o'r-dak), to'la yopiq (bay-ram, bay-roq), ikkinchi bo'g'ini esa boshi yopiq (o-ta, o-
na) va to'la yopiq (ol-tin, ku-mush) strukturali bo'ladi; f) ikkinchi bo'g'in hech
qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari keng tarqalgan:
ik-ki, yet-ti, bo-la, ar-pa, bol-ta kabi; g) so'z tarkibida ikki unli yonma-yon
kelmaydi; f, h, j, j (dj), ts undoshlari esa umuman qo'llanmaydi; h) r, l, v, ng, g', g,
d, z undoshlari so'z boshida uchramaydi; i) e, o' unlilari so'z oxirida ishlatilmaydi
(ayrim undov so'zlar bundan mustasno); j) urg'u ko'pincha so'z oxiriga tushadi.
Semantik belgilari: umumturkiy so'zlarning aksariyati ko'p ma'nolidir: bosh-
1) «odamning boshi»; 2) «ko'chaning boshi»; 3) «ishning boshi»; 4) «bosh
agronom»; ko'z- 1) «odamning ko'zi»; 2) «uzukning ko'zi»; 3) «taxtaning ko'zi»; 4)
«derazaning ko'zi» kabi.
Bu qatlamda «qon-qarindoshlik», «inson a'zolari», «yovvoyi hayvonlar»,
«parrandalar», «mehnat faoliyati», «uy-ro'zg'or buyumlari», «rang-tus», «maza-
ta'm», «miqdor», «sanoq», «harakat», «holat», «urf-odat» ma'noli so'zlar
ko'pchilikni tashkil etadi.
Morfologik belgilari: a) umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tilining barcha so'z
turkumlarida uchraydi; b) turlanadi va tuslanadi; d) o'zak va affiks morfemalar
erkin va standart bo'ladi: ko'zim, ko'zing, ko'zi, ko'zni, ko'zning, boraman, borasan,
boramiz kabi; e) so'z tarkibida prefikslar qo'llanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |