Hisoboti boysun tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabining 2021-2022 o’quv yili uchun rus tili fani yillik hisoboti


Download 34 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi34 Kb.
#1305004
Bog'liq
Hisoboti toshkent tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabining 2018


Toshkent tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabning
2018-2019 o’quv yili uchun Geografiya, Fizika, Biologiya, Kimyo fanlari metod birlashmasining I yarim yillik
HISOBOTI
Boysun tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabining
2021-2022 o’quv yili uchun rus tili fani yillik
H I S O B O T I
Rus tili o'qituvchilar soni 2 ta ularning hammasi Oliy ma’lumotli bo’lib, 2 toifada 2 ta, 2021-yilda 1 ta o’qituvchi malakasini oshirgan. 2022 yilda 1 ta o’qituvchi malaka oshirgan.
Abdurahmonov Nomoz 1971-yil 7-fevralda tug’ilgan. 1997 yil Termiz Davlat Universitetining Rus tili va adabiyoti fakultetining kunduzgi bo’limini bitirgan. Ish faoliyatini 1997 yil 36-maktabda boshlagan. 2022 yil mayda malaka oshirgan.
Sultonqulov Bobur 1993-yil 10 noyabrda tug’ilgan. 2019-yil Termiz Davlat Universiteti ning Rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
O’quv yilida quyidagi masalalar ko’rib chiqilib, shular bo’yicha ish olib borildi.

Sentabr
Oktyabr

1.2021-2022 o’quv yilida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
2.Birlashma a’zolarining yillik rejalari ko’rib chiqildi

Noyabr
Dekabr

1.Birlashma a’zolarining yillik rejalari ko’rib chiqildi
2. To’garak faoliyati rejalshtirildi

Yanvar
Fevral

1. Yosh mutaxassislar bilan ishlar olib borish
2. Dars jarayonida axborot texnalogiyalaridan foydalanish (ma’ruzasi) tinglash
3. Ta’limga oid yangiliklar yuzasidan suhbatlashildi.
4. Fan oyligini o'tkazish

Mart
Aprel

1. 5-8 sinflarda “Bilimlar bellashuvi”ni va 9-sinflarda fan olimpiadasini o’tkazishga tayyorgarlik ishlari
2. Lugatlar bilan ishlash.
3. Rus tili mashg’ulotlar muntazam o’tkazib borish.



May

1. Rus tili fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish.
2.IV chorak yakuni va va yillik hisobot.

Bulardan eng dolzarblari noyabr oyida o’tkazilgan “Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish” va ta’limga oid chiqayotgan yangiliklar hamda dekabr oyida o’tkazilgan “Lug'atlar bilan ishlash” ma’ruzalari yuzasidan davra suhbatlari bo’lib bu o’qituvchilar darslarida foydalanishda yaxshi natija berdi.


Birinchi yarim yillikda o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarning DTSga mosligini aniqlash monitoringining natijalari tahlil etib borildi. O’quvchilar bilan ishlashda samaradorlikni oshirish uchun o’quvchilar bilan individual ishlandi.
Har bir birlashma a’zosi to’garakda ish olib berdilar.
Fan oyligi yakunida o'quvchilar rus tilida chiqishlar qilishdi. Raqslar, qo'shiq, she'r va sahna ko'rinishlar qilishdi. Faol o'quvchilar taqdirlandi.
1. Sultonqulov Bobur – “Кружок- русского языка ” Seshanba, Chorshanba
2. Abdurahmonov Nomoz – “Кружок- русского языка ” juma , shanba

To’garaklarda 18 tadan o’quvchi qatnashadi. To’garaklarda asosan o’zlashtirishi past, qiynalgan va hohlovchi o’quvchilar jalb etilgan. Bu o’quvchilarda ancha o’zgarish bo’lib yaxshi natijalarga erishadi.


II chorak noyabr oyida rus tili fan oyligi bo’lib o’tdi. Bu fan oyligida ham barcha birlashma a’zolari faol ishtirok etdilar. Avval reja tuzib, olib shu reja bo’yicha ish olib borildi. O’qituvchilar yangi pedtexnalogiya bo’yicha ochiq darslar tarbiyaviy soatlar va turli tadbirlar o’tkazishdi. O’quvchilardan DTS talablariga mos BKMlarini tekshirish uchun nazorat testlari olindi. Tuman “Fanlar olimpiadasi” bo’lib o’tdi. .
“Fanlar olimpiadasi”da rus tili fanidan

1. 9 B sinf o’quvchisi – Qayumov Toirjon


2. 10 B sinf o’quvchisi – Soatov Asliddin
3. 11 sinf o’quvchisi – Eshboyeva Nozima
1. 9 B sinf o’quvchisi – Qayumov Toirjon
lar uchinchi o’rinni va qolganlar ham yaxshi o'zgarishlarni egalladi.
Noyabr oyida bo’lib o’tgan fan olimpiadasida ishtirok etuvchi o’quvchilarni baholash mezonlari o’tkazish tartibi bilan tanishtirib qatnashtirdilar. O’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar, qo’llanmalar bilan ta’minladilar. Darslikdan mustaqil o’rganish uchun mavzular belgilab berdilar.
May oyida tumanda o'tkazilgan "Yilning eng faol fan o'qituvchisi" tanlovida 4 bosqichida qatnashib. Faxrli 2- o'rinni egalladi.
Yil so'ngida "so'ngi qo'ng'iroq " tadbirida o'quvchilar ruscha chiqishlar, raqslari va she'rlari bilan chiqishdi.
Metod birlashma rahbari: B. Sultonqulov
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling