Hisobot samdchti Roman german tillari fakulteti Ispan va italyan tillari yoʻnalishining
Download 16.35 Kb.
|
hisobot Diyora
HISOBOT Samdchti Roman - german tillari fakulteti Ispan va italyan tillari yoʻnalishining 314 - guruh talabasi Saxabiddinova Diyoraning Samarqand viloyati Samarqand shahri 73 - umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi amaliyoti haqida Men Saxabiddinova Diyora 2023 - yilning 6 - fevralidan 6 - martigacha boʻlgan amaliyot davrida 73- umumiy oʻrta taʼlim maktabi va oʻqituvchilari bilan tanishib chiqdim. Amaliyotimning ilk kunida maktab sharoiti, direktori va oʻzimga biriktirilgan oʻqituvchi bilan tanishdim. Menga ingliz tili oʻqituvchisi Nazarova Ozoda biriktirildi. Amaliyot davomida men shu oʻqituvchi bilan 1-3-5-7-8-9-10- sinf darslariga va boshqa oʻqituvchilar darslariga qatnashdim. Men ushbu sinf oʻquvchilarining qiziqishlari, baholari va oʻqituvchining ish dasturi bilan tanishishga muvaffaq boʻldim. Shu bilan birgalikda dars jadvalidagi menga ajratilgan soatlarni inobatga olgan holda, ochiq darslar oʻtkazdim. Dars oʻtishdan oldin reja va tarqatma materiallarimni oʻqituvchi bilan birgalikda maslahatlashib, tuzdim. Keyin 5 va 7 sinflar uchun "Volcanoes" va " A Flip-flop safari" mavzularida ochiq darslar olib bordim. Oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqish va intilishlarini koʻrib, juda xursand boʻldim. Ochiq darsdan soʻng oʻqituvchilar darslarni muhokama va tahlil qilib, menga oʻzlarining metodik maslahatlarini berdi. Men oʻtkazgan darslarda innovatsion oʻquv qoʻllanmalaridan foydalandim: kompyuter, televizor va shuningdek tarqatma materiallardan. 8-"B" sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari bilan tanishdim. Tarbiyaviy ishlar taʼlim usullarini ongli shakllantirish, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish, oʻquvchilarning xatti-harakatlari va faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib faoliyatni tashkil etish ham xilma-xildir: ommaviy, jamoaviy, guruhli va invidualdir. Bunday tajribaviy reja asosida olib borilayotgan harakatlar foydali va samarali deb oʻylayman. Men maktabdagi barcha oʻqituvchilarning jipsligini koʻrib, xulosa yozdim. Kundaligimni kunlik toʻldirib, maktabdagi hayotim haqida yoritib berishga harakat qildim. Men har bir oʻqituvchining ishidan malakaviy amaliyot olishga harakat qildim va oldim deb oʻylayman. 314-Guruh talabasi: Saxabiddinova Diyora Ingliz tili o‘qituvchisi: Nazarova Ozoda Download 16.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling