Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
ko’k (3)- ot; yupqa (1)- sifat, yupqa (2)- ot kabi. Demak, ko’k (1), yupqa (1)
sifatlaridan ko’k (2), ko’k (3) va yupqa (2) otlari yasalgan. Bunday yasalish dialektikaning miqdor o’zgarishidan sifat o’zgarishiga o’tish qonuni asosida sodir bo’ladi hamda polisemiya bilan so’z yasalishi va omonimiya hodisalari o’rtasida o’ta murakkab munosabatlar borligidan dalolat beradi. Ularni maxsus tadqiq qilish o’zbek tilshunosligining navbatdagi vazifalaridan biridir; g) asar muallifining nomi nutqda “asar” ma’nosida qo’llangan bo’lishi mumkin: Navoiyni o’qidim, Oybekni o’qiyapman kabi. Bunday paytlarda muallif nomi aytiladi-yu, uning asari (yoki asarlari) nazarda tutiladi, demak, bunda ham metonimiya bor, ammo u til metonimiyasi emas, nutq metonimiyasidir. 4. S i n e k d o x a y o’ l i b i l a n ma’noning ko’chirilishi (yunoncha:
nomlanayotgan predmet yoki hodisalarning miqdor belgilariga tayanadi: a) butunning nomi qismga ko’chiriladi: qo’l (butun) – qo’l (qism: “barmoq” ma’nosida. Besh qo’l barobar emas.), bosh (butun) – bosh (qism: “miya”, “aql- xush” ma’nolarida, Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan); b) qismning nomi butunga ko’chiriladi: olma (qism- “meva”) – olma (butun- “meva daraxti”: olma gulladi); eshik (qism: “uyning eshigi”, “hovlining eshigi”) –
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling