Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1000
w
www.oriens.uz
May
2022
tadqiqod bo‘limlari va talabalar loyiha-konstruktorlik byurolarida faoliyat olib
boradilar.
Tekshiruv guruhlari ish jarayonida bino va inshootlarni
rekonstruksiya qilish
bo‘yicha amaldagi barcha me’yoriy va yo‘riqnoma xujjatlar, qurilish ob’ektlarida
qidiruv ishlari olib borish,
loyihalash, qurish va ularni ekspluatatsiya qilishga doir
davlat standartlarini asos qilib olishlari lozim.
Tekshiruvga tayyorlanishda rekonstruksiya qilinadigan bino va inshootning
loyihalash
va qurilish jarayoni, qo‘llanilgan konstruktiv yechimlar, mazkur davr
uchun xos bo‘lgan qurilish materiallari, qurilish va ekspluatatsiyaga doir vaqt haqida
ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.
Tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lib rekonstruksiyaning
maqsadi va
konstruksiyalarga tegishli asosiy talablar, taxminiy rejalashtiriluvchi texnologik yuk
va ta’sirlar, rekonstruksiyadan keyingi rejaviy yechimlar
va umumiy ekspluatatsiya
sharoitlari ko‘rsatilgan vazifa xizmat qiladi. Bunda bino va inshootni kuchaytirish va
qayta qurishga jalb etishga mo‘ljallangan qurilish tashkilotining texnik imkoniyatlari,
mavjud qurilish materiallari, mexanizmlari va boshqalar haqida ma’lumotga ega
bo‘lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: