Хожибойга ma'ruza
Antonimlarni belgilash mezonlari haqida
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Antonimlarni belgilash mezonlari haqida
Tilshunoslikda antonimlarni belgilash mezonlari bo’yicha munozarali qarashlar ham bor. Xususan, ayrim manbalarda opa va singil, aka va uka,
tadqiqot ishlari olib borgan B. Isabekov esa ularni antonimlar emas, korrelativ so’zlar deb baholaydi, buni yuqoridagi leksemalarning ma’nolari qarama-qarshi emas, balki bir-biriga juda yaqindir deb asoslaydi. 4
ko’rgan va ko’rmagan kabi formalari) ayrim adabiyotlarda “antonimlarning alohida bir tipi...” deb qaraladi. 5 Biroq tilshunos Sh. Rahmatullayev bu fikrga qo’shilmaydi. Uningcha, “oddiy inkorning o’zi hali antonim emas. Masalan, ayt va aytma, aytar va aytmas kabilar biri ikkinchisining inkoridir. Ammo ularni o’zaro antonim deb bo’lmaydi. Aslida bular ikki leksema emas, balki ayni bir leksemaning ikki (bo’lishli va bo’lishsiz) shakllaridir. Antonimiya esa ikki leksema orasidagi ma’no munosabatidir...” Antonimiyani ayni shunday tushunish ayrim ilmiy manbalarda ham bor. 1 Mazkur darslikda ham antonimiyaga shu pozitsiyadan yondashildi. Antonimiya mezonini belgilashda Sh. Rahmatullayev, N. Mamatov va R. Shukurovlar tomonidan tavsiya etilgan mantiqiy markaz prinsipiga tayanish yaxshi natija beradi. Bu prinsipga ko’ra ikkita ma’no o’rtasidagi oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) aniqlanadi va shu markazning ikki tomonidan o’rin olgan tushunchalar o’zaro antonimik munosabatlarda deb qaraladi. Masalan, kuz bilan bahor o’rtasida qish bor, demak, kuz va bahor leksemalari o’zaro antonimlar deb qaraladi, ammo kuz va qish – antonim leksemalar emas, chunki bu ikki leksema orasida oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) yo’q; shuningdek, qish bilan bahor antonim emas (oraliq tushuncha yo’q); qish bilan yoz –antonim (oraliq tushuncha- “bahor”); kecha bilan bugun- antonimlar emas (oraliq tushuncha yo’q); kecha va
(oraliq tushuncha yo’q); o’tmish va kelajak- antonimlar (oraliq tushuncha “hozir”) kabi. Bunday munosabatlarni quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin (mantiqiy markaz o’rnida M harfi qo’llanilgan): antonim
M bugun kecha ertaga
antonim emas antonim emas
2 Usmonov S. Ko’rsatilgan maqola, 38-b. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Ko’rsatilgan asar. 121-b. 3 Hozirgi o’zbek adabiy tili, 1-t, 1966, 146-b. 4 Isabekov B. O. Ko’rsatilgan dissertatsiya avtoreferati, 8-b. 1 Исабеков Б. О. Лексическая антонимия в современного узбекском языке. АКД.-Т.: 1973. С.3 Ba’zan mantiqiy markazning ikki tomonida bir nechtadanantonimik juftliklar bo’ladi: a’lo (juda yaxshi)- yaxshi-o’rta (M) –yomon-juda yomon kabi. Buni sxemada shunday ifodalash mumkin:
2-antonimik juftlik
1-antonimik juftlik
M a’lo yaxshi o’rta yomon juda yomon Bunday hollarda o'z ma'nosiga ko'ra mantiqiy markazdan teng uzoqlikda joylashadigan so'zlar o'zaro antonimik juftlik hosil qiladi. Fasl nomlari orasidagi antonimiyani quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin: 1-antonimik juftlik
M antonimlar antonimlar emas emas 3-antonimik 4-antonimik juftlik M M M juftlik
antonimlar antonimlar emas emas M
2-antonimik juftlik
Antonimik munosabatda bo'lgan ayrim leksemalar orasida mantiqiy markaz bo'ladi-yu, ammo uni nomlovchi so'zning o'zi bo'lmaydi. Masalan, kulgu va yig'i leksemalari orasidagi mantiqiy markazni bildiruvchi maxsus so'z tilda yo'q, ammo oraliq hodisaning o'zi bor: u kishining kulmasdan, yig'lamasdan turgan normal holatidir, demak, ana shu holat (ekstralingvistik omil) mantiqiy markaz sifatida tasavvur qilinadi.
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling