Hisobot I jizzax viloyatining botanika-geografik tumanlari
Download 38.5 Kb.
|
dildora
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta osiyo tog`li provinsiyasi
- Turon provinsiyasi
A.Qodiriy nomli JDPI Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya) 2-kurs magistranti Dovjonova Dildora Olimovnaning 2022-23 o’quv yili (yanvar)dа bajargan ishlari. H I S O B O T I Jizzax viloyatining botanika-geografik tumanlari Jizzax viloyatida mutlaq balandlik amplitudasi va tog‘larning zonaviyligi , relefi, shu hududning tog‘ jinslari, namlanish shart-sharoitlari, iqlim kabi omillar majmui sababli bu viloyati tuprog‘i, landshafti, flora va o‘simliklar dunyosi o‘ta xilma-xilligi bilan ajralib turadi. (Alibekov, Nishanov, 1978; Korovin, 1934, 1961, 1962; Rastitelny pokrov Uzbekistana, 1971-1984; Rachkovskaya va boshqalar., 2003). Bu yerda O‘zbekistonga xos bo‘lgan aksariyat ekotizim turlari, jumladan qumli va gilli cho‘llar, sho‘rxok yerlar, ostanetsli past tog‘lar, tog‘ etaklari, o‘rta balandlikdagi tog‘lar, baland tog‘lar, O‘rta Osiyodagi eng katta suv havzalaridan bo‘lgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini o‘z ichiga oluvchi to‘qayzor ekotizimlari haqida so‘z boradi. Botanik-geografik jihatdan viloyatning bu hududi Tog‘li O‘rta Osiyo mintaqasining Nurota va Ko‘histon okruglari hamda Turon mintaqasining Qizilqum va O‘rta Sirdaryo okruglariga kiritiladi (Tojibayev, Beshko, Popov, 2016; Tojibaev et al., 2017). Viloyatda Shimoliy Turkiston, Molguzar, Nurota, Oqtov, Nurota atrofi ostanetsli hududlari, Mirzacho‘l va Qizilqum tekislik zonalari kabi botanik-geografik hududlar ajralib turadi. (2-rasm) Jizzax viloyatining shimoliy hamda shimoli-g‘arbiy qismlari Qizilqum botanik-geografik okrugning Qizilqum tekisligi hududlariga kiradi. U Janubi-Sharqiy Qizilqumning shamol taʼsiri ostida vujudga kelgan tekisligini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u yerlar saksovulzor va qumli cho‘lga xos bo‘lgan boshqa o‘simliklar bilan qoplangan mustahkam va mustahkam bo‘lmagan qumliklardan iborat. Shuningdek, ushbu hududda sohillari sho‘rxok va to‘qayzorlarga xos o‘simlik dunyosi rivojlangan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ham o‘rin olgan (Rastitelnыy pokrov Uzbekistana, 1971-1984; Tojibaev et al., 2017). 1993-1995 yilga qadar mazkur Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofi turang‘i, jiyda, yulg‘un, qamish va qovg‘alardan iborat to‘qayzorlar bilan o‘ralgan bo‘lgan. Tizimdagi suv sathi keskin ko‘tarilib ketganidan so‘ng, to‘qayzorlarni to‘liq suv bosgan va hozirgi kunda to‘qayzorlar asosan yantoq, baʼzi joylardagi qamish va qovg‘alardan iborat bo‘lib qoldi. Jizzax viloyati florasining o`simlik turlarini botanik va geografik hududlar bo`yicha taqsimlanishi
3. 27.01.2023 da “Biologiya o’qitish metodikasi” kafedra o’qituvchilariga magistrlik dissertatrsiya bo’yicha hisobot topshirdim. Magistr: Dovjonova Dildora Ilmiy rahbar: p.f.n. A.S.Esankulov Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling