Hákimshilik huqıq páni túsinigi hám mazmuni


Download 22 Kb.
Sana24.11.2023
Hajmi22 Kb.
#1796679
Bog'liq
1- тема


Hákimshilik huqıq páni túsinigi hám mazmuni
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlarning shakllanishi va chuqurlashib borishi, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy bo‘linishi va samarali ijro hokimiyatining tashkil etilishi, davlatchilikni mustahkamlash zaruriyati, zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat boshqaruvi nazariyasi va amaliyotining o‘zgarishi – bularning barchasi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv sohasidagi ma’muriy-huquqiy va ma’muriy-protsessual o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l – respublika va uning xalqining manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Bozor sharoitiga o‘tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyotining o‘zini o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlari tobora katta rol o‘ynaydi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan erkin bozor munosabatlariga o‘tish izchil tarzda eskicha tartiblarga barham berish, uning o‘rniga yangi bozor tartiblarini asta-sekin joriy eta borish, iqtisodda, siyosatda, madaniy-ma’naviy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish yo‘li bilan jamiyatni yangilash orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ma’muriy-huquqiy va ma’muriy-protsessual fanlarni, ma’muriy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytirildi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va 2018 yil 8 yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bevosita bog‘liqdir. Bu orqali esa Ma’muriy huquq fanini o‘rganishga yangicha yondashishni taqozo etmoqda.
Ma’muriy huquq fanini o‘rganish jarayonida, davlat mustaqilligidan so‘ng yuz bergan o‘zgarishlarni ham inobatga olish, yangi Ma’muriy huquq o‘quv kursini shakllantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish lozim.
“Ma’muriy huquq va protsess” o‘quv qo‘llanma – O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunchiligi asosida, ma’muriy huquqning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berishni, mamuriy tartib-taomillar amaliyotiga e’tiborni kuchaytirishni, davlat boshqaruvini yangicha fikrlovchi kadrlar bilan ta’minlash ishini samarali tashkil etishni takomillashtirishni nazarda tutadi.
“Ma’muriy huquq va protsess” o‘quv qo‘llanmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
zamonaviy boshqaruv tizimidan kelib chiqib ma’muriy huquqning tushunchasi va predmetini o‘rganish;
ma’muriy huquq normalari va ma’muriy-huquqiy munosabatlarni yoritib berish;
davlat boshqaruvining ma’muriy-huquqiy shakllari va usullarini yoritib berish;
turli sohalarni ma’muriy-huquqiy tartibga solishni tahlil qilish;
ma’muriy protsessni o‘rganish;
ma’muriy tartib-taomillarni o‘rganish va tahlil qilish;
ma’muriy ish yurituvni o‘rganish;
ma’muriy hujjatni tahlil qilish;
ma’muriy yustitsiyani o‘rganish va tahlil qilish;
O‘quv qo‘llanmada ma’muriy-huquqiy munosabatga oid muammoli vaziyat(kazus)larni tegishli mavzularga bog‘lab tahlil qilishga harakat qilingan.
Ma’muriy huquq ommaviy huquq sohasi hisoblanib, ommaviy manfaatlarni muhofaza qilishga qaratilgan munosabatlarni tartibga soladi.
“Ma’muriy huquq” tushunchasi “davlat boshqaruvi” tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Davlat boshqaruvi – bu qonunlar va boshqa normativ (qonunosti) hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir.
Bugungi kunda o‘quvchilar orasida ma’muriy huquqni tushunish borasida noto‘g‘ri qarash keng tarqalgan. Ya’ni “ma’muriy huquq” deganda, “ma’muriy javobgarlik”ni tushunadilar. Ya’ni ma’muriy huquqning asosiy manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi deb biladi. Afsuski, bu noto‘g‘ri tushuncha! Bunday qarash sobiq Ittifoq davridan qolgan. Bu esa ma’muriy huquqni negativ tushunishga sabab bo‘lgan. Aslida ma’muriy huquqning pozitiv xususiyatlari juda ko‘p. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, biz biror bir qonun hujjatini ma’muriy huquqning asosiy manbai sifatida belgilab olishimiz mushkul. Bunga asosiy sabab ma’muriy-huquqiy munosabatlar doirasining juda kenligidir. Jumladan, mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qonun hujjatlarining aksariyati ma’muriy huquq sohasiga tegishlidir.
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling