Hisoboti termiz Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida o‘tkazilgan ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan hisobot. R e j a


Download 20.55 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi20.55 Kb.
#209686
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirzobek ishlab chiqarish

II. Asosiy qism
1) Amaliyot o‘tkazilgan muassasalar haqida ma‘lumot.

Amaliyot davrini men Muzrabot tumanida o‘tkazdim. Ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘qituvchilarimning tavsiyalariga amal qilgan holda ta‘lim platformasiga topshiriqlarni yukladim. Pedagogik amaliyotdan bo‘sh vaqtimda ba‘zi joylarga borib, bu muassasalarning tegishli xodimlari bilan suhbat o‘tkazib, ish jarayonlari bilan tanishdim.

Tuman xalq ta'limi bo‘limi. Bu muassasa tuman bo‘yicha butun maktablarning ish jarayonini nazorat qiladi va boshqaradi. Xalq tilida rayono deb ataladigan bu maskanga biz 4-yanvarda tashrif buyurdik. Sababi bu davrda maktabda ta‘til e‘lon qilingan edi. Shunga qaramay ta‘lim bo‘limi to‘liq tarkibda ish faoliyatini yuritayotgan ekan.Biz bu muassasada Tabiiy fanlar metodisdi bilan tanishdik. U kishi bizga icki tartib qoidalar va ish jarayonlarini tushuntirib berdilar. Suhbat davomida tabiiy fanlar bo‘yicha chiqarilgan yangi qonunlar bilan bizni tanishtirib o‘tdilar.Kelajakdagi faoliyatimizni davom ettirish bo‘yicha tavsiyalarini berdilar. Biz uchrashuvni yakunladik va yaxshi taasurotlar bilan qaytdik.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Muzrabot tumani inspeksiyasi.

Bu muassasa tuman bo‘yicha butun ekologik nazoratni olib boradi. Barcha ekologik bo‘limlarda (ovchilik, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik chorvachilik, kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar) ekologik nazoratni o‘rnatib, tartibga solib turadi. Bu muassasa shahar bo‘yicha tozalikka ham javob beradi. Chunonchi, muassasa hududida bo‘lgan chiqindi tashuvchi mashinalarni ko‘rdik. Inspeksiya rahbari bizni 8 kishidan iborat jamoa hodimlari bilan tanishtirdi. Muaasasa hodimi esa bizga ekologik boshqarmaning ish prinsiplarini tushuntirib berdilar.Biz kelajakda ish faoliyatimizni shu yo‘nalishda davom ettirishimizni aytdilar. O‘zimizga kerakli ma‘lumotlarni bilib oldik va estalik rasmlarga tushib qaytdik. Bizninig ilmiy faoliyatimizda ham bu muassasaning o‘rni bor ekan. Nasib etsa tumanimizda ilmiy faoliyatni davom ettirishni niyat qildim.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qarashli Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi.

Bu markaz Muzrabot tumanidagi biologik labaratoriyaga ega bo‘lgan muassasa bo‘lib, unda bakteriologik va gelmintologik labaratoriya mavjud ekan. Xalqqa xizmat qilib kelayotgan bu joyda inoq va malakali xodimlar xizmat qilmoqda. Biz bakteriologik labaratoriya mudiri bilan ko‘rishdik.Ular bizga muassasa to‘g‘risida va faoliyati haqida ma‘lumotlar berdilar. Karantin vaqtidagi xodimlarning fidokorona mehnati bilan tanishtirdilar. Shundan so‘ng labaratoriya xodimasi meni labaratoriya xonalarini korsatdi. Labaratoriyada analiz xonasi, boks xonasi, oziqa muhit xonasi, namunalarni o‘stirish va avtoklav xonalarini ko‘rsatdilar. Shuningdek yangi kelgan PSR apparatini ko‘rsatdilar. Bizga kelgusidagar shu kasbni egallasak ishlarimizga omad tiladilar.

Amaliyot kunlarimizda shu muassasalar bilan tanishdik va yetarlicha ma‘lumotlarga ega bo‘ldik.




Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling