Hojiboyev Abduhamidxoja
Download 23.15 Kb.
|
Hojiboyev Abduhamidxoja
Hojiboyev Abduhamidxoja 1958-1987 yillar oralig’ida yani Mamadaliyev Jabborxon aka tuman va viloyat xalq ta’limiga rahbarlik qilgan vaqtlarda Yozyovon xalq ta’limida yuksalish bo’ldi. Shu davrda Yozyovondan birga fidoi ma’orifchilar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri Xojiboyev Abdulhamid xojidir. U 1937-yili Yozyovon qishlog’ida duradgor oilasida tug’uldi. 1955-yili Yozyovon tumani 3- maktabining 10- sinfini tamomlab Farg’ona davlat pedagogika instituning Fizika-Matematika fakultetiga o’qishga kirib. 1960- yili muvofaqiyatli tamomladi va institutga o’qituvchi qilib olib qolindi. Bir yil Fizika Kafedrasida ishlab oilaviy sharoiti tufayli Yozyovonga qaytib keldi va o’zining jonajon 3-maktabiga ishga qabul qilindi. Dekabr oyiga kelib maktabni ilmiy mudiri etib tayinlandi. Va bu vazifada 15 yil ishladi. Lekin orada bir ajoyib voqea yuz bergan , J. Mamadaliyev bir yig’ilishda Abdulhamid Xojiboyevni Toshhovuzdagi 5-maktabga direktor etib tayyorlanganini e’lon qilib yubordi. Shunda ular orasida shunday dialog bo’lib o’tdi: - Domla men direktorlikni eplolmayman maktabimda o’z ishimni davom ettirishimga ruhsat bering. - Buning iloji yo’q 5-maktabga borasiz keyin ko’ramiz. - Bo’lmasa faqat bir yil ishlayman. Rozi bo’lsangiz boraman. - Roziman. Abdulhamid akani 5-maktabda 1 yil ishda qilgan ishi taqsinga sazovor. Maktab to’la kabinet sostemasiga o’tib. viloyat seminari o’tkazilar hamma bir yil ishda qilingan ishga qoyil qoldi.Nihoyat o’tpuskaga chiqgan kuni Holmatov,Tursunqulov,Mamasaidov,Ismoilovlarni topladi va barcha hujjatlar bilan ularni tanishtirdi. Ertasiga maktabga kelishdi.16yil zavuchlik qilgach 1974-yili 3-maktabga direktor qilib tayinlandi.1989-yili uni hokim A.Shukurov chaqirib xalq ta’limi mudiri vazifasiga tayinlaganligini aytdi.Abdulhamid aka keskin rad qildi va o’z ishini davom ettirdi.1986-yili 3-maktab faoliyati ittifoq ,, “1 октябр – Устоз ва мураббийлар куни” олдидан “Устозлар ардоғимизда” > «Народное образование «jurnalida keng yoritildi. Abdulxamid aka quyidagi mukofotlarga sazovor bo’ldi. 1. O’zbekiston xalq ma’orifi a’lochisi 1983 yil. 2. SSSR xalq ma’orifi a’lochisi 1986 yil. 3. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ma’orif xodimi 1990 yil. Shu kunlarda qarilik gashtini surib yashamoqda. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling