Oʼtkazilgan vaqti: .11.2022
Oʼtkazilgan joyi: informatika xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 9-10-11 sinfo'quvchilari
Yig‘ilish maqsadi: “O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator.uz (http://profnavigator.uz/) platforma orqali o‘tkazish.
Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish zarur. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, ”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi.
“O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator.uz platformasi orqali o‘tkazilib,natijalar tahlil etildi va o’quvchilarga kerakli tavsiyalar berib o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |