HnR. Bu yerda h-vodorod atomi, r-kislota qoldig’i, n


Download 142.5 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1724695
  1   2
Bog'liq
Maruza matni. Kislotalar


KISLOTALAR
Kislotalar deb – metalga o’rnini bera oladigan vodorod atomi va kislota qoldig’idan iborat bo’lgan murakkab moddalarga aytiladi.
Umumiy formulasi HnR . Bu yerda H-vodorod atomi, R-kislota qoldig’i, n-kislota qoldig’i oksidlanish darajasi.
Kislotalar quyidagi sinflarga bo’linadi:
-Kislota tarkibida kislorod atomi bor yoki yo’qligiga ko’ra: ● kislorodli kislotalar - H2SO4, H3PO4; ● kislorodsiz kislotalar - HCl, HJ, H2S;
Tarkibidagi vodorod atomi soniga ko’ra: ● bir negizli kislotalar - HCl, HF, CH3COOH, HNO3,HClO2; ● ikki negizli kislotalar - H2SiO3, H2SO4, H2C2O4, H2S, H2CrO7; ● uch negizli kislotalar - H3PO4,H3AsO4, H3BO3; ● to’rt negizli kislotalar - H4P2O7, H4SiO4, H4MnO4, H4PbO4; ●besh negizli kislotalar - H5IO6
Kislotalar kuchli va kuchsiz kislotalarga bo’linadi.(1-jadval)Kislotalarning struktur formulalari ularning tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab tuziladi. .(2-jadval)
Kislotalarning nomlanishi
Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi. 1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo’shimchasi qo’shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – tsianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te–tellurid, HCNS-rodonid va h.z.
2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi: a) Eng past oksidlanish darajasida bo’lsa “gipo” old qo’shimchasi qo’shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO-gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z. b) O’rtacha oksidlanish darajasida bo’lsa it qo’shimchasi qo’shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sulfit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va h.z. c) Yuqori oksidlanish darajasida bo’lsa atqo’shimchasi qo’shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sulfat, H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat va h.z. d) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga meta”, ko’piga orto old qo’shimchasi qo’shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3metasilikat, H4SiO4 – ortosilikat, HPO3 – metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z. e) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo’lsa per old qo’shimchasi qo’shiladi: HClO4Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, HIO4 (H5IO6) – peryodat kislota, HMnO4 – permanganat kislota va h.z. f) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo’lsa, bunday kislotalar piro old qo’shimchasi qo’shib nomlanadi: H4P2O7 -pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit kislota, H2S2O7 – pirosulfat kislota va h.z.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling