Hokimiyatga pul bilan erishgan odam undan daromad olishga intiladi. Aristotel
Download 19.18 Kb.
|
insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hokimiyatga pul bilan erishgan odam undan daromad olishga intiladi. Aristotel
“Biz korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” 1.Bugun eng ko‘p ishlatilayotgan so‘zlarimizdan biri – “korrupsiya”. 2. Korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV asrda boshlangan. 3.”Korrupsiya - shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” Hokimiyatga pul bilan erishgan odam undan daromad olishga intiladi. Aristotel Bugun eng ko‘p ishlatilayotgan so‘zlarimizdan biri – “korrupsiya”. Ijtimoiy hayotda uning domiga tushib, oyog‘i qoqilayotganlar oz emas. Qadimgi dunyoda ba’zi qabilalarda muayyan mavqega ega bo‘lish uchun uning sardoriga turli sovg‘a-salom berish odatidan korrupsiyaning ildizlari boshlangan ekan. U vaqtlarda bu amal odatiy hol deb qabul qilingani tabiiy. Biroq jamiyat hayotining murakkablashuvi va markazlashuvi korrupsiyaning mamlakat rivojiga katta to‘siq ekanini ko‘rsatdi.Tez-tez eshitib qolayotganimiz: bolalar bog‘chasidan to oliy o‘quv yurtlarigacha, qorovuldan to hokimgacha, ayblanuvchidan to qozigacha bu illat qurboniga aylanib, qancha jazolansa-da, tamagirlikka qarshi qattiq kurashilsa-da, korrupsiyaga to‘la barham berib bo‘lmayapti. Xo‘sh, nega shunday? Sababi oddiy: odamlar uncha-muncha ishni azbaroyi vaqtini behuda sarflamaslik uchun emas, o‘sha yumushi ayrim nopok, tamagirlar tomonidan o‘rnatilgan turli soxta g‘ovlar sabab bitmay qolishidan qo‘rquv tufayli ham pora berish payida bo‘ladi. Shu zaylda ko‘pchilik “beraveradi”, kamchilik “olaveradi”. Albatta, bundaylar safi oshishi va nafsi hakalak otishida sizu biz ham, barchamiz ishtirokchimiz. “Korrupsiya -davrlar osha o‘sib kelayotgan ildiz bo‘lib, u har xil orzu-havaslar ortidan birortayam qonunni mensimaslikdir”, degan gapi yanada mustahkamlaydi. Aslida insoniyat tarixida korrupsiyaga qarshi kurash qadimdan boshlangan. Gerodotning xabar berishicha, qadimgi fors davlati – Ahamoniylar saltanatida shoh Kir II ning o‘g‘li Kambis II davrida pora olgan sudyaning tiriklayin terisi shilinib, kursisiga tortib qo‘yilgan va uning o‘g‘li shu vazifaga tayinlanganki, toki sudda ish ko‘rayotgan chog‘ida qaysi kursida o‘tirganini unutmasin. Ruslarda 1556 yilda Ivan Grozniy tomonidan poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosi joriy etilgan. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi. Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”. Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!". Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni bergan edi: “Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”. XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda. Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi: 1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi. 2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir. 3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi. 4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan (korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech kimga sir emas. To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xulosa Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”. Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling