Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari
Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari:
1. Leksik arxaizm hozirgi paytda mavjud bo’lgan narsa-hodisaning eskirgan
nomidir. Istorizm esa o’tmish voqeligining nomi.
2. Voqelikning hozir mavjudligi uning eski nomi (leksik arxaizmi) o’rnida
yangi nom bo’lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi so’z) – yonoq (arxaizm), lab
(hozirgi so’z) – dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi so’z) – yog’iy (arxaizm),
qo’shin (hozirgi so’z) – cherik (arxaizm) kabi. Bu hol tilning lug’at boyligida
sinonimik qatorlarni shakllantiradi.
Istorizmlar tomonidan nomlangan o’tmish voqeligi hozir yo’q, binobarin,
ularning (iatorizmlarning) hozirgi tilda sinonimlari ham bo’lmaydi.
3. Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so’zlar orasidagi uslubiy
munosabatlar
muhim
rol o’ynaydi:
birining
faollashuvi ikkinchisining
passivlashuviga, arxiaklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat
bo’lmaydi: voqelikning yo’qolishi shu voqelik nomi bo’lgan so’zning
(leksemaning) lug’atdan butunlay tushib qolisiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |