Hisoboti 1-hafta yakuni bo’yicha O’quv dasturida keltirilgan ilmiy amaliyotning maqsadi, vazifasi, ob’yektlari va talab me’yorlarini o’rganish
HISOBOTI Tashkilotda tashkiliy ishlarida ishtirok etish
Download 18.67 Kb.
|
haftalik hisobot
HISOBOTI
Tashkilotda tashkiliy ishlarida ishtirok etish. Amaliyotning 5-haftasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “ Zakovat “ intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-96-son qarori ijrosi asosida tashkil etilgan ko’rik tanlovga amaliyot rahbarimning tavsiyasiga ko’ra Uchqo'rg'on tuman Maktabgacha ta’limi bo’limi tomonidan tashkil etilgan DMTTlarda faoliyat yuritib kelayotgan eng ilg’or, tajribali tarbiyachilar o’rtasida o’tkazilgan “ Zakovat “ intellektual o’yinida ishtirok etdim. Ushbu tanlov 25-mart kuni 4 bosqichda o’tkazildi, 5 ta jamoa ishtirok etdi. Tadbirga viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman hokimligi, tumandagi MTTlar raxbar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida tanishtiruv, savol-javob, erkin mavzu va jaomalar rivojlantiruvchi markazlarni yortib berish shartlari bo’yicha bellashdik. Tadbirda Uchqo'rg'on tumani Pedagogika texnikumi pedagog xodimlari hay’at a’zolari bo’lishdi va odil,shaffof, adolatli baholashdi. Jamoamizga ish haqining 30 % miqdorida ustama haqlari va estalik sovg’alari berildi. Ushbu tanlov orqali olgan bilimlarimiz mustahkamlandi. 6-hafta yakuni bo’yicha HISOBOTI Amaliyotning 6-haftasida o’zim faoliyat yuritib kelayotgan Uchqo'rg'on tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 5-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo’yicha o’tkazilgan o’quv amaliy seminarida ishtirok etdim. Seminarda tuman bo’yicha DMTTlar raxbarlari va Uchqo'rg'on tuman Maktabgacha ta’lim bo’lim xodimlari ishtirok etishdi.Seminarni oy mavzusi va hafta mavzusidan kelib chiqib tashkilladik. Men ham 1-katta guruxida Hafta mazusi “ Hasharotlar “ mavzusidan kelib chiqib Nutq o’stirish faoliyati bo’yicha noan’anaviy usulda frontal mashg’ulot o’tdim. Bunda bolajonlar faol ishtirok etishdi. Ta’limiy o’yin, she’r, raqs, maqol, topishmoqlardan foydalandik. Keyin rivojlantiruvchi markazlarda ishladik. Seminar ko’tarinki ruhda o’tdi. Tashrif buyurgan MTB rahbar xodimlari va DMMT direktorlari tomonidan a’lo baholandi. Bu seminar orqali Namangan davlat Universitetida olgan bilimlarimni amaliyotda qo’llay oldim, buning uchun bizga ta’lim berib kelayotgan Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilariga minnatdorchilik bildiraman. Download 18.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling