Hol va uning o`zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Reja: kirish


Hozirgi o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti


Download 118.54 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi118.54 Kb.
#1511171
1   2   3   4
Bog'liq
Hol va uning o`zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Reja kirish

2.2. Hozirgi o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti.
O’zbek tilining lug’at tarkibi ko’pdan buyon o’rganilib keladi. O’zbekiston Respublikasi M.Qoshg’ariy nomidagi til va adabiyot instituti tomonidan 1957 yil nashr etilgan «Hozirgi zamon o’zbek tili» 1966 yilda nashr etilgan «Hozirgi o’zbek adabiy tili» asarining birinchi tomida o’zbek tili lug’at tarkibining masalalariga birmuncha o’rin berilgan. O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari filologiya til va adabiyot fakultetlari talabalari uchun yozilgan darslik va qo’llanmalarda ham o’zbek tilining lug’at boyligiga ancha o’rin ajratilgan.
Bu ishlar asos e‘tibori bilan normativ-tasviriy ishlar bo’lgani uchun o’zbek tilining so’z boyligi ularda norma va grammatek talablari asosida tavsif etiladi.
O’zbek tili lug’at tarkibining ma‘lum sohalariga bag’ishlangan monografik tadqiqotlar yaratildi. O’zbek tilida xorijiy so’zlar, evfemizmlar, eskirgan so’zlar, kasb-hunar leksikasi, antroponimlar bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
S.Ibrohimov 1961 yilda «O’zbek tilining kasb-hunar leksikasi» degan temada doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. O’zbek tili frazeologiyasiga bag’ishlangan birinchi yirik ish Sh.Rahmatullaevning 1952 yilda Moskvada himoya qilingan «Hozirgi zamon o’zbek tilidagi obrazli fe‘l frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasi bo’ldi.
Bu ishning kirish qismida akad. V.V.Vinogradovlarning frazeologik kontseptsiyasi o’zbek tili materialiga tadbiq etildi. Sh.Rahmatullaev 1966 yilda «O’zbek frazeologiyasining ba‘zi masalalari» degan temada doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O’zbek tili frazeologik boyligini to’plash va o’rganish keyinchalik badiiy adabiyot tili materialida olib borildi. Muqimiy frazeologiyasi, Oydin asarlari frazeologiyasi, A.Qahhorning novatorligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. M.Hakimov 1971 yilda frazeologiyaga oid «Yozuvchi va xalq tili» degan monografiya e‘lon qildi.
Keyingi yillarda o’zbek tilining lug’at boyligi semasiologik planda ham o’rganila boshlandi. O’zbek tilida sinonim so’zlar, antonim so’zlar, polisemantik so’zlar bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi: o’zbek tilida polisemiya, so’z ma‘nosi va uning valentligi masalalari bo’yicha monografiyalar bosilib chiqdi.
I.Qo’chqortoev 1978 yilda «O’zbek tilida nutq fe‘llari semantikasi» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
SH.Rahmatullaev va uning shogirdlari leksik ma‘noning tabiati haqida , polisemiya va antonimiya, sinonimiya bo’yicha maqolalar e‘lon qilib, dissertatsiya yoqladilar.
O’zbekiston leksikografiyasi uzoq tarixga ega. O’zbek tilshunosligining bu sohasi Oktyabr to’ntarishidan keyin ayniqsa tez sur‘atlar bilan rivojlandi.
To’ntarishidan keyin yaratilgan dastlabki lug’atlar asosan o’quv-ma‘rifiy xarakterga ega. E.D.Polivanovning «Kratkiy russko-zbekskiy slovar», K.K.Yudaxinning «Qisqacha o’zbekcha-ruscha lug’at», S.Rahmatiy va A.Qodiriyning «Russko-uzbekskoy slovar» kabi asarlari ana shunday lug’atlar qatoriga kiradi. Bu lug’atlarda o’zbek tili leksikasining asosiy qismi tavsiflandi, o’zbek leksikografiyasining keyingi taraqqiyoti uchun zamin hozirlandi.
O’zbek tilining fonetikasi hali keng ko’lamda o’rganilmagan. Bu sohaga bag’ishlangan ishlar sifatida o’zbek tili haqidagi tasviriy asarlar va darsliklarning fonetika qismlarini, yirik ish sifatida V.V.Reshetovning «Uzbekskiy yazk» nomli monografiyasini ko’rsatish mumkin.
A.Mahmudov o’zbek tili fonetik sistemasi masalalari bilan ko’pdan buyon shug’ullanib keladi. Uning «O’zbek tilida so’z urg’usi», «O’zbek tili unlilari», «O’zbek tili sonorlar» kabi monografiyalari bosilib chiqdi.
O’zbek tili grammatikasi ancha tugal o’rganilgan. E.D.Polivanov, A.N.Kononov va boshqa rus olimlarining umumturkologik va o’zbek tili grammatikasi bo’yicha yozgan asarlari bu sohada olib borilgan tadqiqotlar uchun nazariy va ilmiy-metodik asos bo’ldi. O’zbek tili grammatikasi bahsining rivojida A.G’ulomov, U.Tursunov, F.Kamolov kabi olimlar katta rol o’ynadi.
O’zbek tilshunosligida grammatik tadqiqotlar so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’z turkumlari va sintaksis bo’yicha olib borildi.
O’zbek tilida so’z tarkibi masalalariga oid tadqiqotlarda so’zning morfologik tarkibi, qo’shma so’z, juft so’z bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ko’rsatish mumkin.
S.Usmonov 1964 yilda «Hozirgi zamon o’zbek tilida so’zning morfologik xususiyatlari» temasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. U o’zbek tili haqida qator darslik va qo’llanmalar yozishda ishtirok etdi. S.Usmonov o’zbek tilida birinchi bo’lib «Umumiy tilshunoslik» darsligini yaratdi.
So’z-yasalishi o’zbek tilshunosligining maxsus sohasi.Bu sohaning sistemali o’rganilishi A.G’ulomovning ilmiy tadqiqotlaridan boshlandi. U 1957 yilada «O’zbek tilida so’z yasalishi tarixiy problemalari» degan temada doktorlik dissertatsiyasi yoqladi. A.G’ulomov o’zbek tili bo’yicha bir qancha darslik va qo’llanmalar yozdi, monografiyalar yaratdi. Akademik grammatikani yozishda Etakchi avtorlardan biri sifatida ishtirok etdi. Uning nazariy-lingvistik qarashlari, tadqiqot usullari o’zbek-sovet tilshunosligining deyarli barcha sohaldarida ta‘sir ko’rsatdi. O’zbek tilida so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
So’z turkumlari bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tematikasi ancha keng. O’zbek tilda ravish, numerativ so’zlar, son bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalar himoya qilindi, ko’makchilar, tasviriy so’zlar, kelishiklar, ish-amal va holat nomlari, fe‘l darajalari maxsus tadqiqotlar ob‘ekti bo’ldi.
A.Safoev- o’zbek tilida gap bo’laklari bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassislardan biri. U «O’zbek tilida gapning bosh bo’laklari», «Hozirgi o’zbek tilida gapning semantik-sintaktik jihatdan bo’linishi» degan temada doktorlik dissertatsiyasi himoya qildi.
Qo’shma gap-o’zbek tilining qizg’in o’rganilayotgan sohalaridan biri. O’zbek tilida shart va to’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar payt, to’ldiruvchi, bir necha gapli qo’shma gaplar bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari yoqladi.
O’zbek tili punktuatsiyasi bo’yicha qator qo’llanmalar yaratildi.X.G’oziev o’zbek punktuatsiyasi tarixiga oid bir qancha asar yozdi. K.Nazarov «O’zbek tili punktuatsiyasi asoslari,, «Tinish belgilari va yozma nutq» qo’llanmalarini bostirib chiqardi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda tilimizda shunday elementlar ham mavjudki, ular biror sintaktik vazifani bajarmay so’zlovchining o’zi bayon etayotgan fikrga, yoxud o’sha fikrning ifoda etilishi usuliga bo’lgan munosabatni bildiradi. Bunday munosabat tasdiq, umid, ishonch, gumon, taxmin, shodlik, taajjub va hokazo ma’nolarni anglatib, bayon qilinayotgan fikr tartibini, mazkur fikrning oldingi mulohaza bilan bog’liqligini ifodalaydi. Bular modal so’zlar bo’lib, gapning biror bo’lagiga yoki butun gapga taalluqli holda kirish so’z mavqyeida kelishi bilan sintaktik va nihoyat, fikrga aniqlik kiritishi, tasdiq, taxmin, tartib turlicha emotsional munosabatlarni ifodalashi bilan semantik belgilarga ega bo’la oladi [21-560 б]. Kirish so’z va kirish birikmalar gapning umumiy strukturasini kengaytirib, uning mazmuniga qo’shimcha ma’no berishiga qaramay, an’anaviy grammatikalarda gap bo’laklari qatoriga kiritilmaydi. Bu esa gapni tashkil etuvchi bevosita ishtirokchilarning birini bosh bo’lak, ikkinchisini ikkinchi darajali bo’lak deb, boshqasini nomsiz qoldirib, hech qanday bo’lak qatoriga qo’shmaslik masala mohiyatini nihoyatda chigallashtirib yubormoqda. Bunday vaziyatga ko’pchilik olimlarimiz ko’nikib ketishgan bo’lsalar-da, so’nggi yillarda ba’zi tilshunoslar bu haqda o’zlarining e’tirozli fikrlarini bildirmoqdalar. Masalan, A.R.Sayfullayev o’zining ilmiy izlanishlarida modal so’z va modal birikmalar gapning uchinchi darajali bo’laklari ekanligini va ular semantik vazifalaridan tashqari sintaktik vazifa bajarishi mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. A. R. Sayfullayevning fikricha, kirish so’z va kirish birikmalar ko’pincha gapning kesimi vazifasida kelgan so’z bilan sintaktik munosabatda bo’lib, ular bilan boshqaruv, bitishuv usullari orqali bog’lanadi [22-Ташкент, 2001]. Lekin shunga qaramay, bu o’rinda ham muammo yechimi to’liq hal qilinganligini e’tirof etishimiz qiyin ko’rinadi. Chunki gap bo’laklari nazariyasi gap muchalarining formal-sintaktik funksiyalarini atroflicha yoritmayapti. Bizningcha, buning asosiy sababi gap bo’laklari tushunchasining mantiqiy xarakteri bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, gap bo’laklari tushunchasi sof lingvistik maqsadlarni ko’zda tutmagani bois, u orqali gap komponentlarining tildan nutqqa ko’chirilishi va bu jarayonda qanday sintaktik vazifalar bajarishi masalasi talqinini berib bo’lmayapti. Albatta, vaziyatning bunday tus olishi tilshunos olimlarimizni tashvishlantirmoqda va shu bois gap komponentlari sintaktik tahlilining yangi-yangi usullari taklif ham etilmoqda. Ana shunday tahlil usullaridan biri Praga tilshunoslik maktabining yirik namoyandalaridan biri A.Martinening funksional tahlil nazariyasidir. Mazkur nazariyada nutqning eng kichik birligi «monema» tushunchasi ilmiy iste’molga kiritildi. Bu struktur-funksional tahlil uchun eng qulay atama bo’lib, uning yordamida gap elementlarining funksional tomonlarini va sintaktik qurilmaning shakllanishida har bir elementning paradigmatik qator doirasidan sintagmatik qator doirasiga o’tishi masalalarini mukammal talqin etish mumkin. A.Martine monemalarni uchga bo’ladi: avtonom, funksional va qaram monemalar. Avtonom monema gap tarkibida muxtor holda qo’llanilib, tildan nutqqa biror bir morfologik vositaning yordamisiz ko’cha oladi. Nutqda uning faolligi boshqa monemalar bilan bog’lanmaydi. Boshqacha aytganda, muxtor monema o’zining sintaktik, semantik va funksional faolligi jihatidan boshqa biror monemaga tobe bo’lmaydi.



Download 118.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling