Хожибойга ma'ruza
So'z o'zlashtirish usullari
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kalkalab olish.
So'z o'zlashtirish usullari
So'z o'zlashtirish usullari ham ikki xil bo'ladi: 1. O'zicha olish. Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday o'zgarishsiz yoki ayrim (juz'iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi. Masalan, g'o'za (f-t.), gul (f-t.), poya (f-t.), kaptar ( (ar.), muallim ( b.), cho't ( morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o’zbekcha so’z yasaladi va shu so’z bilan boshqa til (mas., rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos qiling: yarimo’tkazgich < rus. pоluprоvоdnik, ilmiy-ommabop pоpulyarnыy kabi. Kalkalashning bu turi to’liq kalkalash hisoblanadi, chunki unda boshqa til so’zining ifoda materiali o’zbek tili materiali bilan to’liiq almashtirilgandir. Ba’zan boshqa til so’zining bir qismi o’zgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa o’zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo’g’it meshchanlik < rus. mещanstvо kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka hisoblanadi. To'liq va yarim kalkalar so'z o'zlashtirishning grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunda boshqa til so'zlarining ma'noli qismlaridan nusxa ko'chirish orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba'zan yangi so'z yasalmay, azaldan mavjud bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma'nosini yuklash orqali ham ma'no o'zlashtirilishi ta'minlanadi. O'zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi. Masalan, til so'zi “so’zlashuv quroli” nomi sifatida ruscha yazыk so’ziga ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi yazыk so’zining “asir” ma’nosini o’zbek tilidagi til so’zi bilan ifodalashga turtki bo’lgan: “Qo’mondonlik Ostonaqullar keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi”. (A. Rahm. Ellik bir bahodir). O’zbek tilidagi o’zak leksemasida “so’zning o’zagi” ma’nosining paydo bo’lganligi ham ruscha kоrеn leksemasining “kоrеn slоvо” ma'nosiga asoslangandir.
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling