Hissiyot haqida tushuncha
Hissiyot haqida tushuncha
Download 0.82 Mb.
|
Bolalarda hissiyotlar xususiyatlari
Hissiyot haqida tushuncha
Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar. .
FRUSTRASIYA (lotincha - aldanish, haddan tashqari kutish, xafa bo`lish). Maqsadga erishishga xalaqit beradigan sabablar ostida paydo bo`lgan holat. Odam tajang, jahldor bo`ladi. Oqibatda odam nevroz kasaliga duchor bo`ladi.
Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling