rganish. Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Mamlakatimizda mahalliy moliya amaliyotida sir emaski, mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig'imlar) hudud byudjetidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan xarajatlarni to'liq qoplash uchun yetarli emas. Shu nuqtai nazardan, mazkur xarajatlarni to'liq va o'z vaqtida qoplash uchun hamda mahalliy byudjetlarning balansliligi tamoyilidan kelib chiqib, mahalliy byudjetlarning daromadlarini to'ldirish uchun qo'shimcha ravishda tartibga soluvchi (balanslovchi) daromadlar yuqori byudjetlar tomonidan beriladi. Demak, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismi byudjetlararo boshqaruv yo'li orqali tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari va byudjetlararo transfertlar orqali shakllantirilib, mahalliy byudjetlar balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo'lishi ta'minlanmoqda. Belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari. To'liq respublika byudjetiga tushishi lozim bo'lgan ba'zi umumdavlat soliqlaridan tegishli hudud (viloyat, tuman, shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, maskur mahalliy byudjetdan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xarajatlar miqdori hamda mahalliy byudjetning o'z daromadlari hajmidan kelib chiqqan holda ma'lum bir miqdori mahalliy byudjetlarga qoldiriladi. Bu normativlarning o'zgarishini mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish manbasi Byudjet Kodeksi moddalarida belgilab qo’yilgan. Umumdavlat soliqlarining deyarli barchasi tartibga soluvchi hisoblanadi va ajratmalarning normativlariga muvofiq, respublika byudjeti hamda byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Ajratmalarning normativlari hududlar bo’yicha turlicha bo’lib, 100 foizdan 5 foizgacha qilib belgilanishi mumkin. Byudjetlararo transfertlar shakllariga Byudjet Kodeksining 3-moddasida quyidagicha ta'rif berilgan: Dotatsiya - byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir; Subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir; Subsidiya - tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘laridir; Byudjet ssudasi - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘laridir; O‘tkazib beriladigan daromadlar - tegishli ma'muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qaerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma'muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar; Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblar - moliya yili mobaynida byudjetlar paramertlari o'zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro pul munosabatlaridir. Mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslar bilan ta'minlashda byudjetlararo munosbatlar o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, byudjetlar o’ratasida yuzaga keladigan moliyaviy operatsiyalar byudjetlararo munosabatlar qoidalari asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Byudjetlararo munosabatlar deganda, O‘zbekiston Respublikasining respublika Byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlar tushuniladi.8 Byudjetlararo munosabatlarning muhim xususiyatlaridan biri byudjetni balanslash, ya’ni uni tartibga solish hisoblanadi. Bu esa, vertikal va gorizontal tenglashtirish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ma’lumki, mamlakatimizda so’ngi yillarda yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetlar berilayotgan ajratmalar miqdori kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, respublikamizda barcha viloyatlar dotatsiyadan butunlay chiqarildi, biroq ularga hali hanuz maqsadli subvensiyalar ajratib kelinmoqda. Hozirda Moliya vazirligi tomonidan hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda 2013-2018 yillarga mo’ljallangan Hududiy dasturlar asosida mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali subvensiya miqdorini kamaytirish, kasanachilik, savdo tizimi va bozor infratuzilmasini hamda kam quvvatli ishlab chiqarish ob’ektlarini modernizarsiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bularning barcha hududlar moliyaviy barqarorligini oshirish va joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar hisoblanadi. Bunday sharoitda, iqtisodiy nochor hududlarni rivojlantirish va moliyaviy qo’llab quvvatlash, ular byudjetlarini barqarorlashtirish uchun zamin yaratish maqsadida beriladigan ajratmalar, jumladan, datotsiya, subvensiya va subsidiyalar hamda byudjet ssudalarining ahamiyati katta. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, ularning daromad bazasini kengaytirish borasida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishalab chiqilgan "2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"da ham muhim ustuvor yo'nalishlar belgilandi. Ushbu Harakatlar strategiyasining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari" bo'limida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi belgilab qo'yildi. Respublikamizda hududlarning iqtisodiy rivojlanishini oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarini iqtisodiy va huquqiy baza bilan ta’minlaydigan yetarli huquqiy sharoit yaratilgan. Bu, avvalombor, mahalliy boshqaruv organlariga davlat mulkini boshqarish huquqini beruvchi 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonundir. Ushbu qonunga binoan, mahalliy boshqaruv organlari joylarda davlat mulkini boshqarish bo'yicha huquq va vakolatlari belgilangan hamda bu borada keng erkinliklar taqdim etilgan. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham mavjud. Ular orasida Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 1999 yil 3 sentabrda qabul qilingan 414-sonli qarorini va shu qaror asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma hamda qoidalar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha huquqiy asoss bo'lib xizmat qiluvchi yana bir me'yoriy-huquqiy hujjat- 2017-yil 18-martda PQ-2847-son bilan ro'yxatdan o'tgan "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillshtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori hisoblanadi. Mazkur qarorga binoan, Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish belgilangan. Yuqoridagi me'yoriy-hujjatlar mahalliy byudjetlar daromadlari imkoniyatlarini kengaytirib, mablag‘larning byudjetdan tashqari manbalarini izlab topish va foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, viloyatlarda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va ulardagi subvensiya ulushini qisqartirish bo'yicha 2017-2021 yillarga muljallangan Hududiy dasturlarning ishlab chiqilganligi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashning huquqiy asosini mustahkamlaydi. Xulosa
Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Yunusobod tumani moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim. Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim: Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim: Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim; O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim; Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007 y. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.-T.: “Norma” MJCh. 2019 y. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.-T.: “Norma”MJCh.2014 y. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli Qarori. 08.08.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli Qarori. 29.06.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2018 yil 26 dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisida NIZOM” 11. https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portali. 1 https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portal. 2 https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portal. 3 https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portal. 4 Qosimova G.A., Shoakramov K. Mahalliy byudjetlar. O‘quv qo’llanma. – T.: “Moliya”. 2012.y b-23 5 https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portal. 6 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi.// https://president.uz/uz/lists/view/2228 7 https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portal. 8 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 138-moddasi. Download 262.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling